Microsoft Word O'um bsat btsti 2021-2022 2-qism


Elektron pochtalar bilan ishlash


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/109
Sana24.01.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1115264
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   109
Bog'liq
O\'UM BSAT BTSTI 2021-2022 2-qism

Elektron pochtalar bilan ishlash. Internetning eng ko’p qo’llaniladigan xizmatlaridan 
biri elektron pochtadir. Odatda har bir foydalanuvchi Internetdan foydalanish jarayonida 
elektron pochtadan ko’p marotaba foydalanadi. Bu esa har bir foydalanuvchining o’z elektron 
pochta manzili (e-mail) bo’lishini taqozo etadi. Odatda elektron pochtalar biror bir qidiruv 
sistemalarida qayd (registratsiya) qilinadi. Har bir elektron pochta uchun Internet 
provayderlarining imkoniyatiga qarab bir necha Mgb joy ajratiladi. Masalan, Mail elektron 
pochtalarida 100 Mgb joy ajratiladi. elektron pochta abonentga etib borishi uchun u xalqaro 
andozalar talabi asosida va elektron pochtaning andozasi shaklida jo’natilishi lozim.
Elektron pochta orqali faqat matnlarni emas, balki rasm, grafik, video, tovushlardan 
tashkil topagan ma’lumotlarni ham jo’natish va qabul qilish imkoniyati paydo bo’ldi.
Elektron pochta orqali olingan fayllarni disketalarga yozib olish, vinchester disklarida 
saqlash va u bilan boshqa fayllar ustida bajariladigan amallarni: tahrirlash, nusxa olish va 
boshqalarni bemalol amalga oshirish mumkin. Agar ingliz tilida yozilgan adabiyot va jurnallarni 
o’qimoqchi bo’lsangiz va ingliz tilini bilmasangiz, sizga yordamchi tarjimon dasturlardan 
foydalanishni maslaxat beramiz. Buning uchun avvalo, faylni kompyuterning qattiq diskiga 
yoki disketaga ko’chirib olish va so’ng Styles, Socrat, Promt 98 yoki boshqa tarjimon dasturlar 
yordamida rus tiliga (hozircha) tarjima qilishingiz mumkin. Keyinchalik o’zbek tiliga tarjima 
qiladigan dasturlar ham albatta paydo bo’ladi.
Elektron pochtaning ajoyib xususiyatlaridan biri – u masofa tanlamaydi va uzoq, yaqin 
masofalar ham har doim yaqin masofadek tuyulaveradi. Hozirda har kuni dunyoning ko’p 
burchaklaridan elektron pochta orqali ko’proq, u yoki bu konferensiyalarda qatnashishga 
takliflar yoki konferensiyalarga tezislar ma’ruzalar matnini jo’natish formalari xaqida 
ma’lumotlar olib turish mumkin. Hozirda bu ko’plab foydalanuvchilarning kundalik ish 
rejasiga kirib qolgan. Agar hozirgi zamon turli sohalaridagi yangiliklarni bilmoqchi bo’lsangiz, 
bunday ish zarurat ekanligini sezasiz.
Elektron pochta-universal aloqa vositasi. elektron pochtaning bir xil buyruqlar orqali matn
har xil formatdagi hujjatlarni, faks, telekslarni, umuman ixtiyoriy fayllarni jo’natish va qabul 
qilib olish mumkinligi uning universal aloqa vositasi ekanligini bildiradi.
Elektron pochtani etkazish tezligi. elektron pochta jo’natilgandan so’ng bir zumda (1-5 
minut ichida yoki bir soat, ba’zan undan ham ko’p ko’proq vaqt orasida) uni oluvchiga etib 
boradi. Bundan ko’rinadiki, u hatto ekspress pochta, hatto HDL pochta deb ataluvchi 
pochtalardan ham kerakli manzilga etib boradi. Uning manzilga etib borishi uchun ba’zan 


200 
ko’plab aloqa bo’limini o’tib borishiga to’g’ri keladi. Misol uchun siz xatni Nyu YOrkka 
jo’natsangiz, u bir qancha aloqa bo’limlaridan Toshkent, Angliya, Germaniya yoki boshqa 
mamlakatlar orqali etib borishi mumkin. Uni qanday yo’llardan etib borishi mumkin. U shlyuz 
deb ataluvchi kompyuterlardan ham o’tishi mumkin. Uni qanday yo’llardan o’tib kelganligi 
xatning bosh qismida o’z aksini topgpn bo’ladi.
Elektron pochta tez muxokama vositasi: Biror loyixani uzoqdagi o’z hamkorlaringiz bilan 
yoki bir gurux shaxslar bilan muxokama qilmoqchi bo’lsangiz, uni tez muxokama qilish 
imkoniyati mavjud. Bu esa xizmatning butunlay yangi turidir. Hozir shu tarzda turli grantlarga 
talabnoma yuborish va ular bilan loyixaning ikir- chikirlarini muxokama qilish orqali amalga 
oshiriladi.
Qog’ozsiz ishlashga o’tish. Turli idoralarga kuniga kelib tushadigan xatlar ro’yxati va 
o’nga javob berish uchun qanchadan-qancha qog’ozlar talab qilinadi, qog’ozlarni sotib olish va 
olib kelish uchun esa katta miqdordagi harajatlar talab qilinadi. Buning o’rniga kelagan xatlar 
nusxasi va uning javoblari disketlarda saqlansa, xatlarni ma’lum vaqtdan so’ng oson qidirib 
topishdan tashqari, qancha-qancha iqtisod borligini sezish qiyin emas.
Inson sog’ligi uchun foydaligi. elektron pochta inson sog’ligini ximoya qilish uchun ham 
katta omildir. CHunki, agar qog’oz orqali ishni davom ettirilsa, qanchadan - qancha o’rmonlar 
kesiladi, natijada ekologiya buziladi. Kutubxonalarda kitob saqlash ko’rinishlari o’zgaradi. 
(kitob va jurnallarni ekololgik toza disketlarda saqlashga o’tish) bu esa kutubxona xodimlari 
orasida mavjud bo’lgan professional kasalliklardan qutulishga olib keladi. Maxfiy deb 
xisoblanadigan ba’zi bir qog’ozlarni yo’q qilish uchun sotib olinadigan qurilmalar tejaladi va 
xokazo.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling