Elektron pochta dasturlari. Internet xizmatida mavjud elektron pochtaning dasturlari
ko’p va rang-barang bo’lib, ularning ko’pchiligi UNIX OS boshqaruvida ishlaydi. SHuning
uchun UNIXning ba’zi bir buyruqlari bilan tanishish foydali bo’ladi.
Uning fayl sistemasida MS DOS fayl sistemasiga juda yaqin, buyruqlari ham MS DOS
buyruqlariga o’xshash. Lekin u ko’p vaqtlardan beri ishlatilayotgan uchun hamda uning
boshqaruvida universal, super kompyuterlar ishlagani uchun ko’p dasturlar aynan UNIXda
boshqariladi. Hozirda elektron pochta dan foydalanishni yanada qulayroq xolga kkeltirish uchun
ko’p dasturlar yaratildi. Bular MS exchange, MS Mail, MS Outlook express, Internet mail,
Visual Mail va boshqa dasturlardir. Ularning soni tez ko’payib borayotganini sezish qiyin
emas. Odatda UNIXga mos elektron pochta dasturlariga qiziq-qiziq nomlar ham berishadi.
Misol uchun elm, Pine (qarag’ay), mush (qo’ziqorin) va xokazo.
Elektron pochta programmmalari xaqidagi hujjatlar Unix e-mail Softvare nomiga ega
bo’lib, ularni UseNet da nevs. ansver, nevs. admin. misc, comp. mail. misc, comp. ansvers
nomli konferensiyalar orqali olish mumkin.
Elektron pochta ochish. Barcha Internetdan foydalanuvchilar o’zining elektron pochta
adresiga ega bo’lishlari zurur bo’ladi. SHu maqsadda quyida mail. ru qidiruv sistemasida yangi
pochtani registratsiya qilish algoritmini bayon etamiz.
Internet explorer brouzeri yordamida internetga kiring.
Oynaning yuqori qismida joylashgan Adres maydoniga http://www. mail. ru adresini
kiriting. Veb adres to’la ishga yuklanishini kuting. Bu jarayonni oynaning quyi qismidagi
diagrammadan kuzatish mumkin.
Registratsiya v pochte ro’yxatiga sichqonni chap tugmasini bir marta cherting. So’ngra
bir oz kuting. Natijada elektron pochtaning anketasi paydo bo’ladi.
201
Do'stlaringiz bilan baham: |