Microsoft Word O'um bsat btsti 2021-2022 2-qism


Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/109
Sana24.01.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1115264
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   109
Bog'liq
O\'UM BSAT BTSTI 2021-2022 2-qism

Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning yuqori 
malakali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlarga bo’lgan ehtiyojlarni ta’minlashga qaratilgandir. 
Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim oliy o’quv yurtlari va ilmiy tadqiqot muassasalarida 
(aspirantura, adyunktura, doktarantura, mustaqil tadqiqotchilik) olinishi mumkin.
U jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlarga bo’lgan ehtiyojlarini 
qondirishga qaratilgan. Oliy o’quv yurtidan keyinga ta’lim bosqichlari (aspirantura, 
doktarantura) dissertasiya himoyasi bilan yakunlanadi.
Yakuniy davlat attestasiyasi natijalariga ko’ra fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasi 
berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar topshiriladi. Bu ishni 
takomillashtirish uchun: kasb ta’limi tizimi uchun oliy malakali ilmiy pedagogik kadrlarni 
ustivor tayyorlash; chet ellar tajribasidan foydalanishga sharoit yaratish; fan, texnologiya va 
ta’lim sohasida rivojlangan mamlakatlar bilan halqaro hamkorlikni chuqurlashtirish va hokazo.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimlari va ko’nikmalarini 
chuqurlashtirish hamda yangilashni ta’minlaydi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta 
tayyorlash tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash mutaxassislarning kasb bilimlarini 
va ko’nikmalarini yangilash va chuqurlashtirishga qaratilgan. Uni bitirganlarga guvohnoma yoki 
sertifikat topshiriladi. Uni rivojlantirish uchun: 
 kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi faoliyatida yangicha tarkib, 
mazmun va boshqarishni shakllantirish; 
 kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalarini davlat 
attestasiyasi va akkreditasiyasidan o’tkazish; 


143 
 iqtisodiyotning davlat va nodavlat sektorlarida kadrlar tayyorlash va malaka oshirish 
bo’yicha raqobat muhitini yaratish va joriy etish va hokazo.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling