Microsoft Word O'um bsat btsti 2021-2022 2-qism


O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/109
Sana24.01.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1115264
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   109
Bog'liq
O\'UM BSAT BTSTI 2021-2022 2-qism

O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olish maqsadida har 
kim umumiy o’rta ta’lim asosida akademik liseyda yoki kasb-hunar kollejida o’qishning 
yo’nalishini ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega.
Akademik liseylar va kasb-hunar kollejlari egallangan kasb-hunar bo’yicha ishlash 
huquqini beradigan hamda bunday ish yoki ta’limning navbatdagi bosqichida davom ettirish 
uchun asos bo’ladigan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi.
Akademik lisey o’quvchilarning intellektual qobiliyatlarini o’stirshni, ularning chuqur
tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo’naltirlgan bilim olishlarini ta’minlaydigan uch yillik o’rta 
maxsus yurtidir.
Kasb-hunar kolleji o’quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur 
rivojlantirishni, tanlagan kasblar bo’yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta’minlaydigan uch 
yillik o’rta kasb-hunar o’quv yurtidir. Akademik lisey davlat ta’lim standartlariga muvofiq o’rta 
maxsus ta’lim beradi. O’quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olib, ularning 
jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirlgan, tabaqalashtirilgan kasbga yo’naltirlgan 
ta’lim olishini ta’minlaydi.
Akademik liseylarda o’quvchilar o’zlari tanlagan yo’nalishi bo’yicha (gumanitar, texnika, 
agrar va boshqa sohalar) bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur o’rganishga qaratilgan 
maxsus kasb-hunar ko’nikmalarini o’zlarida shakllantirsh imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bu 
ko’nikmalarni o’qishni muayyan oliy ta’lim muassalarida davom ettirish yoki mehnat faoliyatida 
ro’yobga chiqarishlari mumkin.
Kasb-hunar kolleji davlat ta’lim standartlari doirasida o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
beradi.
Kollejlari jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning tanlanganligi, o’quv jarayonining 
tashkil etilishi jihatidan yangi tipdagi ta’lim muassalari hisoblanadi. Ular bir yoki bir necha 
zamonaviy kasb-zunarni egallash hamda tegishli o’quv fanlaridan chuqur nazariy bilim olish 
imkonini beradi.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining vazifalari quyidagilardan iborat: 
 davlat ta’lim standartlari doirasida umumta’lim va kasb-hunar dasturlarini bajarish; 
 o’quvchilarning uzluksiz ta’limining keyingi bosqichida o’qishni davom ettirishni 
tanlagan mutaxassisliklar bo’yicha mehnat faoliyati bilan shug’ullanishi uchun zarur va yetarli 
bo’lgan bilimlar hamda kasb tayyorgarligi darajasini chuqurlashtirish
 respublika iqtisodiyotining malakali kichik mutaxassis kadrlarga bo’lgan ehtiyojini 
qondirish.
Akademik lisey va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat tomonidan 
tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. U ta’limning keyingi bosqichlarida o’qishni davom 
ettirish va egallagan kasb-hunar bo’yicha mehnat faoliyati bilan shug’ullanish huquqini beradi.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling