Microsoft Word O'um bsat btsti 2021-2022 2-qism
Maktabdan tashqari ta’lim
Download 1.84 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'UM BSAT BTSTI 2021-2022 2-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oilada ta’lim va mustaqil ravishda ta’lim olish.
Maktabdan tashqari ta’lim. Bolalar va o’smirlar yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish,
ularning bo’sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlarda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini tashkil etishlari mumkin. Maktabdan tashqari muassasalariga bolalar ijodiyoti saroylari, uylar, klublar, markazlar, bolalar o’smirlar sport maktablari, san’at maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar, sog’lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi. Bolalar va o’smirlarning ta’limga bo’lgan, yakka tartibda talab ehtiyojlarini qondirish, ularning bo’sh vaqtini va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat tashkilotlari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar, madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlarda maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etadilar. Uni takomillashtirish uchun: ta’lim berish va kamol toptirishga yo’naltirilgan xizmatlar ko’rsatuvchi muassasalar tarmog’ini kengaytirish va bunday xizmat turlarini ko’paytirish; o’quvchilar bo’sh vaqtini tashkil etishning; ommaviy sport, sog’lomlashtirish tadbirlarining, bolalar turizmining, xalq hunarmandchiligining mavjud turlari va shakllarini takomillashtirish, milliy turlari va shakllarini tiklash hamda amaliyotga joriy qilish va hokazo. Oilada ta’lim va mustaqil ravishda ta’lim olish. Davlat oilada ta’lim olishga va mustaqil ravishda ta’lim olishga ko’maklashadi. Bolalarni oilada o’qitish va mustaqil ravishda ta’lim tegishli ta’lim muassasalarining dasturlari bo’yicha amalga oshiriladi. Ta’lim oluvchilarga vakolatli davlat muassasalari tomonidan uslubiy, maslahat va boshqa yo’sinda yordam ko’rsatiladi. Bo’lajak bakalavr va magistr mutaxassislar O’zbekistonda ta’lim tizimi turlari va ularning ish mazmuni haqida ilmiy ma’lumotga ega bo’lishlari darkor. Chunki bo’lajak mutaxassislar har bir ta’lim turining tuzilishi, mazmuni, maqsad va vazifalarini aniq tasavvur etishlari shart. Bunday mas’uliyat egallayotgan ixtisosligi bo’yicha kasb ko’nikmalarini o’z vaqtida tarkib toptirishga yo’naltiradi. O’z ixtisosliklari yuzasidan chuqur ilmiy pedagog ma’lumot olishga da’vat etadi. Eng muhimi har bir ta’lim tizimi haqida ilmiy ma’lumotga ega bo’lmay shu sohadagi vazifalarni bajarish mumkin emasligini tushunib yetmoqlari lozim. Shuning uchun bo’lajak mutaxassislar ta’lim tizimi va uning ish mazmuni to’g’risida ham nazariy, ham amaliy bilimlar zahirasini o’zlarida shakllantirmog’i zarur bo’ladi. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling