Microsoft Word O'um bsat btsti 2021-2022 2-qism


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/109
Sana24.01.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1115264
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   109
Bog'liq
O\'UM BSAT BTSTI 2021-2022 2-qism

Tayanch tushunchalar: yangi axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, multimedia 
axboroti.
 
Nazorat savollari 
1. Axborot texnologiyalari orqali sifatli va hammabob ta’lim berish qanday amalga 
oshiriladi? 
2. Ta’lim tizimida yangi axborot va kommunikatsiya texnologiyalari o’rni nimadan 
iborat? 
3. Oliy ta’lim sifati va hammabobligini takomillashtirish qanday amalga oshiriladi? 
4. Ta’limni axborotlashtirishdagi inqiloblar nimalardan iborat? 
Foydalanilgan adabiyotlar
1. 
M. M. Aripov, T. Imomov va boshqalar «Informatika, axborot texnologiyalari» T. 
TDTU, O’quv qo’llanma, 1-qism, 2002 yil.
2. 
S. S. G’ulomov, A. T. Shermuhammedov, B. A. Begalov «Iqtisodiy informatika» 
T. – «O’zbekiston» – 1999 yil.
3. 
S. S. G’ulomov va boshqalar «Axborot tizimlari va texnologiyalari» T. –«Sharq» - 
2000 yil.
4. 
T. X. Xolmatov, N. I. Taylaqov, U. A. Nazarov «Informatika va hisoblash 
texnikasi» T. – «O’zb. M. E. » – 2001 yil.


151 
4 - Amaliy mashg’ulot 
Mavzu: Word dasturida ishlash.  
Ishning maqsadi: Word dasturida ishlashni o’rganish.
Kutilayotgan natija: Word dasturi to’g’risidagi ma’lumotlarga bo’lish, unda ishlashni 
o’rganish va ish jarayonida samarali foydalanish.
Amaliy ishning rejasi: 
1. 
Matnlar bilan ishlash. Microsoft Word matn muxarriri.
2. 
Word matn muxarriri imkoniyatlari.
3. 
Word dasturini ishga tushirish va undan chiqish.
4. 
Microsoft Word dasturi ish stoli.
Nazariy ma’lumotlar: 
Microsoft Word matn muxarririda matnlar bilan ishlash. Kompyuterdan 
foydalanuvchi ish jarayonida biror xujjatni tez va yuqori sifatida kirill yoki lotin alifbosida 
tayorlash hamda chop qilish zaruratiga ko’pincha duch keladi. Bunday vaziyatda u Microsoft 
firmasi tomonidan yaratilgan WORD dasturida ishlashni bilishi lozim.
MS WORD – bu matnli xujjatlarni tuzish, ko’zdan kechirish, taxrir qilish va chop etish 
uchun xizmat qiluvchi xamda Microsoft Office dasturlari guruxiga kiruvchi zamonaviy matn 
muxarriridir.
MS WORD – matnli va grafikli malumotlar ustida yuzdan ortiq operatsiyalarni bajaruvchi 
xamda matnli protsessorlar sinfiga kiruvchi eng takomillashgan amaliy dasturlardan biri 
hisoblanadi.
MS WORD – yordamida ixtiyoriy ko’rinishdagi xujjatni juda tez va yuqori sifatda 
tayorlash mumkin. Dasturning yana bir qulaylik tomoni shundan iboratki, unda bir nechta 
xujjatlar bilan, ya’ni ularni qo’shish, biridan ikkinchisiga kerakli joyni olib ko’chirish, matn 
oldiga tasvir tushirish, jadval tashkil qilish, turli shriftlar bilan ishlash, xarflarni istalgan shaklda 
yetarlicha katta formatda chop etish mumkin. Lekin MS WORD – ayrim “kamchiliklar” dan ham 
holi emas. Masalan: matematik ifodalar va kimyoviy formulalarni kiritishda katta qiyinchiliklar 
mavjud. Bundan tashqari, juda murakkab strukturali poligrafik (atlaslar, albomlar va jurnal 
muqovalari) materiallarini tayorlashda noqulaylik yuzaga keladi.
Shunday qilib, WORD matn muxarriri ko’magida rus va ingliz tilida xar xil xujjatlar, xat, 
xisobot, maqola, tijorat xabarlari kabi bir turkum matnli ma’lumotlarni zudlikda tayorlash va 
chop qilish mumkin. Bu matn muxarriri yordamida o’zbek shriftida va lotin alifbosi asosida, 
o’zbek tilida xar xil ma’lumotlarni osonlik bilan tayorlash mumkin.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling