Microsoft Word O'um bsat btsti 2021-2022 2-qism
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 1.84 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'UM BSAT BTSTI 2021-2022 2-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5 - Amaliy mashg’ulot Mavzu: Boshlang’ich sinf o‘qituvchilarini me’yoriy xujjatlarini tayyorlashda Word dasturidan foydalanishni o‘rgatish.
- Amaliy ishning rejasi: 1. Word matn muxarririda jadval tashkil etish 2. Word dasturi menyulari bilan ishlash Nazariy ma’lumotlar
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. M. M. Aripov, T. Imomov va boshqalar «Informatika, axborot texnologiyalari» T. TDTU, O’quv qo’llanma, 1-qism, 2002 yil. 2. S. S. G’ulomov, A. T. Shermuhammedov, B. A. Begalov «Iqtisodiy informatika» T. – «O’zbekiston» – 1999 yil. 3. S. S. G’ulomov va boshqalar «Axborot tizimlari va texnologiyalari» T. –«Sharq» - 2000 yil. 4. T. X. Xolmatov, N. I. Taylaqov, U. A. Nazarov «Informatika va hisoblash texnikasi» T. – «O’zb. M. E. » – 2001 yil. 5. Aripov M. M., Otaxanov N. A. DELPHI dasturlash tili. 492-bet. Namangan, 2007 y. 492 b. 6. Н. Вирт. 1989. Алгоритмы и структуры данных. Москва, Мир, 360 стр. 7. С. А. Немнюгин. TURBO PASCAL. Учебник. Москва, Питер, 2002 г. 512 с. 160 5 - Amaliy mashg’ulot Mavzu: Boshlang’ich sinf o‘qituvchilarini me’yoriy xujjatlarini tayyorlashda Word dasturidan foydalanishni o‘rgatish. Ishning maqsadi: Boshlang’ich sinf o‘qituvchilarini me’yoriy xujjatlarini tayyorlashda Word dasturida ishlashni o’rganish. Kutilayotgan natija: Word dasturi to’g’risidagi ma’lumotlarga bo’lish, unda ishlashni o’rganish va ish jarayonida samarali foydalanish. Amaliy ishning rejasi: 1. Word matn muxarririda jadval tashkil etish 2. Word dasturi menyulari bilan ishlash Nazariy ma’lumotlar: Jadval tashkil etish. Jadval tashkil etish uchun menyudagi Таблица bo’limiga kirib, Вствит таблица qatori tanlanadi. Ekranda so’roq vazifasini bajargan xolda satr va ustunlar sonini kiritishni talab qiluvchi oyna xosil bo’ladi. Kerakli ustun va satrlar soni kirtilib [Enter] yoki [OK] tugmachalari bosiladi. Masalan, ikkita satr va beshta ustundan jadvalni xosil qilish uchun Число строк bandida 2 sonini, Число столбец satrida 5 sonini kiritish lozim va [OK] buyrug’i beriladi. Natijada ish stolida kerakli jadval xosil bo’ladi. Kiritilgan jadvaldagi satr yoki ustunlar soni ko’p bo’lganda ularni kamaytirish uchun kerakli satr tanlab olinib, menyudagi Таблица bo’limiga kirib, Удалить ячейки qatori tanlanadi. Kiritilgan jadvaldagi satr yoki ustunlar soni etmay qolganda ularning sonini ko’paytirish uchun ixtiyoriy bir satr tanlab olinib, menyudagi Таблица bo’limiga kirib, Вставиь ячейки qatoriga kelib, [Enter] tugmachasi yoki “sichqoncha” ning chap tugmachasi bosiladi. Jadvaldagi katakchalar o’lchamlarini o’zgartirish uchun menyudagi Таблица bo’limiga kirib, Высота и ширина ячейки qatoriga kelib, [Enter] tugmachasi yoki “sichqoncha” ning o’ng tugmachasi bosiladi, natijada katakchalarning o’lchamlarini o’zgartirish imkonini beradi. Word oddiy rejimda ishlash bilan birga, ikkinchi tomondan chegaralanmaganlik imkoniyatlariga ega. U boy shriftlarni, shu jumladan, milliy shriftlarni osongina ishlatish imkoniyatini beradi. Hozircha ingliz va rus hamda xorijiy tillarida yozilgan jumlalarning orfografik va semantik xatolarini avtomatik ravishda tuzata olishi, matnlarni istalgan ko’rinishda va o’lchamda chiqarishi, matnlar bilan ishlashni tez amalga oshirishi, texnikaviy matnlardagi formulalar bilan ishlashning osonligi va yana juda ko’p boshqa jihatlari bilan boshqa matn tahrirlovchilaridan farq qiladi. Uning yana muhim bir xususiyati, agarda turli jadvallar, diagrammalar va grafiklar matnda ishlatilishi talab qilinsa, boshqa amaliy programmalardan foydalanish (OLE texnologiyasi) imkoniyatini beradi, masalan: · elektron jadvallardan Lotus 1, 2, 3, Excel; · grafik tahrirlovchilardan CorelDraw, Paint Brush; · taqdimot uchun foydalaniladigan Power Point; · berilganlar bazasidan Access, Visual FoxPro; va boshqalardan foydalanib, ularda olingan obyektlarni Wordda tayyorlangan hujjatlar tarkibiga kiritish mumkin. Xullas, Wordning imkoniyatlari kengayib borib, hozirda u ajoyib chop qiluvchi sistema tarzida shakllandi desak yanglishmaymiz. Shuni aytish lozimki, Word 6. 0, Word 7. 0, Word 97 Microsoft firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo’lsa, Word Perfect firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan shu nomli tahrirlovchi programmalar ham hozirda keng qo’llaniladi. U ham o’z imkoniyatlari jihatidan Wordga yaqin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling