Microsoft Word O'um bsat btsti 2021-2022 2-qism
Download 1.84 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'UM BSAT BTSTI 2021-2022 2-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Word oynasining tuzilishi, Sistema menysi.
- Sarlavha satri.
Oynalar bilan ishlash Hujjat oynasi bilan tatbiqiy programma oynasi tushunchalarini
farqlay bilish lozim. Hujjat oynasi - bu WinWord oynasining bir qismi bo’lib, unda hujjat ko’riladi va qayta ishlanadi. Bir vaqtning o’zida bir nechta hujjat oynasi ochish hamda unga qo’shimcha ravishda bu oynalar yana ikki qismga bo’lingan bo’lishi ham mumkin. Ochiladigan oynalar soni kompyuterning imkoniyat darajasi bilan belgilanadi. Tatbiqiy programmalar oynasi - bu faol ilova oynasidir. U meny va hujjatlar oynasini o’z ichiga olgan ishchi sohaga ega. Matnni kiritish va tahrirlash chog’ida foydalanuvchi faol oynadagi faol hujjat bilan ishlaydi. Buning uchun matnni jihozlash va qayta ishlash uchun kerak bo’lgan barcha meny va buyruqlar xizmat qiladi. WinWord muharriri multioynali xususiyatiga ega bo’lib, u asosan bir vaqtda bir nechta hujjatlar bilan, ularning oynalarini ko’rinadigan holga keltirib, ishlash imkoniyatini beradi. Hujjat oynasini ikkita mustaqil panelga ajratish va bu panellarda bitta hujjatni har xil bo’laklarini solishtirish va o’zgartirish mumkin. Word oynasining tuzilishi, Sistema menysi. Sistema menysi oynaning chap yuqori burchagidagi klavisha orqali ochiladi. Ushbu klavishadagi piktogrammaning ko’rinishi faol ilovaga bog’liq. WinWord da ushbu piktogramma ko’k rangdagi W harfi bilan ifodalangan. Oyna piktogramma ko’rinishiga keltirib qo’yilgan bo’lsa ham sistema menysini ochish mumkin, buning uchun Windows 95 masalalar panelidagi mos piktogrammani sichqonchaning o’ng klavishasi bilan belgilash kerak. Klaviaturadan esa buning uchun Alt va bo’sh joy belgisi birgalikda bosiladi. Sistema menysi buyruqlari sichqoncha, ko’rsatkichni boshqarish klavishalari, qaynoq klavishalar yoki ostiga chizilgan harflarni Alt klavishasi bilan birga bosish orqali bajariladi. Sarlavha satri. Sarlavha satrida tadbiqiy programmaning nomi joylashadi. Agar hujjat oynasi to’la oyna holatiga keltirilgan bo’lsa, u holda sarlavha satrida ushbu hujjat nomi ham ko’rsatiladi. Boshqa hollarda hujjat nomi mos oyna sarlavha satrida beriladi. Agar yangi hujjatga nom berilmagan bo’lsa, u holda doimiy qabul qilingan birinchi hujjat uchun Dokument1, ikkinchisi uchun Dokument2 va hokazo nomlar beriladi. Bundan tashqari, sarlavha satrining o’ng burchagida oyna ko’rinishini tanlash uchun uchta klavisha joylashgan. Bulardan chapdan birinchisi oynani piktogrammaga aylantirib, ikkinchisi masalalar panelida joylashtirish to’liq oynaga yoki asl holiga keltirish va uchinchisi oynani yopish vazifalarini bajaradi. Sarlavha satrini sichqoncha bilan ikki marta tanlasak, u holda oyna to’liq bo’lsa asl holiga va aksincha asl holida bo’lsa to’liq holga o’tadi. Asl holdagi oynani sarlavha satridan sichqoncha bilan ushlagan holda ekranning ixtiyoriy joyiga ko’chirib o’tkazish mumkin. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling