Microsoft Word O'um bsat btsti 2021-2022 2-qism
Download 1.84 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'UM BSAT BTSTI 2021-2022 2-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Algoritmning xossalari.
«Algoritm ijrochisi». Algoritm ijrochisi – algoritmda ko’rsatilgan buyruqlarni bajara
oladigan abstrakt yoki real (texnik, biologik yoki biotexnik) sistema. Algoritmlarga xos xususiyatlar: muhit (yoki vaziyat); buyruqlar tizimi; sodda, elementap amallar; voz kechishlar. Muhit (yoki vaziyat) – bu ijrochining faoliyat ko’rsatadigan sharoitidir. Masalan, ijrochi Robot uchun muhit - aniq koordinatalar maydonidan iboratdir. Robot uchun ushbu maydonla boshqa ob’ektlar joylashganligi muhim. Muayyan vaziyatda robotning joylashish koordinatasi muhitning holatini bildiradi. Buyruqlar tizimi. Har bir ijrochi faqatgina ushbu ijrochi tushunadigan buyruqlarni (ya’ni, ijrochi bajaradigan buyruqlar ro’yxatiga mansublarni) bajara oladi. Har bir buyruq uchun uning 255 bajara olish sharti (qaysi holatlarda ushbu buyruq bajarilishi mumkin) berilishi va buyruqning bajarilishi natijasi tavsiflanishi zarur. Masalan, robot uchun «yuqoriga bir qadam» buyrug’i koordinata maydoni chegarasida bajarib bo’lmaydigan buyruq hisoblanadi. Biroq koordinata maydoni ichida ushbu buyruq bajarilishi natijasida robot bir pog’ona yuqoriga qadam tashlaydi. Ijrochi buyruqlarni bajarish jarayonida oddiy xarakatlarni bajaradi. Odatda ijrochiga algoritmning maqsadi ma’lum bo’lmaydi. Shuning uchun ijrochi “nimaga?” va “nima uchun?” kabi savollarni bermaydi. Informatikada algoritmning universal ijrochisi kompyuterdir. Algoritmning xossalari. Algoritmlarning asosiy xossalari quyidagilardan iborat: 1. Tushunarlilik. Algoritm ijrochisi buyruqlar ketma-ketligini qanday bajarishni aniq bilishi kerak. 2. Diskretlik. Algopitm ijrochisi masalani yechish jarayonini alohida va sodda qadamlar ketma-ketligini bajarish deb tushunishi kerak. 3. Aniqlik. Algoritmning har biri qoidasi, undagi amallar va buyruqlar bir ma’noli bo’lishi kerak. Shu xossaga asosan algoritm ijrochisi buyruqlar ketma-ketligini mexanik bajarish imkoniyatiga ega bo’ladi. 4. Natijaviylik. Bu xossaning mazmuni shundan iboratki, har qanday algoritmning ijrosi oxir-oqibat ma’lum bir yechimga kelishi kerak. 5. Ommaviylik. Masalani yechish algoritmi umumiy hollar uchun yaratiladi, ya’ni faqatgina boshlangich qiymatlari bilan farqlanuvchi bir turdagi masalalar sinfi uchun tuziladi. Bunda boshlangich qiymatlar algoritmning qiymatlar qabul qilishi mumkin bo’lgan sohadan olinadi. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling