Microsoft Word O'um bsat btsti 2021-2022 2-qism


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/109
Sana24.01.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1115264
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   109
Bog'liq
O\'UM BSAT BTSTI 2021-2022 2-qism

«Algoritm ijrochisi». Algoritm ijrochisi – algoritmda ko’rsatilgan buyruqlarni bajara 
oladigan abstrakt yoki real (texnik, biologik yoki biotexnik) sistema.
Algoritmlarga xos xususiyatlar: 
muhit (yoki vaziyat); 
buyruqlar tizimi; 
sodda, elementap amallar; 
voz kechishlar.
Muhit (yoki vaziyat) – bu ijrochining faoliyat ko’rsatadigan sharoitidir. Masalan, ijrochi 
Robot uchun muhit - aniq koordinatalar maydonidan iboratdir. Robot uchun ushbu maydonla 
boshqa ob’ektlar joylashganligi muhim. Muayyan vaziyatda robotning joylashish koordinatasi 
muhitning holatini bildiradi.
Buyruqlar tizimi. Har bir ijrochi faqatgina ushbu ijrochi tushunadigan buyruqlarni (ya’ni, 
ijrochi bajaradigan buyruqlar ro’yxatiga mansublarni) bajara oladi. Har bir buyruq uchun uning 


255 
bajara olish sharti (qaysi holatlarda ushbu buyruq bajarilishi mumkin) berilishi va buyruqning 
bajarilishi natijasi tavsiflanishi zarur. Masalan, robot uchun «yuqoriga bir qadam» buyrug’i 
koordinata maydoni chegarasida bajarib bo’lmaydigan buyruq hisoblanadi. Biroq koordinata 
maydoni ichida ushbu buyruq bajarilishi natijasida robot bir pog’ona yuqoriga qadam tashlaydi.
Ijrochi buyruqlarni bajarish jarayonida oddiy xarakatlarni bajaradi. 
Odatda ijrochiga algoritmning maqsadi ma’lum bo’lmaydi. Shuning uchun ijrochi 
“nimaga?” va “nima uchun?” kabi savollarni bermaydi.
Informatikada algoritmning universal ijrochisi kompyuterdir.
Algoritmning xossalari. Algoritmlarning asosiy xossalari quyidagilardan iborat: 
1. 
Tushunarlilik. Algoritm ijrochisi buyruqlar ketma-ketligini qanday bajarishni aniq 
bilishi kerak.
2. 
Diskretlik. Algopitm ijrochisi masalani yechish jarayonini alohida va sodda 
qadamlar ketma-ketligini bajarish deb tushunishi kerak.
3. 
Aniqlik. Algoritmning har biri qoidasi, undagi amallar va buyruqlar bir ma’noli 
bo’lishi kerak. Shu xossaga asosan algoritm ijrochisi buyruqlar ketma-ketligini mexanik bajarish 
imkoniyatiga ega bo’ladi.
4. 
Natijaviylik. Bu xossaning mazmuni shundan iboratki, har qanday algoritmning 
ijrosi oxir-oqibat ma’lum bir yechimga kelishi kerak.
5. 
Ommaviylik. Masalani yechish algoritmi umumiy hollar uchun yaratiladi, ya’ni 
faqatgina boshlangich qiymatlari bilan farqlanuvchi bir turdagi masalalar sinfi uchun tuziladi. 
Bunda boshlangich qiymatlar algoritmning qiymatlar qabul qilishi mumkin bo’lgan sohadan 
olinadi.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling