Microsoft Word O'um bsat btsti 2021-2022 2-qism


«KLAVTREN» - klaviatura trenajori


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/109
Sana24.01.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1115264
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   109
Bog'liq
O\'UM BSAT BTSTI 2021-2022 2-qism

«KLAVTREN» - klaviatura trenajori 
Trenajorni ishga tushiruvchi «klavtren» faylining yorlig’I o’ziga xos ko’rinishga ega. U 
ishga tushirilgach ekranga dasturning zarvarag’i chiqadi. Undan sichqoncha yordamida «sekin» 
(toshbaqa rasmli tugma), «tez» (o’rdak rasmli tugma) va «matn» (tuyaqush rasmli tugma) 
bosqichlaridan biri tanlanadi. Dasturdan chiqish uchun zarvaraqning o’ng pastki burchagidagi 
«EXIT» tugmasi tanlanadi.
«Sekin» va «tez» bosqichlardan biri tanlansa, ekranga trenajorning ish maydoni chiqadi. 
Sizning vazifangiz ekranning yuqori qismidan tushayotgan belgiga mos klavishni bosishdan 
iborat. Har bir noto’g’ri bosgan klavish uchun 1 ball jarima beriladi. Trenajor ish maydonining 
pastki qismda klaviatura rasmi bo’lib, unda tushayotgan belgiga mos klavish yonib-o’chib turadi. 
Mashq qilish uchun 1 minut beriladi. Shu vaqt ichida tushgan belgilar soni, siz to’plagan ball va 
jarima hisoblab boriladi. Vaqt tugashi bilan erishgan tezligingiz, ish samarangiz va bahoingiz 
ekranga chiqadi.
Avvalgi darsda klaviatura trenajorida ishlashni o’rgandingiz. Unda siz berilgan harfga mos 
klavishni klaviaturadan qisqa vaqt ichida topish ko’nikmasiga ega bo’ldingiz. Bu darsda turli 
matnlarni terishni mashq qilasiz.
Avvalgi darsda klaviatura trenajorining «toshbaqa» va «o’rdak» bosqichlarida mashq 
qildingiz. Endi trenajor yordamida matn terishni mashq qilamiz. Buning uchun trenajorni ishga 
tushirib «matn terish» bosqichini tanlang. Ekranga quyidagi mashq oynasi chiqadi. U ikkita 
darchadan iborat. Birinchi darchada mashq uchun matn berilgan. Ikkinchi darchaga shu matn 
kiritiladi. Matn kiritish vaqti hisoblab boriladi. Har bir noto’g’ri kiritilgan belgi uchun jarima 
beriladi. Berilgan matnni to’liq kiritib bo’lsangiz ekranga olgan bahoingiz chiqadi. Baho 
qo’yishda matn kiritish tezligingiz va jarimalar hisobga olinadi.
Mustahkamlash uchun savollar va topshiriqlar: 
1. 
Kompyuterda yozishni tezlashtirish uchun nima qilish kerak? 
2. 
Kompyuterda yozishning qanday turlarini bilasiz? 
3. 
Klavyaturn dasturini tushuntirib bering? 
4. 
Klavyaturn qanday ishlatiladi? 


258 

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling