Microsoft Word O'um bsat btsti 2021-2022 2-qism
Algoritmlarni tasvirlash usullari
Download 1.84 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'UM BSAT BTSTI 2021-2022 2-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustahkamlash uchun savollar va topshiriqlar
- 28 - Amaliy mashg’ulot Mavzu: Mashq qildiruvchi dasturlar bilan ishlashni o‘rgatish. Ishning maqsadi
- Nazariy ma’lumotlar
Algoritmlarni tasvirlash usullari. Amaliyotda algoritmlarni tasvirlashning keng tarqalgan
usullari quyidagilar: so’zlar yordamida (og’zaki nutqda ishlatiladigan so’zlar); grafik usulda (grafik simvollar yoki blok-sxemalar yordamida); dastur ko’rinishida (dasturlash tillariga oid xizmatchi so’zlar, operator va funksiyalar yordamida). Mustahkamlash uchun savollar va topshiriqlar: 1. Algoritm deb nimaga aytiladi? 2. Algoritmlarning qanday turlarini bilasiz? 3. Algoritmning xossalarini tushuntirib bering? 4. Algoritmlar qayerda ishlatiladi? Ularga misollar keltiring. 256 28 - Amaliy mashg’ulot Mavzu: Mashq qildiruvchi dasturlar bilan ishlashni o‘rgatish. Ishning maqsadi: Mashq qildiruvchi dasturlar bilan ishlashni o‘rgatish. Kutilayotgan natija: Mashq qildiruvchi dasturlar bilan ishlashni taxlil qilib natijaga erishish. Amaliy ishning rejasi: 1. Mashq qildiruvchi dasturlar bilan ishlashni o’rgatish. Nazariy ma’lumotlar: Ma’lumki, fan-texnika taraqqiyot jarayoni o’qituvchidan ta’lim-tarbiya ishida katta kuch va ulkan iste’dod talab qiladi. Darhaqiqat, zamonaviy informatsion texnologiya juda ko’p imkoniyatlarni yaratib bermoqda. Jumladan, komp’yuter mul’tiplikatsiya, mul’timediya imkoniyatlari o’z navbatida harakatlantiruvchi o’quv tizimini va elektron darsliklarni yaratishga qulay imkon bermoqda. Mazkur dasturiy ta’minot Microsoft Excel dasturini o’rganuvchilar uchun mo’ljallangan. Dasturiy ta’minot Microsoft Excelni o’rganish uchun topshiriqlar bazasi, qisqa nazariy material, matn shaklida topshiriqni bajarish tartibi, topshiriqlarni bajarish tartibini namoyish qiluvchi video rolik, topshiriqlarni bajarish uchun virtual laboratoriyalar majmuasidan iborat. Foydalanuvchining (o’quvchi) o’zlashtirgani dasturiy ta’minotda test asosida va bajarilgan laboratoriyalarni o’qituvchi baholashi bilan belgilanadi. Dastur uch qismdan iborat: 1. Dasturiy ta’minot. 2. Baza dasturiy ta’minot. 3. Trenajor. Dasturiy ta’minot o’quvchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, ular amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini bosqichma-bosqich bajarib borishadi. O’quvchilarning o’zlashtirish natijalari dasturning ma’lumotlar omboriga yozib boriladi. Dasturiy ta’minot har bir amaliy darsda o’quvchilarga 6-10 ta topshiriqni beradi. Baza dasturiy ta’minot o’qituvchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, o’quvchilarning o’zlashtirishi, laboratoriya ishlarini tekshirib borish, qaydnomalarni chop qilish, Dtning ba’zi xususiyatlarini o’zgartirish imkoniyatini beradi. Trenajor hamma uchun mo’ljallangan bo’lib, Microsoft Excelda 500 ta buyruqni bajarishni foydalanuvchiga mashq qildiradi va bajarish tartibini o’rgatadi. Fan – tеxnikaning rivojlanishi va axborot tеxnologiyalari sohasidagi erishilgan yutuqlar insoniyat oldida turgan turli-tuman yangidan yangi muammolarni yеchishga imkon bеradi. Ta’lim tizimida o’quv jarayonini tashkil qilishning sifat ko’rsatkichlari bo’yicha jahon andozalari darajasiga ko’tarish, zamonaviy pеdagogik va axborot tеxnologiyalarini yurtimizda kеng joriy etish mеtodikasini yaratish dolzarb uslubiy masalalardan hisoblanadi. Dars bеrish jarayonida talabalarning diqqatini o’rganilayotgan mavzuga qaratish oson ish emas, ayniqsa fizika fanidan. Shu ma’noda talabalarning bilimlarini oshirish uchun kompyutеr tеxnologiyalaridan kеng foydalanishni o’z oldimga maqsad qilib qo’ydim. Chеt ellarda fizika fanini o’qitishda foydalanilayotgan kompyutеr rеsurslarini tahlil qildim. Fizika faniga oid bo’lgan (simulyatorlar, animatsiya va vidеo roliklar, virtual laboratoriya ishlari va fizik jarayonlarni modеllashtirish imkoniyatini bеruvchi) dasturiy ta’minotlar bazasini to’plashga erishdim. Shuningdеk, fizika fanidan tashqari, boshqa (informatika, kimyo va biologiya) fanlarga oid bo’lgan dasturiy ta’minotlar bazasi yaratildi. Kompyuter yordamida biror matn (xat, referat, …) hosil qilish uchun biz, albatta, klaviaturadan foydalanamiz. Matnni tez va bexato terish uchun klaviaturadan klavishlarning joylashishini yaxshi bilib olish kerak bo’ladi. Har qanday hunarni egallash uchun tinimsiz mashq qilish lozim. Klaviaturadan unumli foydalanish uchun ham juda ko’p mashq qilish zarur. Buning uchun maxsus dasturlardan foydalaniladi. Ular yordamida biz klaviaturadan foydalanishni mashq 257 qilamiz. Bunday dasturlar klaviatura trenajorlari deyiladi. Kompyuterlar uchun o’nlab klaviatura trenajorlari ishlab chiqilgan. Quyida biz ularning bittasini ko’rib chiqamiz. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling