Microsoft Word oz-oz urganib dono bolur lot ziyouz com doc
Download 0.74 Mb.
|
Shorasul Zunnun. Oz-oz o'rganib dono bo'lur
MATONAT EGASI — ZANJI
Ta’lim-tarbiya olimlaridan Hofiz Umar Somiy aytadi: — O’n sakkizinchi asrda Afrikadan Yevropaga qaytgan bir olim o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan ayanchli bir voqeani shunday hikoya qiladi: — Bir zolim mustamlakachining qo‘l ostida bo‘lgan zanjilardan bir qanchasi jabr-zulmga toqat qila olmay, qochib ketishga majbur bo‘lgandilar, lekin bu bechoralarni tutib olib vahshiy mustamlakachining huzuriga keltirdilar. Bunday qochoqlarning jazosi dor yog‘ochi edi. Shuning uchun bu bechoralar ham osib o‘ldirishga hukm etildilar. Jallodlik vazifasini bajaruvchi odam uzoq bir yerga ketgani sababli jon olishga xaris bo‘lgan bu oq tanli mustamlakachi qo‘lga tushgan qochoq zanjilarga shunday taklif qildi: — Ichingizdan qaysi biringiz boshqa sheriklarini osishga rozi bo‘lsa, men uni o‘limdan qutqazaman. Demakki, ichlaridan faqat orqadoshlarini osishga rozi bo‘lganga, ya’ni eng razil, murdorlariga hayot kabi qimmatli ne’mat va’da etgandi. Faqat bu va’daga iltifot qilgan zanji topildimi? Hechda, terilari qora, faqat dillari sof va pok bo‘lgan insonlarning hammasi bu nafratli, jirkanch taklifni rad qildilar, bittasi ham manfur taklifni qabul qilishga rozi bo‘lmadi. U vaqt mal’un mustamlakachi juda ham g‘azablanib, sodiq, itoatgo‘y zanji xizmatchisini chaqirib: — Darrov dor ipini hozirla, bularning hammasini os, rad qilsang, seni ham bular bilan birga ostiraman,— dedi. Bechora itoatgo‘y zanjining ko‘nglida oliy bir fikr paydo bo‘ldi. Toshyurakli vahshiy hojasi mustamlakachiga: — Ijozat bering, darrov hozirlanib kelib, bularning hammasini osaman,— dedi. Xojasi ijozat bergach, panaroq joyga chekildi. Bir oz vaqtdan keyin xojasi yoniga keldi, bir qo‘lining barmoqlari kesilgandi, shirillab qon oqib tushardi. Haligi pana joyda u qo‘l barmoqlarini bolta bilan kesib tushirgan, marhamatsizlarga bir buyuklik misolini ko‘rsatishni istagandi. Bu fidokor zanji zolim mustamlakachi hojasiga qarab: — Ey xojam, endi men orqali bu gunohsiz orqadoshlarimni ostirish qo‘lingdan kela oladimi?— dedi va yerga yiqilib hushidan ketdi. Bayt: Har ko‘ngilkim bo‘lsa poku beg‘ubor, G’ayb naqshi unda bo‘lgay oshkor. MEHMON Bir kishi ulug‘ martabali bir odamdan anchagina pul qarz olgan bo‘lsa ham, qarzini o‘z vaqtida ado etmagan, va’dasidan ko‘pgina vaqt o‘tkazgan edi. Nihoyat, pul egasi qarzdordan pulini undirib olishni o‘zining katta bir xizmatchisiga havola qildi. Xizmatchi qarzdorning uyiga bordi, unga qattiq-qattiq so‘zlar aytib, amaldordan olgan pulni darhol chiqarib berishni so‘radi. Qarzdor u xizmatchiga: — Meni xojang yoniga olib bor, unga aytadigan maxsus so‘zim bor,— deb qayta-qayta o‘tindi. Uning yig‘lamsirab, zorlanib o‘tinishi bag‘ritosh xizmatchining ham ko‘ngliga ta’sir qilib, hojasi huzuriga olib keldi. Amaldor bir qancha kishilar bilan o‘tirib osh yeyishda mashg‘ul edi. Xizmatchi u qarzdorni amaldorga ko‘rsatib: — Bu kishidan pulingizni darhol chiqarib berishini so‘rab qattiq muomala qilgan edim, ko‘p tavbatazarru qilib, sizning yoningizga olib kelishimni o‘tindi, rahmim kelib olib keldim. Endi nima qilsangiz o‘zingiz bilasiz,— dedi, Amaldor xizmatchini ham, qarzdorni ham oshga taklif qildi. Ular ham ovqatlanishga mashg‘ul bo‘ldilar. Ovqatdan keyin amaldor haligi xizmatchiga: — Bu qarzdor endi mening mehmonim bo‘ldi. Aziz mehmonimdan pulimni talab qilishim muruvvatdan emas. Bu bechora odam muhtojlik ichida qolgani uchun pulimni keltirib berishga qodir bo‘la olmagan. Uning shunday holda ekanini oldinroq bilgan bo‘lsaydim, seni uning yoniga yubormasdim. Endi men u pulimdan voz kechdim, aziz mehmonimning o‘ziga bag‘ishladim. Bundan keyin bu mehmonimning uyiga borib, uning ko‘nglini og‘ritma,— dedi. Qarzdor meh-monning ko‘nglini ko‘tarib, in’om-ehson qilib, izzat-hurmatini bajo keltirib, uyiga qaytishiga ruxsat berdi. TALXA Arab ulug‘laridan Talxa nomli bir boshliq muhim bir ishni hal qilish niyati bilan Kays qabilasiga kelib, u qabila raisi Malib ibn Avfning mehmoni bo‘ldi. Malik mehmonning kimligini bilmagani, uni tanimagani uchun mezbonlikni ko‘ngildagidek yaxshi bajarmadi. Ertasi kuni Talxa o‘z uyiga qaytgandan keyingina, Malik mehmonning kimligini bilib, mezbonlikni yaxshi bajarmagani uchun pushaymon qildi. Darhol Talxaga: — Men sizni tanimaganim uchun martabangiz, obro‘yingizga munosib bo‘lgan xizmatni bajo keltirmadim, mezbonlik vazifasini yaxshi bajarmadim, shuning uchun juda ham xijolatdaman. Bu gunohimni kechirasiz deb umid qilaman. Uzrxohlar uzrini qabul qilish karamingiz shevasidir,— degan mazmunda xat yozdi. Talxa xatni olib, unga shunday javob yozdi: — Uzringni qabul qildim, ko‘p tashvishlanma, uzrxohlarning uzrini qabul qilish mening eng sevgan ishimdir, qilgan ishingdai aslo hijolat chekma, ko‘ngilsiz bo‘lma. Bayt:
Chun nadomat mashriqidin uzr subhi ursa dam, Tun qorong‘usi kabi barcha gunoh bo‘lg‘ay adam. Ammo «men sizni tanimadim» degan so‘zing to‘g‘ri emas, noma’qul va karam shevasidan uzoq bo‘lgan so‘zdir, chunki mehmonnavozlikda e’zoz va karam har kimga birdekdir. Hamma yerga quyosh kabi bir tekisda nur sochish, hamma joyga bir ravishda yog‘ish mezbonlik shartidir. Mehmonnavozlikda hammaga bir xil, bir tekisda qarash lozim ekanini mezbon unutmasin. Talxaning javob xatidan Malik juda ta’sirlanib, unga yana uzr so‘rab xat yozdi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling