Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc
Download 5.06 Kb. Pdf ko'rish
|
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- َﻦﻴِﺤِﻟﺎﱠﺼﻟا ) ٨٦ ( «Ismoil, Idris va Zul-Kiflni eslang. Barchalari sabr qiluvchilardandir. Biz ularni o‘z rahmatimizga
2.15. ZUL-KIFL (A.S.)
Ayyub (a.s.) vasiyatlarini o‘g‘illari Havmalga qoldirgan edilar. Havmaldan so‘ng esa, ikkinchi o‘g‘illari Bishr ibn Ayyub (a.s.) ota vasiyatini davom etdirdi. Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) www.ziyouz.com kutubxonasi 81 Ko‘pchilik ulamolarning ittifoqlaricha, Bishr ibn Ayyub (a.s.) Zul-Kifl ismli payg‘ambardirlar. Alloh taolo Qur’oni karimning quyidagi oyatlarida Zul-Kiflni zikr qilgan: َو َﺲﻳِرْدِإَو َﻞﻴِﻋﺎَﻤْﺳِإَو َﻦﻳِﺮِﺑﺎﱠﺼﻟا َﻦِﻣ ﱞﻞُآ ِﻞْﻔِﻜْﻟا اَذ ) ٨٥ ( َﻦِﻣ ْﻢُﻬﱠﻧِإ ﺎَﻨِﺘَﻤْﺣَر ﻲِﻓ ْﻢُهﺎَﻨْﻠَﺧْدَأَو َﻦﻴِﺤِﻟﺎﱠﺼﻟا ) ٨٦ ( «Ismoil, Idris va Zul-Kiflni eslang. Barchalari sabr qiluvchilardandir. Biz ularni o‘z rahmatimizga doxil qildik. Darhaqiqat, ular solih zotlardandir». (Anbiyo, 85-86.) ِرﺎَﻴْﺧﻷا َﻦِﻣ ﱞﻞُآَو ِﻞْﻔِﻜْﻟا اَذَو َﻊَﺴَﻴْﻟاَو َﻞﻴِﻋﺎَﻤْﺳِإ ْﺮُآْذاَو ) ٤٨ ( «Yana Ismoil, al-Yasa’ va Zul-Kiflni eslang! Barchalari yaxshi kishilardandir». (Sod, 48.) Ibn Jarir va Abu Najiyh Mujohid (r.a.)dan rivoyat qilishlaricha, Mujohid dedilar: «Al-Yasa’ payg‘ambar keksayib qolganlaridan keyin o‘z o‘rinlariga ishonchli vakil tayinlamoqchi bo‘ldilar va qavmni yig‘dilar-da, ularga dedilar: «Kim mendan uch omonatni: kunduzlari ro‘zador, kechalari namozxon va g‘azabini ichiga yutuvchi bo‘lishni qabul qilib olsa, uni o‘zimga xalifa qilaman». Bir kishi ko‘zlaridan yosh quyilgan holda o‘rnidan turib: «Men!» - dedi. Al-Yasa’ unga: «Sen kunduzlari ro‘zador, kechalari namozxon bo‘lib, g‘azabingni ichingga yutasanmi?» - dedilar. O’rnidan turgan odamdan «Ha!» - degan javobni olib, uni qaytardilar. Ikkinchi kuni ham jamoat orasida shu savol takrorlanganda, boshqalar jim turishdi, ammo kechagi odam yana o‘rnidan turib, o‘zini ro‘baro‘ qildi. Al-Yasa’(a.s.) o‘z o‘rinlariga shu odamni xalifa qildilar».(Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 208- 209-bet.) Mazkur rivoyatning davomida Iblis bir necha bor al-Yasa’ning o‘rniga xalifa bo‘lgan odamning huzuriga kelib, uning g‘azabini keltirishga urinadi, lekin eplay olmaydi. Iblisga aldanmagan zotning nomini Alloh taolo Zul-Kifl deb ataydi. Kinona ibn al-Axnas aytadi: «Men Abu Muso al-Ash’ariyning baland minbardan turib shunday deganini eshitdim: «Zul-Kifl payg‘ambar emas, bir solih odamdir. Uning davrida boshqa bir solih odam har kuni yuz bor namoz o‘qir edi. Solih odam vafot etgandan keyin, uning yuz vaqt namozini qoldirmay o‘qib yurishni o‘z bo‘yniga olgani uchun, Zul-Kifl deb nomlandi. Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyatlarida, Abu Umar aytadilar: «Men Rasululloh (s.a.v)dan bir hadis eshitdim, uni bir yoki ikki marta eshitgan bo‘lsaydim, sizlarga rivoyat qilmas edim, balki men bu hadisni yetti marta eshitganman. Al-Kifl Baniy Isroil qavmidan bo‘lib, taqvosiz, gunohdan qaytmagan odam edi. Uning oldiga bir ayol keldi. Al-Kifl ayolga oltmish dinor berib, uni zinoga ko‘ndirdi. Ikkovi yechinib, zinoni boshlash oldida, ayolni qattiq qaltiroq tutdi va yig‘lab yubordi. Al-Kifl sababini so‘raganda, ayol: «Men bunday ishni hech qilmagan edim. Muhtojlik meni shunga majbur etdi» - dedi va yana qattiqroq yig‘ladi. Al-Kifl: «Sen ilgari bunday ishni qilmaganmi ding? Muhtojlik seni shunga boshladimi? Tur o‘rningdan! Dinorlar ham o‘zingga!» - dedi va o‘rnidan turib ketdi. Shu kundan boshlab al-Kifl ham hech qachon Allohga osiy bo‘lmaslikka ahd qildi va o‘sha kecha vafot etdi. Ertalab janozaga kelganlar uning uyi eshigida: «Alloh taolo al-Kiflni mag‘firat etdi!» - degan yozuvni ko‘rdilar». (O’sha manba. 209-bet.) Bu hadisning sahihligida muhaddislarning ixtilofi mavjud. Agar hadis sahih bo‘lganda ham, unda aytilgan odamning nomi «al-Kifl» bo‘lib, baniy Isroil qavmidan bo‘lgan biror odam bo‘lishi mumkin. Qur’onda nomlari payg‘ambarlar qatorida zikr etilgan kishi esa, Zul-Kifldirlar. Ibn Kasirning aytishicha, mazkur oyati karimalarning zohiriy ma’nosi, Zul-Kifl ulug‘ payg‘ambarlar qatorida zikr etilgan, o‘zlari ham payg‘ambar ekanliklariga dalolat qiladi. Ammo Zul-Kifl qaysi qavmga yuborilgan, uning da’vati nimadan iborat bo‘lgan, bu haqda Qur’oni karim oyatlarida ochiq ham, ijmoliy ham xabar berilmagan. (Afif Abdulfattoh. Tabora. Ma’al-anbiyo fil-Qur’onil Karim. Lubnon. 214-bet.) «Tarixi Tabariy»da yozilishicha, Alloh taolo Ayyub (a.s.)ning vafotlaridan keyin vasiylik Havmal ibn Ayyub (a.s.)ga qoldi va qavmni u boshqarib turdi. Uning vafotidan keyin qavmga Alloh taolo Bishr ibn Ayyub (a.s.)ni payg‘ambar qilib yubordi, uni Zul-Kifl deb nomladi va qavmini tavhidga chaqirishni buyurdi. Zul-Kifl (a.s.) umrlarining oxirigacha Shomda turdilar va o‘g‘illari Abdonga vasiyat qilib, yetmish besh yoshda olamdan o‘tdilar. (Tarixi Tabariy. 1-j. 228-bet.) Damashqning shimol tarafida «Qosiyun al-Matol» nomli tog‘ bo‘lib, undagi joylardan biri «Zul-Kifl» deb nomlanadi. (Doktor Shavqiy Abu Xalil. Atlasul-Qur’on. Damashq. 2001. 100-bet.) Download 5.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling