Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


Sizlarning eng yaxshilaringiz oilasiga yaxshi munosabatda bo‘luvchilaringizdir


Download 5.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet159/270
Sana13.09.2023
Hajmi5.06 Kb.
#1677332
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   270
Bog'liq
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob

 4. Sizlarning eng yaxshilaringiz oilasiga yaxshi munosabatda bo‘luvchilaringizdir. Ayyub (a.s.) obro‘lari yaxshi, 
mol-dunyolari serob, tan-jonlari salomat paytlarida ayollariga yaxshi munosabatda bo‘ldilar, mehribonlik qildilar. Yaxshi 
yedirib, yaxshi kiyintirdilar. Boshlariga musibat tushganda esa, ayollari ham yaxshilikni qaytarib, hamma tashlab ketsa 
ham, u tashlab ketmadi, vafodorlik qildi, juda mehribonlik bilan kasalni boqdi. Bu narsa barsa musulmonlarga ham ibrat. 
Insonning omadini kelib, ishini yurishib turishi har qachon ham bir xil bo‘lmaydi. Shuning uchun omadli paytlarda oilada 
ham, hamkasblar orasida ham har bir qadamni o‘ylab bosish kerak bo‘ladi. Manmanlik, oilaga xiyonat, ayollarga yomon 
munosabat va minnat qilishdan uzoq bo‘lish kerak. Alloh taolo Qur’on oyatlarida «Umr yo‘ldoshingizga yaxshilik qiling» 
(Niso, 36.)
degan. 
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham o‘zlari ayollariga yaxshi munosabatda bo‘lish bilan birga, ummatlarini ham 
shunga da’vat qilganlar. 
Ayyub (a.s.)ning qissalarida ayollar uchun ham yaxshi ibrat bor. Ayyubning xotinlari erining omadi ketgan 
paytda ham sabr-matonat bilan unga qaradi, vafo qildi. Eri bilan o‘tkazgan baxtli onlarni unutmadi va baxtsiz 
kunlarda undan jirkanmadi va yuz o‘girmadi. Natijada, Allohdan mukofotini oldi, ya’ni avval yo‘qotgan baxti, 
farovonligi qaytib keldi. Buning ustiga qo‘shimcha «payg‘ambarning soliha xotini» mavqe’ini saqlab qoldi, 
oxiratda payg‘ambar bilan jannatga kirish baxtiga ega bo‘ldi. Sadoqatli ayolning xolis xizmatini Alloh taqdirlab
uni jazodan O’zi qutultirdi: 
«Yana biz Ayyubga aytdik: «Qo‘lingga bir bog‘ (novda)ni olib, u bilan xotiningni urgin – qasamingni 
buzmagin». 
Yoshlik, sog‘lik, mansabdorlik va omadli paytlarida erlari bilan o‘ynab kulgan ko‘pgina ayollar bu qissadan 
o‘zlariga xulosa chiqarib olishlari lozim. Erining ishi orqaga ketganda, qariganda va kasal bo‘lganda uni 
mensimasdan xorlaydigan, o‘z holiga tashlab qo‘yadigan, xiyonat ko‘chasiga kirib ketadigan va unga tanbeh 
bergan eriga: «Men sendan nima ko‘rdim, endi o‘z bilganimni qilaman, bilganimcha yuraman!» - deydigan 
ayollar Ayyub (a.s.)ning xotinlari Rahimadan vafodorlikning va sabrning mukofoti nima bo‘lishini o‘rganib 
olsalar yomon bo‘lmas edi.  

Download 5.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling