Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc
yuborganimizda ular ikkisini yolg‘onchiga chiqarishgach, uchinchi elchi bilan quvvatlantirdik» -
Download 5.06 Kb. Pdf ko'rish
|
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-BOB 4.1. MUSO VA HORUN (A.S.)
yuborganimizda ular ikkisini yolg‘onchiga chiqarishgach, uchinchi elchi bilan quvvatlantirdik» - degan
mazmun dalolat qilib turibdi. Agar ular Iso Masih yuborgan havoriylar bo‘lganida, oyatning lafzi shunga munosib bo‘lardi. Ikkinchisi shuki, Qur’onda zikr etilgan qavm itoatsizliklari uchun halok etilganlar. Iso Masih davridagi qavm esa birinchilardan bo‘lib imonga kelganlar. Uchinchisi shuki, Antokiyaga Iso Masihning da’vatchilar yuborishlari yahudiylarga Tavrot nozil bo‘lgandan uzoq vaqt keyin sodir bo‘lgan. Hamma ulamolarning ittifoq qilishlaricha, Tavrot nozil bo‘lgandan keyin biror qavmga ommaviy halokat yuborilmagan, balki, payg‘ambarga unamagan qavmga nisbatan chora ko‘rish va ular bilan payg‘ambar boshchiligida urushish musulmonlarga buyurilgan. (Muxtasari tafsiri Ibn Kasir. 3-j. 121-bet.) Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) www.ziyouz.com kutubxonasi 89 Demak, Qur’onning Yosin surasida xabar berilgan va halokatga uchragan qavm yashagan joyning nomi Antokiya emas yoki qadimda Antokiya deb nomlangan bo‘lsa ham, u qishloq Rum yeridagi Antokiya emas, deb xulosa chiqarishimiz mumkin. 4-BOB 4.1. MUSO VA HORUN (A.S.) Alloh taolo Qur’oni karimda zikr etgan payg‘ambarlarning qissalari orasida Muso (a.s.) qissasi eng katta va mufassal bayon etilgan qissadir. Qur’onning o‘ttiz to‘rt surasida bir yuz o‘ttiz olti marta Muso nomi tilga olingan. Muso (a.s.)ning nasablari Hazrat Ya’qubning o‘g‘illaridan biri bo‘lgan Lovo ibn Ya’qubga boradi. Muhammad ibn Ishoqning aytishicha, Lovo ibn Ya’qub va Nobita binti Moriydan Qohis ismli o‘g‘il tug‘ildi. Qohis ibn Lovo va Fohiy binti Mussindan Yashar ismli o‘g‘il tug‘ildi. Yashar ibn Qohis va Shumays binti Batodiddan Imron ismli o‘g‘il tug‘ildi. Imron ibn Yashar va Yuhib binti Shamvildan Muso va Horun ismli o‘g‘illar dunyoga keldilar. (Tarixi Tabariy. 1-j. 270-bet.) Boshqa olimlarning fikrlaricha, Ya’qub ibn Ishoq (a.s.) bir yuz qirq yetti yil umr ko‘rganlar. Yoshlari sakson to‘qqizga yetganda, Lovo ismli o‘g‘illari tug‘ildi. Lovo qirq oltiga kirganda Qohis ismli o‘g‘il ko‘rdi. Qohis esa Yashar ismli o‘g‘il ko‘rdi. Yashar oltmish yoshligida o‘g‘li Imron dunyoga keldi. Muso (a.s.) ana shu Imronning o‘g‘lidirlar. Muso (a.s.) onalarining ismi Yukobid (Ba’zi manbalarda Yuxobid yoki Anohid, As-Suhayliyning yozishicha, Ayorixo yoki Ayozaxtdir. Lekin nomi kim deb aytilsa ham, juda baxtli ayol, ulug‘ payg‘ambarning onasi, Allohdan uning o‘ziga vahiy-ilhomiy xabar kelgan va Allohning buyrug‘iga itoat qilgan tabarruk ayoldir.) , xotinlari esa Safurodir. (Tarixi Tabariy. 1-j. 271-bet.) Ibn Kasir esa «Qisasul-Anbiyo» kitobida Muso (a.s.)ning shajaralarini «Muso ibn Imron ibn Qohis ibn Ozir ibn Lovo ibn Ya’qub ibn Ishoq ibn Ibrohim (a.s.)» deb keltirgan. (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 221-bet.) Isroil o‘g‘illari Yusuf (a.s.)ning davrlarida Misrning unumdor chorva yerlariga kelib o‘rnashgan, Misrliklar oldida ularning mavqe’lari baland, hayotlari farovon o‘tdi. Bu vaqtda Misr fir’avni Ar-Rayyon ibn Al-Valid bo‘lib, u Yusufning hurmatlaridan Bani Isroilga juda katta saxovat va samohat ko‘rsatdi. Ibn Ishoqning rivoyat qilishicha, Misr mulkida bir necha amoliqa fir’avnlar hukmronlik qilishdi va ular ham Yusuf, Ya’qub, Ishoq va Ibrohim dinlaridan yuz o‘girishmadi. Qachonki Muso (a.s.)ning fir’avni bo‘lgan Voliy al-Valid ibn Mus’ab (Uning tarixiy nomi Munfitoh Ramzes II dir) Misr taxtiga o‘tirgandan keyin Bani Isroil qavmi boshiga balo yog‘ildi. Buning ikkita sababi bor edi. Birinchidan, boshqa fir’avnlarga qaraganda al-Validning qalbi qora, niyati buzuq, Bani Isroil qavmiga nisbatan adovati kuchli, o‘ta millatchi edi. (Tarixi Tabariy. 1-j. 272-bet.) Ikkinchidan, kohinlarning unga bergan bashoratla rida, uning podshohligini bani Isroil qavmida tug‘ilajak o‘g‘il bola barbod etishining xabari bor edi. Shuning uchun Misrning bu johil fir’avni baniy Isroil qavmiga juda chuqur adovat saqladi va kuchining boricha ularga yomonlik, xunrezlik illatlarini namoyon qildi. Baniy Isrilning erki va farovon, osoyishta hayoti buzuldi. Ular endi Misr fuqarosi emas, balki misrliklarning qul va cho‘rilariga aylantirildi. Shunday qilib Muso (a.s.)ning zamonlarida bani Isroil qavmini misrliklar quldek ishlatishardi. Misr qavmini qibtiy deb atalardi. Ular o‘z podshohlari boshchiligida ulug‘ payg‘ambarlar keltirgan Allohning haq dinidan yuz o‘girishib, yulduzlarga va butlarga sig‘inishar, Isroil qavmini haqorat etib, kamsitishar edi. Bu ham yetmagandek Fir’avn (Ramzes II) xudolik da’vosini qila boshladi. Bani Isroil qavmi Misrda o‘n ikki qabila bo‘lib yashagan. Fir’avnning zulmidan juda azob chekishar, ota- bobolarining yerlari bo‘lgan Kan’onga ketishni juda-juda istashar, biroq buning ilojini qilisha olmas edilar. Fir’avn ularni turli guruhlarga: binokorlarga, dehqonlarga va cho‘ponlarga bo‘lib tashladi. Hamma ish bilan qattiq band edi. Qo‘lidan ish kelmaydiganlar esa alohida guruh qilinib, ulardan beish yurganlari uchun Fir’avn xazinasiga jarima soliq olinardi. Ular orasida o‘zlarining haqiqiy e’tiqodlaridan voz kechmagan, dinlarini yashirganlar ham mavjud edi. Hatto ulardan biri bo‘lgan Osiya binti Mazohim ayollarning eng go‘zali, eng pokizasi va eng yaxshisi bo‘lib, Fir’avnning ishonch va muhabbatini qozongan, Fir’avnning jufti, umr yo‘ldoshi, Misr malikasi darajasiga erishgan edi. (Tarixi Tabariy. 1-j. 272- bet.) Fir’avnning xotini bo‘lgan Osiya binti Mazohim haqida yana turli fikrlar mavjud. As-Suhayliyning fikricha, Osiya Musoning ammasi edi. Ba’zi olimlarning fikricha, Osiya Muso (a.s.)ning sibti (qabilasi)dan bo‘lgan. Ibn Jarir At-Tabariyning aytishicha, Osiyaning to‘liq nomi Binti Mazohim ibn Ubayd ibn ar-Rayyon ibn al- Valid bo‘lib, Yusuf (a.s.)ning zamonlaridagi musulmon fir’avnning chevarasi edi. Fir’avn shunchalik zolim bo‘lsa-da, uzoq umr ko‘rdi. Uning ana shunday uzoq umr ko‘rishi oqibatda xudolik da’vosini qilib: Download 5.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling