Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


َﻦِﻣ َنﻮُﻜَﺘِﻟ ﺎَﻬِﺒْﻠَﻗ ﻰَﻠَﻋ ﺎَﻨْﻄَﺑَر ْنَأ ﻻْﻮَﻟ ِﻪِﺑ يِﺪْﺒُﺘَﻟ ْتَدﺎَآ ْنِإ ﺎًﻏِرﺎَﻓ ﻰَﺳﻮُﻣ ِّمُأ ُداَﺆُﻓ َﺢَﺒْﺻَأَو


Download 5.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet181/270
Sana13.09.2023
Hajmi5.06 Kb.
#1677332
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   270
Bog'liq
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob

 َﻦِﻣ َنﻮُﻜَﺘِﻟ ﺎَﻬِﺒْﻠَﻗ ﻰَﻠَﻋ ﺎَﻨْﻄَﺑَر ْنَأ ﻻْﻮَﻟ ِﻪِﺑ يِﺪْﺒُﺘَﻟ ْتَدﺎَآ ْنِإ ﺎًﻏِرﺎَﻓ ﻰَﺳﻮُﻣ ِّمُأ ُداَﺆُﻓ َﺢَﺒْﺻَأَو
 َﻦﻴِﻨِﻣْﺆُﻤْﻟا
)
١٠
(
 
 
«Muso onasining qalbi tashvishdan forig‘ bo‘ldi. Agar Biz («Musoni o‘zinga qaytarurmiz», degan va’damiz)ga 
imon keltiruvchilardan bo‘lishi uchun uning ko‘nglini xotirjam qilmaganimizda, albatta, u (o‘z o‘g‘li ekani)ni ochib 
qo‘ygan bo‘lar edi». (O’sha sura, 10.)
 
Muso o‘z onasini to‘yib emganligi haqidagi xushxabar Osiyaga yetkazildi. Osiya Yukobidni saroyda 
xizmatda qolishni, buning evaziga Fir’avn tomonidan juda yaxshi ehsonga sazovor bo‘lishini taklif etdi. Yukobid 
rozi bo‘lmadi va bolani o‘zi bilan uyiga olib ketishga, uyida boqib berishga rozi ekanligini aytdi. Osiya shunga 
ham shukr qilib, Musoni onasi bilan uyiga qo‘shib berib yubordi. Bolani emizgani uchun maosh ham tayinlab, 
kiyim-kechak va boshqa hadyalar ham berdi. 
 َنﻮُﻤَﻠْﻌَﻳ ﻻ ْﻢُهَﺮَﺜْآَأ ﱠﻦِﻜَﻟَو ﱞﻖَﺣ ِﻪﱠﻠﻟا َﺪْﻋَو ﱠنَأ َﻢَﻠْﻌَﺘِﻟَو َنَﺰْﺤَﺗ ﻻَو ﺎَﻬُﻨْﻴَﻋ ﱠﺮَﻘَﺗ ْﻲَآ ِﻪِّﻣُأ ﻰَﻟِإ ُﻩﺎَﻧْدَدَﺮَﻓ
)
١٣
(
 
«Shunday qilib, Biz (Musoning onasining) ko‘zlari quvonishi va g‘am chekmasligi uchun hamda Allohning 


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
92
va’dasi haq ekanini bilishi uchun uni onasiga qaytardik. Lekin, ko‘pchiligi (buni) bilmaydilar». (Qosos, 13.)
 
Alloh taoloning hikmatini qarangki, kohinlarning bashoratidan so‘ng Fir’avn qattiq qo‘rqib yurgan Musoni – 
o‘zining ashaddiy dushmanini o‘z himoyasida, o‘z bag‘rida o‘stirib-ulg‘aytirdi. 
Muso (a.s.) chopib yuradigan bo‘lganda, Osiya Yukobidga odam yuborib: «Men o‘g‘limni juda sog‘indim, 
saroyga-mening ziyoratimga olib kel!» - deb buyurdi. Saroy a’yonlariga esa: «Biror kishi qolmasdan mening 
sevikli o‘g‘limni hadyalar va izzat-ikrom bilan kutib olsin!» - deb amr etdi. Saroy a’yonlari turli-tuman sovg‘alarni 
qo‘llarida ushlagancha, Osiyaning saroyidan Muso tug‘ilgan uyning darvozasigacha saf tortib, Muso va uning 
onasi Yukobidga hurmat bajo keltirdilar. 
Muso (a.s.) saroyga yetib kelgach, Osiya ham o‘g‘lini bag‘riga bosib, hurmat bajo keltirib, hadyalar berdi. 
Keyin Muso (a.s.)ni qo‘lida ko‘tarib, Fir’avn huzuriga olib bordi va uning tizzasiga o‘tqazib qo‘ydi. Muso (a.s.) 
Fir’avnning soqolidan ushlab, pastga torta boshladilar. Buni ko‘rib turgan g‘alamus kimsalar yomon gumon 
qilishib, Fir’avnga: «Eshitmaganmisiz, Ibrohimga uning Allohi nima deb va’da qilgan edi? Shubhasiz, bu bola 
ham sizning soqolingizni yerga tortib, o‘zini sizga merosxo‘r bo‘lishiga, sizga g‘olib bo‘lishiga, sizni halok 
etishiga ishora qilyapti!» - deyishdi. 
Fir’avn g‘azab otiga minib, darhol Musoni jallodlar qo‘liga yubordi. Buni ko‘rgan Osiya Fir’avnning yoniga kelib, bolaga 
qahr qilganining sababini so‘radi. Fir’avn unga: «Ko‘rmayapsanmi, u mening soqolimni yerga ishqab, meni halok etishga 
va mendan g‘olib bo‘lishga ishora qilyapti» - dedi. Osiya unga javoban: «Axir, bu aqli yo‘q yosh bola-ku! Agar unga cho‘g‘ 
bilan tilloni yonma-yon qo‘ysang, ularni bir-biridan ajratolmaydi» - dedi. Bir idishga qizib turgan cho‘g‘ni, ikkinchi idishga 
yaltirab turgan tillo tangalarni solib Muso (a.s.)ning oldilariga qo‘yilgan edi, Muso (a.s.) cho‘g‘ga qo‘l uzatdilar. Shunday 
qilib, Muso (a.s.)ni o‘ldirishdan Fir’avn ikkinchi bor qo‘l siltadi». (Nasaiy. Kitobut-tafsir. Toho surasining 40-oyati tafsirida.)
 

Muso (a.s.) voyaga yetib, aqllari to‘lgan vaqtda Alloh taolo u kishini fahm-farosat va ilm-hikmat sohibi qildi. 
Buning ustiga Muso (a.s.) Fir’avnning saroyida hech narsaga muhtoj bo‘lmasdan, yayrab, jismonan baquvvat 
bo‘lib o‘sdilar. Shunga qaramasdan, o‘zlari isroiliy bo‘lganlari uchun, mazlum qavmlariga imkoniyatlari 
yetganicha yordam berar edilar, ularni qibtiylarning zulmidan himoya qilardilar. 

Download 5.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling