Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc
Download 5.06 Kb. Pdf ko'rish
|
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Menga sakkiz yil ishlab berishing evaziga men senga mana shu ikki qizimdan
Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) www.ziyouz.com kutubxonasi 94 Ulamolar Madyanda Muso (a.s.)ni kutib olib, ijaraga ishga olgan, ikki dono qizning otasi bo‘lgan qariya kim ekanligi borasida turli fikrlar aytganlar. Ko‘pchilik ulamolarning fikricha, mazkur qariya Shuayb (a.s.)dirlar. Bu fikrni tasdiqlovchi hujjat Hasan al-Basriy va Molik ibn Anasdan rivoyat qilingan. Yana bir toifa ulamolar: «Shuayb (a.s.) o‘z qavmlari ommaviy halokatga uchragandan keyin, juda uzoq umr ko‘rganlar, hatto Musoning davrlarigacha yashaganlar va Muso Madyanga kelib, Shuaybning qizlariga uylanganlar» - deb qat’iy fikr bildiradilar. Ibn Abi Hotim va boshqa olimlar Hasan al-Basriydan keltirgan boshqa rivoyatlarida: «Musoni Madyanda kutib olgan qariyaning ham ismi Shuayb bo‘lib, u suvlarning boshlig‘idir, Madyan egasi bo‘lgan payg‘ambar emasdir» - deydilar. (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 230-bet.) Ulamolar orasida, qariya Shuayb (a.s.)ning jiyanlari edi, amakivachchalari edi, Shuayb qavmidan bo‘lgan bir mo‘min edi, Yatrun ismli bir kishi edi, deganlar ham mavjud. Ahli kitoblardan birining fikricha, Yatrun Madyan kohinlaridan biri, eng ulug‘i edi. Ibn Abbos (r.a.) va Abu Ubayda (r.a.) aytadilar: «Uning (qariyaning) ismi Yatrun edi. Abu Ubayda: «Yatrun Shuaybning akalarining o‘g‘li edi», - deb, Ibn Abbos esa: «Yatrun Madyanning egasi edi», - deb qo‘shimcha qilganlar. Umar, Ibn Abbos, Shurayh al-Qoziy, Abu Molik, Qatoda, Muhammad ibn Ishoq va boshqalar shunday rivoyat qiladilar: «Shuaybning qizi: «Ey, ota, uni ishga yollagin!» - deganda, otasi unga: «Uning haqida nima bilasan?» - deb so‘radi. Qiz javob berdi: «O’n kishi zo‘rg‘a ko‘taradigan katta toshni bir o‘zi ko‘tarib, bizga yordam berdi. Men uni chaqirib kelayotganimda, oldinda yo‘lboshlamoqchi edim. U menga: «Sen orqamga o‘tib yur, burilish joyga kelganda qaysi tomonga yurishimni ko‘rsatish uchun mayda tosh otib menga yo‘lni ko‘rsat» - dedi. Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: «Odamlarning o‘tkir farosatlisi uchtadir: 1. Misr azizi, chunki u xotiniga: «Uning hurmatini joyiga qo‘y» - dedi; 2. Shuaybning qizi, chunki u otasiga: «Ey, ota, uni ishga yollagin!» - dedi; 3. Abu Bakr Siddiq, chunki u o‘zidan keyin Umarni xalifalikka tavsiya etdi». (O’sha manba, 230-bet.) Shuayb (a.s.)ning «Menga sakkiz yil ishlab berishing evaziga men senga mana shu ikki qizimdan Download 5.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling