Oilada nizolar kelib chiqish
Download 45.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqOilada nizolar kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish yo\'llari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Oilaviy nizolar sabablari
OILADA NIZOLAR KELIB CHIQISH SABABLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH YO'LLARI 1. Ayollarning oila mustahkamligidagi o'rni. "Urushiqsiz uy qayda" deydi dono xalqimiz. O'zi doim shunday bo'ladi: yashaydigan, oila quradigan boshqalar-u, biron nizo chiqsa uning sababini aniqlashga tushadigan boshqalar, ota-onalar, qarindosh-urug'lar, olimlar, jamoatchilik bo'ladi. Olimlarning fikricha, oilaviy nizolarning kelib chiqishiga ayrim erlarning ishga mukkasidan ketishi, xotining e'tiborsizliklari, uy-ro'zg'or ishlariga, bola tarbiyasi va boshqalarga e'tiborsizligi sabab bo’larkan. Darhaqiqat, ayrim erkaklar o'z uylarini bir yotoqxonaday tasavvur qiladilar. Ayollarning ko'pchiligi uchun uy, oila, turmush butun bir olam, ishga borayotib ham oila haqida o'ylaydi, qaytishda esa bozorga kir, bog'chaga chop, ovqat qil kabilar. Ayollar ko'pincha ishda o'zlarini "Mehmondek" his qilishadi: ayniqsa, dushanba kunlari, erlar esa buning aksi, ular uyda o'zlarini xo'jayindek his etadilar. Divanga yonboshlab gazeta o'qiydilar, televizor ko'radilar. Madaniy dam olish deb shuni tushunadilar, ayollar ishdan oilaga shoshilsa, erkaklar uydan ishga qochishadi. Xotiniga bir og'iz shirin so'zni ayab, ishxonadagi ayollar bilan og'izdan bol tomib gaplashishadi. 2. Oilaviy nizolar sabablari. Unga "taxt talashuv" ham sabab ekan. Er-xotin yoshi o'rtasidagi farq kichik masalan, 5-8 yosh emas 2-3 yosh bo'ladi. Ayrim ayollar o'zlarini erlaridan aqlliroq ko'rsatib yashaydi, ayrim hollarda ovozi ko'tarilib do'q urushgacha yetib boradi. Oilaviy nizolarda ko'pincha kelinlarning uy-ro'zg'or ishlariga tayyor emasligi, uy bekaligini bajaraolmasligiga sabab bo'lishi mumkin ekan. Masalan, shahar joylarda qizlarni sport, musiqa, badiiy to'garaklarga ko'p vaqt ajratishi natijasida uy-ro'zg'or ishlariga no'noq bo'lib qolishlari mumkin. Qizbola ota-ona uyidaligida ovqat qilish, dasturxon yozish, mehmon kutish, uyni toza tutishni yaxshi o'rgansa, hayotda qiynalmaydi. "Qush uyasida ko'rganini qiladi" deb bejiz aytilmagan. Oy ko'rish vaqtidagi ruhiy holatlar ham hisobga olinishi lozim. Oilaviy nizolar bolalar tarbiyasi tufayli ham kelib chiqishi mumkin. Bola tarbiyasida ota-ona bir fikrda turishlari lozim. Ba'zi oilalarda ona bolasini ursa, jazolasa, ota o'z himoyasiga oladi yoki aksincha. Ota onalarining bunday zaif tomonlarini payqab olgan bola goh otadan, goh onada himoya qidiradi, natijada bunday ota-onalarning tarbiyasi bolasi uchun ta'sir kuchini yo'qotadi. Bolada o'z xulq-atvori, xatolariga tanqidiy qarash shakllanmaydi. O’zini goh ota, goh ona tomonidan asosiz jazolarigan hisoblaydi. Ba'zan bola o'zi bir chetda qolib er-xotin o'zlarining haq ekanliklarini isbotlashga tushadilar. Ayrim ota yoki ona bolani o'ziga yaqinroq qilib olishga harakat qiladilar. Masalan, ona bolada otaga nisbatan salbiy munosabatni shakllaritiradi, bunday hollarda otaning obro'siga putur yetadi. Bunday bolalar ulg'aygach ota yoki onaga qo'l ko'tarishgacha borib yetishi mumkin. Er-xotin janjallashganlarida esa "Mana sening tarbiyang natijasi" deya bir-birlariga ta'na qiladilar. Oilaviy nizolarning navbatdagi sababi, er-xotinning jinsiy hayotda asab sistemalarining turlicha bo'lishi mumkin. Masalan er "boyo'g'li", xotin esa "zag'cha" erta yotib, erta turadi, boyo'g'li esa teskarisi kech yotib kech turadi. Bir-birini tushunmaslik oqibatida kelib chiqadigan janjallar bunday oilalarning hatto ajralib ketishiga olib kelishi mumkin. Oilaviy nizolarning ko'pi farzandsizlik tufaylidir. Yillar o'tib, bola ko’rmagan er-xotin, farzand, baxtiyor ota-onalarni ko’rganda ruhan eziladilar. Ota-onalar, tanish-bilishlar bunday oilalar orasiga sovuqchilik tushira boshlaydilar. Oilaviy nizolarning yana bir sababi rashkdir. Rashkni yuzaga keltiruvchi sabablarni ruhiyatshunoslar taxminan 2 guruhga bo'ladilar: Birinchi sababi shaxsiy tajriba orqali paydo bo'ladi, xalqona aytganda "Har kim o'z qarinchi bilan o'lchaydi". Bunda erkak yoki ayoldan biri o'zi vafosizlik qilib, o'z juftini ham shubha ostiga oladi. O'z tajribasidan kelib chiqib xiyonatni ham osongina tasavvur qiladi. Ikkinchi sabab bu o'zgalar tajribasini ko'rib, paydo bo'ladi. Ota-onalarning, hamkasblarning vafosizligi, er-xotin vafosizligi to'g'risidagi yaqin do'stlar va dugonalar orasida bo'lib o'tgan gaplar, turli latifalar, ayrim kishilarga salbiy ta'sir ko'rsatib, ularda "barcha erkaklar yoki ayollar vafosiz" degan fikrning shakllanishi va ongida mustahkam o'rnashib qolishiga olib keladi. Shifokorlar kasalliklar sababini o'rganar ekanlar, ko'p kasalliklar oilaviy janjallar tufayli vujudga keladigan asabiy holatlardan boshlanishini aniqlaganlar. Ularning aniqlanishicha infarkt va insultlarning yarmi oilaviy janjallardan so’ng yuz bergan. Download 45.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling