Oilada nizolar kelib chiqish
Ruhiyatshunos maslahatlari
Download 45.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqOilada nizolar kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish yo\'llari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar
3. Ruhiyatshunos maslahatlari. Quyidagi maslahatlarni bilish va undan foydalanish har bir er-xotin uchun zarur deb biladilar.
- Jahlga jahl bilan javob bermaslik kerak. Iloji boricha janjalni bir oz kechiktirish lozim. - Munozarada daxlsiz narsalarni, shuningdek o'tmishni eslamasdan, faqat janjal boisi bo’lgan mavzu ustida gapirish lozim. Janjalda ehtiroslarni jilovlash, ovoz ko'tarmaslik zarur. Masalani tahlil qilganda er ham, xotin ham o'z aybiga iqror bo'lishi lozim. - Munozarani janjalga aylantirib yubormaslik lozim, chunki munozarada sabab birgalikda axtariladi. Janjalda esa ikki tomon bir-birlarining nozik joylarini topib, nayza sanchishga tushadilar. - Munozara yoki janjalda er-xotin, ota-ona, qarindosh urug', do'stlar, tanishlarning o'zlariga nisbatan salbiy baholarini tilga olmaslik kerak, uni bir-birlariga qarshi qurol qilib ishlatmaslik kerak. - Munozara va janjallardan keyin jahl ustida ota-ona yoki do'stlarinikiga ketib qolishni odat qilmaslik kerak. - Munozaralarning mazmunini ota-onalarga aytib ko'ngil bo'shatish, ota-onalardan himoya qidirish ham yaxshi emas, er-xotin urushi doka ro'mol qurishi bo'lsa, ota-onalar ancha vaqtgacha unuta olmaydilar, tunlarni bedor o'tkazadilar, tinchliklari buziladi, qolaversa uydagi sirni ko'chaga chiqarish hech qanday yaxshilikka olib kelmagan, olib kelmaydi ham. - Munozara va janjallardan keyin gaplashmay arazlab yurish yarashmaydi. Sal narsaga qovoqni solib yurmaslik kerak. - Qorni och yoki ishdan cbarchab kelgan odam bilan hech vaqt munozaraga kirishish tavsiya etilmaydi. Bunday paytda odam tutoqib ketishi mumkin. - Birso'zlilik yoki baqinb gapirish ayol kishining quroli bo'lolmaydi. Ayollarning kuchi uning zaifligida, nozik-latifligida, boringki ayolligida, ko'ngilchangligidadir. - Munozara va janjallarda uzil-kesil xulosa chiqarishga oshiqmaslik kerak. - Juftimizni hayotiy qadriyatlariga qarshi chiqmaslik lozim. Umuman olganda, oilaviy hayotdagi munozara va janjallarda g'olib ham, mag'lub ham bo'lmaydi. Er-xotin birgalikda yutadilar yoki yutqizadilar, shuni unutmaslik lozim. Oilada kim yetakchi, irodali, sabrli bo'lsa o'sha birinchi bo'lib murosaga qo'l uzatadi. Xotin haqiqatda erining himoyasida bo'lsa, albatta erning qadriga yetishi lozim. Uning yaxshiliklarini xotindan chiqarmasdan, arzimas aybi uchun o’zidan xafa qilmog'i to'g'ri emas. Qay xotin shunday xatti-harakat qilsa, erining muhabbati unga ziyoda bo'lib, umri xursandchilikda o'tadi, bu dunyo va oxiratda mamnun bo'ladi. Ibn Abbos (r.a) dedilar "Nabiy alayhissalom dedilar: Menga do'zax olovini ko'rsatdilar, u yerdagilarni aksan noshukur ayollar edilar". Ashob so'radilarki: "Yo Rasullolloh, bu ayollar xudoga nisbatan noshukurlik qildilarmi?" Hazrat javob berdilar: "Ular o'z erlariga noshukurlik qilganlar. Agarda ularga bir umr yaxshilik ko'rsatsanggu arzimas ayb sendan o'tsa, noshukur xotin "Men sendan hech bir yaxshilik ko'rmadim deb aytadi" deydilar Paygamhar (s.a.v.) deydilar. "Qaysi bir ayol o'lsa, eri undan rozi bo’lgandagina jannatga kiradi". Tekshirishlar natijasiga ko'ra kuyov qishloqlik bo'lsa, kelin shaharlik bo'lsa nizolar ko'p bo'ladi. Agar aksincha ya’ni kuyov shaharlik, kelin qishloqlik bo'lsa ijobiy hal bo'ladi. Ota-onalar moddiy jihatdan ta'minlanishi ham iloji boricha teng bo'lishi kerak. Agar "Qiz bersang bir pog'ona yuqoriga ber, qiz olsang bir pog'ona past ol" maqoliga amal qilinsa ham yaxshi. Bundan tashqari erning ma'lumot va madaniyat, saviyasi xotindan yuqon yoki teng bo'lishi kerak. Agar buning aksi bo'lib xotinning ma'lumoti erinikidan yuqori bo'lsa nizolar ko'proq uchraydi. Nazorat uchun savollar: 1. Oilaviy nizolar sabablari. 2. Ruhiyatshunoslar maslahati. 3. Oilaviy nizolarning bolalar tarbiyasiga ta'siri. Download 45.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling