Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc
qilganlari sababli Isroil avlodiga Rabbingizning chiroyli so‘zlari
Download 5.06 Kb. Pdf ko'rish
|
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob
qilganlari sababli Isroil avlodiga Rabbingizning chiroyli so‘zlari (bergan va’dasi) o‘z adosini topdi.
Fir’avn va uning qavmi qurgan binolari hamda ko‘targan qasru burjlarini vayron qildik». (A’rof, 137- 138.) Alloh taolo Fir’avn va uning a’yonlarini, vazir va amirlarini, qudratli qo‘shinini dengizda halok qildi. Mamlakatda oddiy mehnatkash va hunarmand ra’iyatdan boshqa odam qolmadi. Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) www.ziyouz.com kutubxonasi 108 Ibn Abdulhakim «Misr tarixi» kitobida shunday yozadi: «Mana shu vaqtdan boshlab ayollarning erkaklar ustidan hukmronligi boshlandi. Amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning beva qolgan xotinlari nasab jihatidan o‘zlaridan past sanalgan oddiy mehnatkash erkaklarga turmushga chiqishga majbur bo‘ldilar. Ammo avvaldan qul yoki xizmatkorga mensimasdan muomala qilib o‘rgangan boyvuchcha ayollar, ularga xotin bo‘lib tekkanlaridan keyin ham o‘z maqomlarini tark etmadilar, erlariga shunday qo‘pol muomala qilishda davom etdilar. Ayollarning bunday dimog‘dorligi, oila jilovini o‘z qo‘llariga olishga intilishlari Misrda hozirgi paytgacha davom etib kelmoqda». Ahli kitoblar aytadilar: «Alloh taolo Fir’avn va uning qavmini halok qilganidan keyin, Muso (a.s.) va bani Isroil: «O’zining do‘stlari bo‘lgan otliqlarni (Isroil avlodlarini) halokatli dengizdan sog‘-salomat o‘tkazgan, dushman askarlariga esa qahr qilgan qudratli Parvardigorimizni ulug‘laymiz!» - deb tasbih aytdilar. Nabiyya Maryam qo‘liga childirma olib chiqdi, boshqa ayollar ham childirma, nog‘oralarni ko‘targan holda unga ergashdilar. Maryam jo‘r ayollarga bosh bo‘lgan holda shunday tasbeh aytdi: «Otliq dushmanlarga qahr etib, ularni dengizga uloqtirgan Rabbimizni poklayman». Nabiyya Maryam Muso va Horunning tug‘ishgan opasi edi. Uning «nabiyya» deb atalishiga sabab, odatda podshoh xonadonidan bo‘lgan har qanday ayol-qizga malika, amirlik xonadonidan bo‘lsa, amira deb murojaat qilinganidek, ikki payg‘ambarning opasi bo‘lgan Maryamni ham nabiyya deb atashardi. Maryam va boshqa ayollarning xursandchilikdan childirma va nog‘ora chalishlari Muso (a.s.)ning shariatlarida man etilmagan edi. Shuningdek, nikoh to‘ylarida, g‘oyibni kutib olishda nog‘ora va childirma chalish Muhammad (s.a.v.)ning shariatlarida ham man etilmagan. Oysha onamizning xonadonlarida qizlar childirma chalib o‘yin qilishayotgan, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) esa devorga o‘girilib yotgan edilar. Abu Bakr Siddiq kirib qoldilar va qizlarga: «Rasulullohning uylarida Shaytonning o‘yinini qilyapsizlarmi?» - deb zajr qildilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Ey Abu Bakr, ularni o‘z holiga qo‘ying, har bir qavmning bayram kuni bo‘ladi, bugun bizning bayramimizdir» - dedilar. Download 5.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling