Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc
Download 5.06 Kb. Pdf ko'rish
|
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
106 Isroil avlodlariga mana shu ajoyib ziyofat kuni shar’an bayram kuniga aylandi va to Tavrot dunyoda mavjud va ma’mul ekan bu bayram davom etadi. Shu kechada Misrliklar bani Isroilni unutsinlar va o‘zlari bilan ovora bo‘lsinlar deb, Alloh taolo Qibt qabilasi odamlaridan va chorva mollaridan juda ko‘pini o‘ldirdi. Misrliklar o‘zlarining musibatlari bilan band ekanlar, bani Isroil tun yarmida Misrdan chiqishib, Shom tarafiga qarab yurib ketishdi. Bani Isroilning Misrdagi turg‘unlik hayoti to‘rt yuz o‘ttiz yilni tashkil etdi. Ular Misrdan qochib chiqqan yil «Fasx» yili bo‘lib, ana shu yil munosabati bilan «Fasx» bayrami tashkil etilgan. Bani Isroilning e’tirof etishlaricha, ularning muqaddas kitoblarida shar’iy qilingan uchta bayram bo‘lib, birinchisi «Fasx» (Nasroniylarning “Pasxa” bayrami yahudiylarning mazkur bayramlarining davomidir) bayrami, ikkinchisi «Fitr» (Musulmonlar singari yahudiylarda ham “iydul-fitr”, ya’ni Ramazon hayiti mavjud) bayrami, uchinchisi «Himl» (Misrdan chiqib ketishga Fir’avn izn bergan kechada, hamma yahudiylar yeyish uchun qo‘zi so‘yishga buyurilgan va shu kuni ularda ozodlik bayrami hisoblanadi. Shu munosabat bilan bu bayram “iydul- himl”, ya’ni qo‘zi so‘yish bayrami deyiladi) bayrami deb nomlanadi. Misrdan Muso va Horun (a.s.)lar bilan chiqqan yahudiylar soni yetti yuz ming erkak edi. Bu hisobga ayollar va cho‘rilar kirmaydi. Ahli kitoblarning aytishlaricha, Allohning amri bilan bani Isroil bayramga bezanib chiqish uchun Fir’avn qavmlaridan turli qimmatbaho taqinchoqlarni ijaraga oldilar. Juda ko‘p boylikni o‘zlari bilan olib, kechasi Shom tarafga qarab yurishni tezlatdilar. Ular Misrdan chiqishda Yusuf payg‘ambarning tobutlarini ham olib ketdilar. Bani Isroil kechayu kunduz yo‘l yurdilar, ularga kunduzi bulut soya qilar, oq nurdan bo‘lgan ustun ularni yo‘lga boshlar, kechasi esa olov ustun ularning yo‘lini yoritar edi. Shu bo‘yi ular yo‘l yurib, dengiz sohiliga yetdilar. Muso va uning qavmi Misrdan chiqib, Shom tarafga qochib ketayotganining xabari Fir’avnga yetib kelgach, u o‘zini qo‘yarga joy topolmay qoldi va tezlik bilan askar to‘plab, bani Isroilning izidan quvishga tushdi. Download 5.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling