www.ziyouz.com kutubxonasi
107
ُﻪَآَرْدَأ اَذِإ ﻰﱠﺘَﺣ اًوْﺪَﻋَو ﺎًﻴْﻐَﺑ ُﻩُدﻮُﻨُﺟَو ُنْﻮَﻋْﺮِﻓ ْﻢُﻬَﻌَﺒْﺗَﺄَﻓ َﺮْﺤَﺒْﻟا َﻞﻴِﺋاَﺮْﺳِإ ﻲِﻨَﺒِﺑ ﺎَﻧْزَوﺎَﺟَو
َﺑ ِﻪِﺑ ْﺖَﻨَﻣﺁ يِﺬﱠﻟا ﻻِإ َﻪَﻟِإ ﻻ ُﻪﱠﻧَأ ُﺖْﻨَﻣﺁ َلﺎَﻗ ُقَﺮَﻐْﻟا
َﻦﻴِﻤِﻠْﺴُﻤْﻟا َﻦِﻣ ﺎَﻧَأَو َﻞﻴِﺋاَﺮْﺳِإ ﻮُﻨ
)
٩٠
(
َنﻵﺁ
َﻦﻳِﺪِﺴْﻔُﻤْﻟا َﻦِﻣ َﺖْﻨُآَو ُﻞْﺒَﻗ َﺖْﻴَﺼَﻋ ْﺪَﻗَو
)
٩١
(
«Isroil avlodini dengizdan o‘tkazdik. Fir’avn va uning lashkarlari ular ortidan zo‘ravonlik va zulm yuzasidan
ergashdilar. Unga (Fir’avnga) g‘arq bo‘lish soati yetishganda aytdi: «Imon keltirdimki, Isroil avlodi imon keltirgan
Zotdan o‘zga iloh yo‘qdir. Men ham musulmonlardanman». (Alloh dedi): «Endimi?! Axir, sen ilgari itoatsizlik
qilganding va buzg‘unchilardan eding-ku! (Yunus, 90-91.)
Abu Dovud at-Tayolisiy rivoyatida Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar:
«Menga Jabroil (a.s.) shunday dedi: «Dengiz yutgan kuni Fir’avnga Allohning rahmati yetib
qolmasin deb uning og‘ziga qanday urganimni ko‘rsangiz edi».
Said ibn Jubayr rivoyatida Ibn Abbos (r.a.) dedilar: «Alloh taolo Fir’avnni suvga g‘arq qilgan paytda, u
barmoqlari bilan ishora qilib, baland ovozda: «Men Isroil avlodlari imon keltirgan yagona Allohga imon
keltirdim!» - dedi. Jabroil (a.s.) Fir’avnga Allohning g‘azabidan oldin rahmati yetib qolishidan qo‘rqib, uning
yuziga qanotlari bilan urib hushidan ketkizdilar».
Zahhok ibn Qays odamlarga qilgan mav’izasida shunday rivoyat qiladi: «Jabroil (a.s.) dedilar: «Dunyoda
men hech kimni «Men oliy rabbingizman» -degan Fir’avnchalik yomon ko‘rmaganman. Shuning uchun ham u
g‘arq bo‘lishini bilib Allohga imon keltirgan vaqtda
uning og‘ziga loy bilan urib to‘ldirganman». (Ibn Kasir.
Qisasul-anbiyo. Qohira, 266-bet.)
Ibn Abbos (r.a.) va boshqa bir necha olimlarning aytishlaricha, bani Isroil Fir’avnning o‘limiga ishonmadilar.
Hatto ba’zilari: «Fir’avn o‘lmaydigan odam» - deyishardi. Alloh taolo ishonmaganlarga hujjat, o‘zining qudratiga
ibrat bo‘lsin uchun dengizga, Fir’avnning jasadini ustidagi jang libosi bilan suv yuziga chiqarishni amr qildi.
Alloh aytadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |