Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc
ِﻓَو َحاَﻮْﻟﻷا َﺬَﺧَأ ُﺐَﻀَﻐْﻟا ﻰَﺳﻮُﻣ ْﻦَﻋ َﺖَﻜَﺳ ﺎﱠﻤَﻟَو
Download 5.06 Kb. Pdf ko'rish
|
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob
ِﻓَو َحاَﻮْﻟﻷا َﺬَﺧَأ ُﺐَﻀَﻐْﻟا ﻰَﺳﻮُﻣ ْﻦَﻋ َﺖَﻜَﺳ ﺎﱠﻤَﻟَو
ْﻢِﻬِّﺑَﺮِﻟ ْﻢُه َﻦﻳِﺬﱠﻠِﻟ ٌﺔَﻤْﺣَرَو ىًﺪُه ﺎَﻬِﺘَﺨْﺴُﻧ ﻲ َنﻮُﺒَهْﺮَﻳ ) ١٥٤ ( «Musoning g‘azabi so‘ngach, lavhlarni (erdan) oldi. Undagi bitikda Parvardigorlaridan qo‘rqadiganlar uchun hidoyat va rahmat bor edi. (A’rof, 154.) Muso (a.s.) Allohga iltijo qilib, qavmlarining gunohidan o‘tishini so‘radilar. Alloh taolo Muso (a.s.) va qavmlaridan bir necha kishini yana o‘z miqotiga chaqirdi. ﺎَﻨِﺗﺎَﻘﻴِﻤِﻟ ﻼُﺟَر َﻦﻴِﻌْﺒَﺳ ُﻪَﻣْﻮَﻗ ﻰَﺳﻮُﻣ َرﺎَﺘْﺧاَو «Muso belgilagan vaqtimiz (va joyimizga kelish) uchun qavmidan yetmish kishini tanladi». (A’rof, 155.) Ibn Abbosning rivoyatlariga qaraganda, Muso miyqotga tanlagan yetmish kishi Isroil avlodlarining ulamolari edilar. Ular bilan birga Muso, Horun, Yusha’, Nozob va Abiyhular bor edi. Hammalari Muso (a.s.) bilan birga qavmning (buzoqqa sig‘inib) qilgan xatolari uchun Allohning huzurida tavba qilish va uzr aytish maqsadida bordilar. Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) www.ziyouz.com kutubxonasi 114 Alloh taolo Muso (a.s.)ga qavmlarini toqqa yaqin kelib, Allohning vasiyatlarini eshitishga chaqirishlarini amr etdi. Isroil avlodlarining ulamolari bo‘lgan «ahborlar»ni ham toqqa chiqishlarini, Allohga yaqin bo‘lishlarini amr etdi. Muso (a.s.): «Ey Rabbim, ular bu yerga chiqolmaydilar, men ularni bu yerga chiqishdan qaytargan edim» - dedilar. Alloh taolo: «Boring, o‘zingiz bilan Horunni olib chiqing! Boshqalar – kohinlar va oddiy fuqarolar esa yaqinroqqa kelsinlar!» - deb buyurdi. Isroil avlodlari payg‘ambar so‘ziga itoat etishib, o‘zlarini poklab, xushbo‘yliklar sepishib, kutib turishdi. Ammo uchinchi kun kelganda, tog‘ ustini qalin bulut qopladi, ketma-ket chaqmoq chaqib, momaqaldiroq va qattiq sur ovozi eshitildi. Bu ovozdan Isroil avlodlari qattiq qo‘rqib ketdilar. Tog‘ning tekis bir joyiga to‘planib, yaqin borolmasdan kuzatib turdilar. Shu payt tog‘ ustini quyuq tutun o‘radi, tutun o‘rtasida nurdan bir ustun paydo bo‘ldi. Tog‘ning hamma yeri qattiq silkindi. Sur ovozi gurullab, chaqmoq chaqnadi. Bu vaqtda esa Muso (a.s.) tog‘ning naq ustida edilar. Alloh Musoga gapirdi, Muso (a.s.) Allohga munojot qildilar. Muso (a.s.)ning Alloh taologa qilgan munojotlarini, Allohning Musoga qilgan takallumlarini, amr va nahiysini o‘z quloqlari bilan eshitdilar. Muso (a.s.) Allohdan vahiyni qabul qilib olib, ulamolar yoniga qaytib keldilar. Ular esa Muso (a.s.)dan Allohni ochiq-ravshan ko‘rsatishni talab qildilar: Download 5.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling