Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


qildingmi?» Horun dedi: «Ey onamning o‘g‘li, sen mening sochimdan ham, soqolimdan ham tutmagin!


Download 5.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet234/270
Sana13.09.2023
Hajmi5.06 Kb.
#1677332
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   270
Bog'liq
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob

qildingmi?» Horun dedi: «Ey onamning o‘g‘li, sen mening sochimdan ham, soqolimdan ham tutmagin! 
Men ortingdan borsam, «Mening so‘zimni kutmay, Isroil avlodini bo‘lib yuboribsan» deyishingdan 


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
113
qo‘rqdim». (So‘ngra Muso Somiriyga qarab): «Bu qilig‘ing nimasi, ey Somiriy?» - dedi. Somiriy aytdi: 
«Men ular ko‘rmagan narsani ko‘rdim. (Uning ko‘rgan narsasi – Jabroil farishta Muso alayhissalomning 
oldiga kelganda, uning minib kelgan otining tuyog‘i tekkan narsalarga jon kirgan edi.)
 Bas, elchi Jabroilning 
izidan bir siqim olib, uni buzoqning haykaliga sochgan edim (undan tirik buzoq kabi ovoz chiqdi). Nafsim 
ana shunday qilishni menga chiroyli ko‘rsatdi». Muso dedi: «Bas, ket! Endi sen uchun hayotda 
«(Menga) tegish yo‘q!» deyishgina qolur. Oxiratda esa sen uchun sira xilof qilinmaydigan bir va’da 
(azob) bordir. Sen ustidan jilmay sig‘inayotgan «ilohing» holini ko‘rib qo‘y! Biz, albatta, uni yondirib
so‘ngra kulini dengizga sochib yuborurmiz». (Toha, 90-97.)
 
 
Muso (a.s.) Somiriyning buzog‘ini olovda yondirdilar, uning kulini dengizga sochib yubordilar, keyin 
qavmlariga shu dengiz suvidan ichishni buyurdilar. Kim buzoqqa sig‘ingan bo‘lsa, uning rangi sarg‘ayib keta 
boshladi. Isroil avlodlarining mo‘minlaridan buzoqqa sig‘inuvchilar ajralib qoldilar. Ularga jazoni yolg‘iz 
Allohdan kutishayotgan edi: 
ِﻌْﻟا اوُﺬَﺨﱠﺗا َﻦﻳِﺬﱠﻟا ﱠنِإ
 يِﺰْﺠَﻧ َﻚِﻟَﺬَآَو ﺎَﻴْﻧﱡﺪﻟا ِةﺎَﻴَﺤْﻟا ﻲِﻓ ٌﺔﱠﻟِذَو ْﻢِﻬِّﺑَر ْﻦِﻣ ٌﺐَﻀَﻏ ْﻢُﻬُﻟﺎَﻨَﻴَﺳ َﻞْﺠ
 َﻦﻳِﺮَﺘْﻔُﻤْﻟا
)
١٥٢
(
 
«Albatta, buzoqni iloh qilib olganlarga Parvardigorlari tarafidan g‘azab va dunyo hayotida xorlik yetgusidir. 
(Yolg‘on va bo‘hton) to‘quvchilarni shu tarzda jazolagaymiz». (A’rof, 152.)

Download 5.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling