Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc
(a.s.) Hindistonga tushganlar», -
Download 5.06 Kb. Pdf ko'rish
|
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- ِدﻮُﺠﱡﺴﻟا ِﻊﱠآﱡﺮﻟاَو ) ٢٦ ( «
- uchun poklagin!»
(a.s.) Hindistonga tushganlar», -
deganlar.(Doktor Shavqiy Abu Xalil. Atlas-ul Qur’on. Bayrut. 2001.) Ibn Ishoq aytadi: «Ahli Tavrotlarning rivoyatlaricha, Odamning tushirilgan joyi Hindistonning Ad-Dahnaj va Al-Mandal shaharlari orasidagi Bahyal vodiysining Vosim tog‘idadir».(Tarixi Tabariy, 1-j. 81-bet.) Odam farishtalarni ko‘rishdan, ularning suhbatini eshitishdan mahrum bo‘lganlaridan keyin, yuraklariga g‘ulg‘ula tushib, zerika boshladilar va bu holatlaridan Allohga namoz va du’olarida shikoyat qildilar. Alloh taolo Odamni Makkaga borishga buyurdi. Odam (a.s.) Makkaga borar ekanlar, qadamlari yetgan joy keyinchalik obod qishloq va shaharlarga aylandi. Odam (a.s.) Makkaga yetganlarida Alloh jannatdan bir qizil yoqut chiqarib, hozirgi Ka’ba o‘rniga qo‘ydi. Odam (a.s.) uni tavof qilib yurdilar. Allohning To‘foni boshlangach, yoqut yana osmonga olib chiqib ketildi. Qachonki, Ibrohim payg‘ambar kelib, Ka’bani qurishga taraddud ko‘rdilar, Alloh o‘z payg‘ambariga Ka’baning o‘rnini ko‘rsatib berdi: Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) www.ziyouz.com kutubxonasi 18 َﻦﻴِﻤِﺋﺎَﻘْﻟاَو َﻦﻴِﻔِﺋﺎﱠﻄﻠِﻟ َﻲِﺘْﻴَﺑ ْﺮِّﻬَﻃَو ﺎًﺌْﻴَﺷ ﻲِﺑ ْكِﺮْﺸُﺗ ﻻ ْنَأ ِﺖْﻴَﺒْﻟا َنﺎَﻜَﻣ َﻢﻴِهاَﺮْﺑﻹ ﺎَﻧْأﱠﻮَﺑ ْذِإَو ِدﻮُﺠﱡﺴﻟا ِﻊﱠآﱡﺮﻟاَو ) ٢٦ ( «(Ey Muhammad,) eslang, Biz Ibrohimga Baytulloh o‘rnini belgilab berib, (unga shunday dedik): «Menga biror narsani sherik qilmagin va Mening Baytimni tavof qiluvchilar, namozda tikka turuvchilar, ruku’ va sajda qiluvchilar (ya’ni, hojilar va namozxonlar) uchun poklagin!»(Haj, 26.) Abu Muso al-Ash’ariy aytadilar: «Alloh taolo Odam (a.s.)ni jannatdan chiqarishni iroda qilganda, u kishiga bu dunyoda tirikchilik uchun qilishi lozim bo‘lgan kasb-hunar, dehqonchilik sirlarini o‘rgatdi, jannat ne’matlari va mevalaridan o‘ttiz turini ozuqa tariqasida tayyorlab berdi. Ularning o‘ntasi po‘stlik mevalar, o‘ntasi danakli mevalar, qolgan o‘ntasi esa danagi ham, po‘sti ham yo‘q bo‘lgan mevalar edi. Mana shu dunyoda yeyiladigan barcha mevalar jannatdan chiqqan, ammo jannatdagisi aynimaydi, dunyodagisi esa ayniydi. Odam (a.s.) o‘zlari bilan jannatning xushbo‘yini olib chiqqan edilar. Shuning uchun, Hindistonda o‘sadigan barcha daraxtlar va butalar xushbo‘ydir». Odam (a.s.) Yerga tushganlaridan keyin ko‘ngillari biroz ovqat tusadi, Jabroil (a.s.) jannatdan bir xalta olib chiqib, uni Odamga berdilar. Odam (a.s.) hayron bo‘lib: «Bu nima?» - deb so‘radilar. Jabroil (a.s.): «Sizni jannatdan chiqishingizga sabab bo‘lgan narsa shu» - deb, xaltadagi bug‘doyni ko‘rsatdilar. Uning vazni yuz ming sakkiz yuz dirham og‘irligida edi. Odam (a.s.): «Buni men nima qilaman?» - deb so‘radilar. Jabroil donni Yerga sepishni buyurdilar. Odam (a.s.) uni Yerga sepishlari bilan Alloh uni o‘sishga, don tugishga amr etdi. Bug‘doy shu ondayoq o‘sib, boshog‘i pishdi. Odam (a.s.) uni Allohning amri bilan o‘rib oldilar. Donini qo‘llari bilan boshoqdan ajratgandan keyin, ikki tosh olib bug‘doyni yanchdilar va unga aylantirdilar. Undan xamir qorib, Jabroil temir bilan toshdan chiqargan uchqun bilan olov yoqdilar va non pishirdilar. Dunyoda birinchi bor dehqonchilik, tegirmonchilik va novvoylik qilgan kishi Odam (a.s.)dirlar. Ibn Abbos(r.a.) aytadilar: «Hajar-ul-asvad ham Odam bilan birga jannatdan chiqqan va Musoning hassasidan ham, oppoq qordan ham oqroq edi. Odam (a.s.) uchun jannatdan bolta ham tushirildi». Shunday qilib, Odam va Havvoning oldida, kelajakdagi zurriyotlari oldida endi rohatbaxsh jannat emas, balki ikki yo‘l paydo qilindi. Yo zalolat, yo hidoyat! Yo imon, yo kufr! Yo najot, yo ofat! Alloh taolo Odam (a.s.)ni o‘z farzandlarini tarbiyalash va ularga Haq yo‘lni ko‘rsatish uchun payg‘ambar qilib yubordi. Abu Zar al-G’iforiy aytadilar: «Men masjidga kirdim. Rasululloh (s.a.v) yolg‘iz o‘tirgan edilar. Yonlariga borib o‘tirdim. Rasululloh (s.a.v) menga: Download 5.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling