Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


boshlanadi, shu kunda bir soat borki, o‘sha soatda qaysi bir banda Allohdan yaxshilik so‘rasa, albatta


Download 5.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/270
Sana13.09.2023
Hajmi5.06 Kb.
#1677332
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   270
Bog'liq
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob

boshlanadi, shu kunda bir soat borki, o‘sha soatda qaysi bir banda Allohdan yaxshilik so‘rasa, albatta 
beriladi».(Tarixi Tabariy, 1-j. 78-bet.) 
Mujohid (r.a.) «Inson shoshiluvchi (etib) yaratilgan» degan oyati karimaning tafsirida Odamning gapini 
rivoyat qiladi: «Alloh taolo barcha maxluqotni yaratib bo‘lgan kunning oxirida Odamning jismiga ruh kiritdi. Ruh 
uning ikki ko‘zi, tili va boshini tiriltirganida, hali boshqa a’zolariga ruh yetib bormay turib: «Ey rabbim, kun botib 
qolmasdan meni tezroq tiriltirgin» - deb xitob qildi».
Osmondagi hisob-kitob, Qur’onning shohidlik berishicha, bir kuni bizning hisobimizdagi ming yilga teng 
bo‘lsa, Odamning shakli yasalgan holda 40 yil turgan, keyin jannatda Havvo bilan yashagan va xato sodir 
bo‘lgandan keyin Yerga tushirilgan muddat 45 yil bo‘lib, Odamning jannatda turgan muddati 85 yil ekanligi 
ma’lum bo‘ladi. 
Haq taolo Odam (a.s.)ni Hindistonga, Havvoni esa Jiddaga tushirdi. Ular ko‘p yillar bir-birlaridan ayriliqda 
yashadilar. Ikkovlari qattiq pushaymon bo‘lib, Allohga iltijo bilan tovba qilib yolbordilar: 
 َﻦﻳِﺮِﺳﺎَﺨْﻟا َﻦِﻣ ﱠﻦَﻧﻮُﻜَﻨَﻟ ﺎَﻨْﻤَﺣْﺮَﺗَو ﺎَﻨَﻟ ْﺮِﻔْﻐَﺗ ْﻢَﻟ ْنِإَو ﺎَﻨَﺴُﻔْﻧَأ ﺎَﻨْﻤَﻠَﻇ ﺎَﻨﱠﺑَر ﻻﺎَﻗ
)
٢٣
(
 
 
«Parvardigor, bizlar o‘z jonimizga jabr-zulm qildik. Agar bizlarni rahm va mag‘firat qilmasang, 
shubhasiz, ziyon ko‘ruvchilardan bo‘lib qolurmiz!»(A’rof, 23.)
- degan duoni Alloh ularning diliga soldi va 
shu duo bilan qilgan tavbalarini ham qabul qildi. Ikkovlari ayriliq azobidan qutuldilar, Makkada uchrashdilar. 
Ular bugungi Baytullohga asos solib, uni tavof qildilar. 
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Odam Hindistonga, Havvo esa Jiddaga tushirildi. Odam Havvoni qidirib, 
Arafotda topishdilar, Muzdalifada tunashdilar. Odamning Hindistondagi tushgan joyi «Buz» deb ataluvchi 
tog‘ning yoni edi». 
Odam (a.s.) va Havvoni Makka bilan Toif shaharlari orasidagi Dajan nomli joyga tushganlari ham Ibn Abbos 
(r.a.)dan rivoyat qilingan. Ba’zi olimlar: «Odam (a.s.) Safo tog‘iga, Havvo esa Marva tog‘iga tushganlar», - 
deydilar. 
Imom Tabaroniy va Abu Na’im «Al-Hulya» kitobida rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Odam 

Download 5.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling