Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc
Download 5.06 Kb. Pdf ko'rish
|
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Idris (a.s.) qissaidan dars va ibratlar
- 2.4. NUH (A.S.) Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) www.ziyouz.com
)
٥٦ ( ﺎًّﻴِﻠَﻋ ﺎًﻧﺎَﻜَﻣ ُﻩﺎَﻨْﻌَﻓَرَو ) ٥٧ ( «Yana ushbu kitobda Idris qissasini zikr qiling! Darhaqiqat, u juda rostgo‘y payg‘ambar edi. Va biz uni yuksak martabaga ko‘tardik», deyiladi va Allohning huzurida u zotning martabasi yuksakligi bildiriladi. (Idrisning Yer yuzida uch yuz oltmish besh yil umr ko‘rib, keyin osmonga ko‘tarilib ketgani haqida Tavrotning «Ibtido» kitobida yozilgan. 5-bob, 9-bet.) Idris (a.s.) qissaidan dars va ibratlar Idris (a.s.) birinchi faylasuf ham hisoblanadilar. U zotning qilgan ishlari va aytgan so‘zlari barchaga ibratdir. Idris (a.s.)ning uzuklari ko‘ziga quyidagi gaplari o‘yib yozilgan edi: «Allohga imon keltirish zafarga eltadi». Idris (a.s.)ning namoz vaqtida kiyadigan liboslarida esa: «O’zining nafsiga e’tibor beradigan, yaxshi amallari parvardigor huzurida shafoat qiladigan kishi eng baxtli kishidir, - deb yozilgan edi. Quyidagi falsafiy gaplar ham Idris (a.s.)ga mansubdir: 1. Hech bir kishi Allohning unga berayotgan ne’matlariga munosib shukr aytolmaydi. 2. Alloh huzuriga duo qilsangizlar, ro‘za tutsangizlar va namoz o‘qisangizlar niyyatingizni xolis qilinglar. 3. Odamlarning boyligini ko‘pligiga hasad qilmanglar, chunki undan juda oz foydalanadi. 4. Kimki keragidan ortiq narsaga urinsa, hech narsa bilan boy bo‘lmaydi. 5. Umrboqiy bo‘lish donishmandlikdadir .(Afif Abdulfattoh Tabbora. Ma’al anbiy fil-Qur’anil karim. Lubnon. 57-bet. Doktor Shavqiy Abu Xalil. Atlasul-Qur’an. Damashq. 2001. 17-bet.) 2.4. NUH (A.S.) Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) www.ziyouz.com kutubxonasi 25 Nuh (a.s.)ning qissalari Qur’oni karimda yigirma sakkiz suraning qirq uch oyatida kelgan. Nuh (a.s.)ning nasablari – Nuh ibn Lomak ibn Matushaloh ibn Xanux (Idris) bo‘lib, Odam (a.s.)ning vafotlaridan bir yuz yigirma olti (ba’zi rivoyatlarda bir yuz qirq olti) yil keyin Bobil (Iroq) ning hozirgi Kufa shahri joylashgan mavze’ida dunyoga kelganlar. Nuh (a.s.) tillari shirin, so‘zlari ravon, aqllari o‘tkir, nihoyatda halim va sabrli kishi edilar. Alloh taolo Nuh payg‘ambar va u kishining qavmlari haqida yigirma sakkiz suraning qirq uch joyida zikr etgan. «Nuh (a.s.) payg‘ambar qilib yuborilgan vaqtda u kishining qavmlari qanday zalolatda ekanligi borasida ulamolar turli fikrlar bayon etganlar. Ba’zilarining fikricha, ular fahsh ishlar bilan, aroqxo‘rlik, zinokorlik bilan mashg‘ul bo‘lganlar. Ba’zilarining fikricha, o‘sha davrda Buyurosib (arabcha Zahhok) podshoh edi. U sobiiylar e’tiqodida bo‘lib, qavmning barchasi ham itoat yuzasidan podshohdek zalolatda edilar. Ammo Alloh taolo o‘z kalomida xabar berishiga qaraganda, Nuh (a.s.)ning qavmi butparastga aylangan edilar».(Tarixi Tabariy. 1-jild. 122-bet.) Ular Suvo‘ nomli ayol, Vad nomli erkak, Yag‘us nomli arslon, Yauq nomli ot, Nasr nomli burgut va kalxat shaklidagi butlarga sig‘inishardi. Ibn Jarir At-Tabariyning o‘z tafsirida yozishicha, Muhammad ibn Qays ismli kishi shunday deydi: «Nuh qavmining ibodat qilgan butlari avvalda Odam va Nuh orasidagi muddatda yashagan solih odamlar bo‘lishgan edi. Ularning vafotidan keyin muxlislari va shogirdlari ko‘zlari tushib eslaganda o‘zlariga shavq va ibodatga g‘ayrat keltiruvchi bo‘lsin degan niyyatda suratlarini yasatib qo‘ygan va bu suratlarga sig‘inmagan edilar. Bu zamondagi odamlar olamdan o‘tib ketishgandan keyin ularning avlodlari zamonida Iblis vasvasa qilib, «otalaring bu suratlarga sig‘inardilar, ulardan baraka va yomg‘ir so‘rardilar», deb solih kishilarning timsoliga ibodat qilishga o‘rgatdi. Hamma bu shirk amaliga mubtalo bo‘ldi». Imom Buxoriy va Muslim sahihlarida Payg‘ambarimiz (s.a.v)dan shunday hadis rivoyat qilingan: «Habashiston hijratidan qaytib kelgan Ummu Salama va Ummu Habiba onalarimiz Payg‘ambarimiz (s.a.v)ga, Habashistonda «Moriya» ismli ibodatxonaga kirganlarini, uning go‘zalligini, u yerda juda ko‘p tasvirlar borligini hikoya qilib berishdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v) dedilar: «Ularning odatlaricha, oralaridan biror solih kishi olamdan o‘tsa, uning qabri ustiga masjid quradilar va uning suratini masjidga chizdiradilar. Ular Allohning nazdida odamlarning eng yaramaslaridir». (Ibn Kasir. Qisasul-Anbiyo. Qohira. 57-bet.) Bundan tashqari ular sayyoralarga ham sig‘inishgan. Sayyoralar kechasi ko‘rinib, kunduzi ko‘zdan g‘oyib bo‘lgani uchun, ularning shakllarida ham sanamlar yasab, sig‘inganlar. Allohning kalomida shunday deyiladi: Download 5.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling