Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc
ﺎًﺟاَﺮِﺳ َﺲْﻤﱠﺸﻟا َﻞَﻌَﺟَو اًرﻮُﻧ ﱠﻦِﻬﻴِﻓ َﺮَﻤَﻘْﻟا َﻞَﻌَﺟَو
Download 5.06 Kb. Pdf ko'rish
|
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Alloh nazdida barcha insonlar tengdir.
ﺎًﺟاَﺮِﺳ َﺲْﻤﱠﺸﻟا َﻞَﻌَﺟَو اًرﻮُﻧ ﱠﻦِﻬﻴِﻓ َﺮَﻤَﻘْﻟا َﻞَﻌَﺟَو
) ١٦ ( «(Alloh) oyni ular ichida nur qilib, quyoshni esa chiroq qilib qo‘ydi»(Nuh, 16.) – degan jumla bilan, quyoshni ichidagi yog‘ va pilik bilan yonadigan chiroqqa, oyni esa uning nuridan akslanib yorug‘ beradigan narsaga o‘xshatadi. Olimlar quyosh va oy ustida tadqiqot olib borib, quyoshning yonayotgan gaz majmu’asidan iborat ekanini, u o‘zining yadrosidan quvvat olib yonishi natijasida, ham issiqlik, ham yorug‘lik tarqatib turishini, oy esa Yer singari oddiy moddadan iborat bo‘lib, quyoshning nuridan akslanib, olamga uning nurini taratishini isbotlaganlar. Alloh taolo ushbu surada: ﺎًﺗﺎَﺒَﻧ ِضْرﻷا َﻦِﻣ ْﻢُﻜَﺘَﺒْﻧَأ ُﻪﱠﻠﻟاَو ) ١٧ ( ﺎًﺟاَﺮْﺧِإ ْﻢُﻜُﺟِﺮْﺨُﻳَو ﺎَﻬﻴِﻓ ْﻢُآُﺪﻴِﻌُﻳ ﱠﻢُﺛ ) ١٨ ( «Alloh taolo sizlarni (Odamni) yerdan undirdi (paydo qildi). So‘ngra (vafot etganlaringizda) sizlarni yana yerga qaytarur va (Qiyomatda) sizlarni yana chiqarur»(Nuh, 17-18.) deb, insonning asli yerdan yaratilganiga ishora qilyapti. Haqiqatdan ham insonning yaratilishi tuproqdan bo‘lgani uchun, uning hayotini davom etishi ana shu tuproqqa bog‘liqdir. Inson o‘ziga kerakli moddani tuproqdan chiqqan o‘simliklar, mevalar va donlardan oladi. Hattoki u hayvonlarning, parrandalarning va suvdagi baliqlarning go‘shtini iste’mol qilsa ham, ularning tarkibida yerdan unib chiqqan o‘simlik moddasi mavjud. O’simliklarning manbai esa yerdir. Bu narsa biolog olimlar tomonidan ilmiy isbotlangan haqiqatdir. Demak, o‘n to‘rt asr avval Qur’oni karim orqali juda qisqa iboralar bilan aytib o‘tilgan ma’lumotlarning ilmiy isbotlanishi uning mo‘‘jizaviy ilohiy kalom ekanligiga dalolat qiladi. 3. Alloh nazdida barcha insonlar tengdir. Alloh taolo Nuh payg‘ambar zamonidan boshlab ikki tabaqaga – kiborlar va fuqarolarga bo‘linib ketgan Odam avlodini bir-birlaridan ortiqliklari yo‘qligini, hammalari ham bir ota, bir onadan yaratilganliklarini, shuning uchun bir-birlarini kamsitmasdan, aksincha qo‘llab-quvvatlab yashashlari lozim ekanligini eslatadi. Chunki, kiborlik illati inson ko‘zini ko‘r, aqlini zaiflashtirib qo‘yadi. Natijada, unday kimsalar haqni tan olmaydi, zaiflarga zulm qilishga o‘tadi, Alloh huzuridan kelib, imonga da’vat etadigan payg‘ambarlarni ham inkor etadi, tajovuz qiladi. Barcha yaxshiliklardan, ne’matni bardavomligidan, imondan va oxiratdagi mukofotdan manmanlik sababli mahrum bo‘ladi. Alloh taolo Nuh (a.s.)ning qissalarida ham ikki tabaqaning shunday tafovutini bayon etadi, ularning fuqarolari Nuh (a.s.)ning da’vatlariga quloq tutgan holda, kiborlari Nuhning payg‘ambarliklarini inkor qildilar: Download 5.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling