Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc
Download 5.06 Kb. Pdf ko'rish
|
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
54 rozi bo‘ldi. Lobonning ikki qizi bo‘lib, kattasi Layyo, kichigi esa Rohiyl edi. Layyo Rohiyldek go‘zal bo‘lmasada, odob va axloqda undan qolishmas edi. O’sha zamonning shariatida opadan avval singilni nikohlash mumkin emas edi, ammo bir erkak opa-singilni o‘z nikohiga olishi joiz edi. Shuning uchun Ya’qub yetti yillik shartni bajarib qaytganlarida Lobon unga katta qizi Layyoni nikohlab berdi va agar xohlasa, yana yetti yillik xizmatdan so‘ng kichik qizi Rohiylni ham nikohiga olishi mumkin ekanligini ta’kidladi. Ya’qub o‘n to‘rt yillik xolis xizmatdan so‘ng Lobon ibn Batuiylning ikki qizi Layyo va Rohiylni o‘z nikohlariga oldilar. Lobon ikki qiziga ikki cho‘rini xizmatga bergan edi. Layyo ham, Rohiyl ham erlari Ya’qubni qattiq yaxshi ko‘rganlari uchun o‘z cho‘rilarini Ya’qubga hadya qilishdi. Ya’qub to‘rt xotindan o‘n ikki farzand ko‘rdilar: Layyodan Robbin, Sham’un, Lovo, Yahuzo, Yasokir va Zabulun. Rohiyldan Yusuf va Binyomin. Balhadan Vaddon va Naftoliy. Zalfadan Jod va Ashur ismli o‘g‘illar tug‘ildi. Bularning hammasi Faddonoromda, yolg‘iz Binyomin Kan’onda tug‘ildilar. Bu o‘n ikki o‘g‘il avlodlari «asbot» deb ataladi. Ya’qub (a.s.) yigirma yildan so‘ng qaynotalari Lobondan ijozat olib, Faddonoromdan to‘rt xotin, o‘n bir farzand, behisob boyligu ko‘plab qarindoshlarga ega bo‘lib qaytdilar. Falastinga yaqinlashganda Ya’qub (a.s.) akalari Iysuning to‘rt yuz kishi bilan kutib olishga chiqqanligini eshitib, dillariga qo‘rquv tushdi va mollaridan katta miqdorda hadya ajratib, o‘zlaridan oldinroq akalariga yubordilar. Iysu ukasi Ya’qubdan kelgan hadyalarni ko‘rib, qalbi biroz yumshadi va butun yerlarini Ya’qub (a.s.)ga tashlab, o‘zi odamlari bilan Sa’iyr tog‘lariga chiqib ketdi. Ya’qub (a.s.) otalari Ishoq (a.s.)ning huzurlariga keldilar va Hibrun shaharida otalari Ishoq (a.s.) bilan birga yashay boshladilar. Ishoq (a.s.) bir yuz sakson yil umr ko‘rib, Hibrunda olamdan o‘tdilar va otalari Ibrohim hamda onalari Sora dafn etilgan yerga dafn etildilar. (Afif Abdulfattoh Tabbora, Ma’al-anbiyo fil-Qur’anil Karim. Lubnon.156-bet.) Ba’zi rivoyatlarda, Ishoq (a.s.) bir yuz oltmish yil umr ko‘rganlari aytiladi.( Tarixi Tabariy, 1-j. 231-bet.) Ya’qub (a.s.)ning laqablari Isroil edi. Shuning uchun Ya’qubning o‘g‘illari va avlodlariga «Bani Isroil» deb nom berildi. Ularni «Asbot» ham deyiladi. Ya’qub (a.s.)ning bir o‘g‘il avlodi «sibt» bo‘lib, arablarning bir qabilasiga o‘xshashdir. O’n ikki sibtning faqat uchtasidan: Lovo sibtidan Muso, Horun, Ilyos va Alyasa’. Yahuzo sibtidan Dovud, Sulaymon, Zakariyyo, Yahyo va Iyso. Binyomin sibtidan Yunus payg‘ambarlar chiqqanlar. Ishoq (a.s.)ning vafotlaridan keyin uning o‘rniga Ya’qub (a.s.) payg‘ambar bo‘ldilar. Uzun bo‘yli, bug‘doy rangli, vujudi zaif, tabiatan halim, shu bilan birga o‘tkir farosatli bo‘lgan Ya’qub (a.s.) o‘n ikki o‘g‘il orasidan Yusufning buyuk inson bo‘lishini sezar, shu sababli ham uni alohida yaxshi ko‘rar edilar. Download 5.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling