Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc
Download 5.06 Kb. Pdf ko'rish
|
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
58 Men yaxshilikni inkor etuvchi, unga yomonlik bilan javob beruvchi insofsiz emasman. Sen eshikni qulflaganing, pardalarni tushirganing bilan Allohdan hech narsani yashirolmaysan. Chunki U inson ko‘zi ko‘rolmaydigan narsalarni, hatto dilingga bekitgan narsalarni ham bilib va ko‘rib turuvchidir. Allohning ma’siyatiga bo‘yin egishimdan, uning g‘azabini keltiradigan ishga qalbimning moyil bo‘lishidan Allohning o‘zi asrasin! Alloh zolimlarga najot bermaydi» - dedi. Azizning xotini shunchalik husnu jamoli va mavqeu kamoliga qaramasdan o‘zining xizmatkor qullaridan birini bu ishga taklif etgan edi. U bo‘lsa, bosh tortdi. Axir, Zulayho kim? Saroyning yagona amirasi, uning bo‘yrug‘iga itoat etmagan, uning g‘azabidan qo‘rqmagan biror kimsa bormi?! Uning huzuriga mana shunday taklif bilan kira oladigan odam topiladimi?! Shunga qaramasdan, Zulayhoning o‘zi shuni xohlab, imkon yaratib, bir qul bo‘lgan Yusufni taklif etsa-yu, u qul malika bilan kayf-safo qilishga noz qilsa! Mana shunday «noshukrlik» Zulayhoning qalbini o‘ynatdi, g‘azabini qaynatdi, izzat-nafsiga tegdi. U alam va sharmisorlik alangasida Yusuf (a.s.)dan intiqom olmoqchi bo‘ldi va unga tashlandi. Yusuf (a.s.) ham yomonlikka yomonlik bilan javob bermoqchi, Zulayhoning zarbasiga zarba qaytarmoqchi bo‘ldilar. Lekin o‘zlaridagi payg‘ambarlik nurining shu’lasi qalblarini yoritdi, Allohning burhonini ko‘rdilar. Alloh Yusuf (a.s.)ga: «Urushishdan qochish afzalroq, sakrashishdan o‘zni tiyish afzalroq» - degan vahiy yubordi. Yusuf (a.s.) Rabbilarining vahiysini jon deb qabul qildilar va eshik tarafga o‘zlarini otdilar. Yusufning ketidan tashlangan Zulayho, ko‘ylaklarining orqasiga chang soldi va uni yirtib ustilaridan sug‘urib oldi. Eshik oldida esa Misr azizi turardi».( Muhammad Jodul Mavlo. Qur’on qissalari. Bayrut. 2000 y. 85-bet.) Allohdan qo‘rqqan Yusuf (a.s.) uni rad etib, yuz o‘girdilar va eshikka qarab qochdilar. Zulayhoning qo‘lida esa Yusuf (a.s.)ning orqasidan yirtilgan liboslari qoldi. Shu vaqt eshikdan kirib kelgan Misr azizi voqeadan hayron bo‘ldi. Zulayho esa haqiqatni eridan yashirib, Yusuf (a.s.)ga tuhmat qildi va: Download 5.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling