Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc
Download 5.06 Kb. Pdf ko'rish
|
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- uyida bo‘lgan ayol
)
٢٣ ( ىَأَر ْنَأ ﻻْﻮَﻟ ﺎَﻬِﺑ ﱠﻢَهَو ِﻪِﺑ ْﺖﱠﻤَه ْﺪَﻘَﻟَو َﻦﻴِﺼَﻠْﺨُﻤْﻟا ﺎَﻧِدﺎَﺒِﻋ ْﻦِﻣ ُﻪﱠﻧِإ َءﺎَﺸْﺤَﻔْﻟاَو َءﻮﱡﺴﻟا ُﻪْﻨَﻋ َفِﺮْﺼَﻨِﻟ َﻚِﻟَﺬَآ ِﻪِّﺑَر َنﺎَهْﺮُﺑ ) ٢٤ ( «U (Yusuf) uyida bo‘lgan ayol (Zulayho) undan nafsi (jinsiy yaqinlik qilishi)ni talab qildi va eshiklarni qulflab: «Qani kel!» - dedi. (Yusuf) dedi: «Alloh saqlasin! Axir, u (ering) xojam-ku! Menga yaxshi joy bergan bo‘lsa?! Zolimlar, zotan iqbolsiz bo‘lurlar!». Haqiqatan, (Zulayho) unga (ya’ni, Yusufning visoliga) intildi. Agar Parvardigorining ochiq hujjat-alomatini ko‘rmaganida, (Yusuf) ham unga (Zulayhoga) moyil bo‘lar edi. Undan (Yusufdan) yomonlik va buzuqlikni chetlatish uchun mana shunday qildik (ya’ni uni O’z hifzu himoyatimizda asradik). Zero, u pokiza bandalarimizdandir. (Yusuf surasi, 23-24. Shu yerdagi tarjimani Alouddin Mansurdan oldim. Izoh muharrirniki.) Oyati karimadagi «Valaqod hammat bihi vahamma biho, Lavlo arroa burhana robbih» jumlasining ma’nosida olimlar turlicha fikrlar aytganlar. Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) www.ziyouz.com kutubxonasi 57 Oyatning tarjimasida Shayx Abdulaziz Mansur «Qur’oni karim ma’nolarining tarjimasi» kitobida (Zulayho) unga moyil, u (Yusuf dili) ham bunga moyil bo‘lgandi. Agar Robbining hujjatini ko‘rmaganda (bo‘lar ish bo‘lar edi) - deb ma’no beradi va bu ma’noga: «Yusufdagi moyillik dilda hosil bo‘ladigan, lekin uni ijro etish niyati bo‘lmagan moyillik edi. Zulayxodagi moyillik esa uni amalga oshirish niyati bilan edi» - deb izoh beradi.(A. Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. Toshkent. 2001. 238-bet.) Ibn Jarir At-Tabariy tarix kitobida keltirgan xabarida As-Sadiy shunday rivoyat qiladi: «Azizning xotini Yusufni o‘z xonasiga chaqirib, unga shunday deydi: - Ey Yusuf, muncha sochlaring chiroyli? - Sochlarim qabrda badanimdan birinchi bo‘lib sochilib ketadigan narsadir. - Ey Yusuf, muncha ko‘zlaring chiroyli? - Ko‘zlarim qabrda jasadimdan birinchi oqib tushadigan narsadir. - Ey Yusuf, yuzlaring muncha chiroyli? - Yuzlarimni qabrda tuproq yeb bitiradi. Azizning xotini besabrlik bilan Yusufga talpindi. Yusuf esa unga moyil bo‘ldi. Ikkovlari xonaga kirdilar. Ayol xona eshigini qulfladi. Yusuf esa libosini yecha boshladi. Shu payt Yusufning ko‘ziga otasi Ya’qub (a.s.) tik turgan holda ko‘rindi. U barmog‘ini tishlab: «Ey, Yusuf! U ayol bilan yotma! Agar sen u bilan yotmasang, osmonda uchib yurgan ozod qushsan. Agar u bilan yotib qo‘ysang, osmonda o‘lib qolgan qush misolisanki, yerga zarb bilan urilishdan o‘zingni saqlolmaysan!» - dedi. Yusuf yana libosini kiyib oldi va tashqariga qarab qochdi. Yusufning orqasidan chang solgan ayol uning libosi orqasidan ushlab, yirtib yubordi va ustidan yechib oldi».(Tarixi Tabariy. 1-j. 236-bet.) Abdulloh ibn Abu Mulayka aytadi: «Men Ibn Abbos (r.a.)dan: «Yusufning moyil bo‘lishi qanday sodir bo‘lgan?» - deb so‘radim. Ibn Abbos (r.a.) dedilar: «Azizning xotini cho‘zilib yotgan. Yusuf uning oyoqlari orasiga o‘tirib olib, libosini yecha boshlagan. Shu payt Alloh taolo unga o‘z burhonini ko‘rsatgan. Ya’ni, Ya’qub (a.s.) barmoqlarini tishlagan holda ko‘rinib, bu ishdan qaytarganlar». Ba’zilarning aytishicha, «Zino qilayapsanmi? Qanoti yulingan qushning osmonga ko‘tarilganiga o‘xshab qolasan-ku!» - degan ovoz eshitilgan. Ba’zilarning aytishicha, uyning devorida: Download 5.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling