Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


Download 5.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet209/270
Sana13.09.2023
Hajmi5.06 Kb.
#1677332
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   270
Bog'liq
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob

qavmi edilar. (A’rof, 132-133.)
 
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «To‘fon balosidan murod ekin-tikinlarni va mevalarni to‘kib, yakson qiluvchi 
davomli yoqqan yomg‘irdir». 
Ato va ba’zi olimlarning fikrlaricha, to‘fon o‘limning ko‘p bo‘lishidir. 
Mujohid: «To‘fon suv va vabo kasalligidir» - degan. 
Oysha (r.a.) rivoyat qiladilar: «Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar: «To‘fon o‘limdir». 
Salmon al-Forsiy aytadilar: «Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan chigirtka haqida so‘raldi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) 
dedilar: «Chigirtka Allohning eng ko‘psonli askarlari bo‘lib, uni men yemayman, sizlarga yeyishni 
harom ham qilmayman». 
Olimlarning e’tirof etishlaricha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) chigirtkani haromligi uchun emas, taqvo sababidan 
yemaganlar, shuningdek poklik sababidan piyoz, sarimsoqni yemaganlar. Ammo boshqa musulmonlarga bu 
narsalarning iste’moli man etilmaydi. 
Abdulloh ibn Abu Avfo aytadilar: «Biz Rasululloh (s.a.v.) bilan yetti g‘azotda qatnashganmiz va safarda 
chigirtkani yeganmiz». 
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Qummal donning ichidan chiqadigan qurtdir». Boshqa rivoyatda, qanotsiz 
chigirtka, deganlar. 
Abdurrahmon ibn Zayd ibn Aslam: «Qummal burgadir» - degan. 
Zafode’ (birligi zifda’dir)
barchaga mashhur bo‘lgan qurbaqadir. Qibtiylar ovqat uchun og‘izlarini ochsalar, 
ovqat o‘rniga qurbaqa tushardi. 
Misr hududida toza ichimlik suvi qolmagan edi. Nil daryosidanmi yoki quduq-buloqlardanmi yo biror idishdanmi suv 
ichmoqchi bo‘lsalar, o‘sha onda qip-qizil qonga aylanardi. Bu holat bani Isroilga bilinmasdan, faqat qibtiylargagina bilinishi 
ayni mo‘‘jiza edi. (Ibn Kasir. Qisasul anbiyo. Qohira. 256-bet.)
 ﺎﱠﻨَﻋ َﺖْﻔَﺸَآ ْﻦِﺌَﻟ َكَﺪْﻨِﻋ َﺪِﻬَﻋ ﺎَﻤِﺑ َﻚﱠﺑَر ﺎَﻨَﻟ ُعْدا ﻰَﺳﻮُﻣ ﺎَﻳ اﻮُﻟﺎَﻗ ُﺰْﺟِّﺮﻟا ُﻢِﻬْﻴَﻠَﻋ َﻊَﻗَو ﺎﱠﻤَﻟَو
 َﻞﻴِﺋاَﺮْﺳِإ ﻲِﻨَﺑ َﻚَﻌَﻣ ﱠﻦَﻠِﺳْﺮُﻨَﻟَو َﻚَﻟ ﱠﻦَﻨِﻣْﺆُﻨَﻟ َﺰْﺟِّﺮﻟا

Download 5.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling