«(Ey Muhammad,) ushbu Kitobda Muso (qissasini) yod eting! Darhaqiqat, u tanlab olingan elchi-
payg‘ambar edi. Biz unga Tur (tog‘i)ning o‘ng tomonidan nido qildik va uni munojot qilgan holida
(O’zimizga) yaqin etdik». (Maryam, 51-52.)
َﻦِﻣ ْﻦُآَو َﻚُﺘْﻴَﺗﺁ ﺎَﻣ ْﺬُﺨَﻓ ﻲِﻣﻼَﻜِﺑَو ﻲِﺗﻻﺎَﺳِﺮِﺑ ِسﺎﱠﻨﻟا ﻰَﻠَﻋ َﻚُﺘْﻴَﻔَﻄْﺻا ﻲِّﻧِإ ﻰَﺳﻮُﻣ ﺎَﻳ َلﺎَﻗ
ﺎﱠﺸﻟا
َﻦﻳِﺮِآ
)
١٤٤
(
«Ey Muso! Men seni odamlar uzra risolalarim (Tavrot bitiklari) va gaplashganim bilan mumtoz
(tanlangan, xos) etdim. Bas, senga berganimni (qabul etib) ol va shukr qiluvchilardan bo‘lgin!» - dedi
(Alloh)». (A’rof, 144.)
Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: «Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar:
«Muso (a.s.) juda sharm-hayosi kuchli, o‘z badanlarini ochilib qolishidan qattiq uyaladigan zot
edilar. Bani Isroil qavmidan ba’zi beodoblar Muso (a.s.) haqlarida bo‘lar-bo‘lmas ig‘volarni, Musoning
badanida peslik, moxovlik yoki boshqa kasallik bor, degan mish-mishlarni tarqatar edilar. Alloh taolo
bir kuni Muso (a.s.)ning pok ekanliklarini qavmlariga ko‘rsatib, mish-mishlarga barham berishni iroda
qildi. Muso (a.s.) odamlarning ko‘zidan xoliroq joyga borib, kiyimlarini yechib, tosh ustiga qo‘ydilar va
yuvinib g‘usl qildilar. Keyin kiyimlarini olib kiymoqchi bo‘lganlarida, tosh joyidan surilib, kiyimni olib
qochdi. Muso (a.s.) qo‘llarida asolarini tutganlaricha: «Ey tosh, kiyimimni ber!» - deb toshning
orqasidan quvib ketaverdilar. Shu borganlaricha, Bani Isroil qavmidan bir jamoa yig‘ilib turgan joyga
yetdilar. Jamoa oldida tosh ham to‘xtadi. Muso (a.s.) esa shu yerda kiyimlarini kiyar ekanlar, qavm
Muso (a.s.)ning badanlarini yalong‘och holda ko‘rib, Alloh yaratgan insonlarning eng chiroylisi ekaniga
Do'stlaringiz bilan baham: |