Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


Shirin so‘z bilan ilon inidan chiqar


Download 5.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet265/270
Sana13.09.2023
Hajmi5.06 Kb.
#1677332
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   270
Bog'liq
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob

Shirin so‘z bilan ilon inidan chiqar
Yomon so‘z bilan musulmon dinidan chiqar. 
4. Ilm talab qilishlik har bir musulmon erkak va ayolga farzdir. Qissada Muso (a.s.) Allohning g‘ayb 
ilmidan nasiba bergan bir solih odam bilan uchrashish uchun safar qilganlari, u odamni topganlaridan so‘ng, 
o‘zlari ulug‘ payg‘ambar bo‘lsalarda, unga: 


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
129
«Sizga bildirilgan bilimdan, menga ham to‘g‘ri yo‘lni ta’lim berishingiz uchun sizga ergashsam 
maylimi?» - deb yolvorib so‘raganlari va Alloh muyassar etganicha ilm olib qaytganlari haqida bayon etiladi.
Alloh taolo insoniyatni yaratgan kundan boshlab, unga ilm tufayli fazl berdi. Shuning uchun barcha zamon 
va makonda yashagan barcha millatga ham Alloh taolo bilmaganini o‘rganish, bilganini boshqalarga 
o‘rgatishga buyurdi. Inson bir joyda qotib qolmasligi uchun o‘z ustida ishlashi, zamon bilan hamnafas bo‘lib, 
yangiliklardan ogoh bo‘lib turishi, imkoniyati bo‘lgan ilmni umrining oxirigacha ham o‘rganishi lozim.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deganlar: «Ilmni beshikdan to qabrgacha o‘rganing!». 
Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning hadislarida «ilm» so‘zi dunyaviy ilmga ham, diniy ilmga ham barobar 
ishlatilgan. Xususan Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning quyidagi: 
«Ilmni Xitoyga borib bo‘lsa ham o‘rganinglar!» 
«Ilm-hikmatni o‘rgan! Uning qanday idishdan chiqishi senga zarar qilmaydi», 
singari muborak so‘zlari 
ilmdan murod har ikki ilm ekanligini tasdiqlaydi. Ahli ilm bilan ilmsiz kishilarning Allohning huzurida barobar 
emasligi xususida ham Qur’oni karimda ko‘plab oyatlar mavjuddir. Bizlarga ibrat shuki, inson bor umrini 
bilmagan narsasini o‘rganishga sarf qilsin. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytganlaridek: «Ilm o‘rganuvchi yoki ilm 

Download 5.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling