Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc
Shuning uchun, insonlar ma’naviyatini yuksaltirishda quyidagi takliflarni o‘rtaga tashlash mumkin
Download 5.06 Kb. Pdf ko'rish
|
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Har kim ekkanini o‘radi.
Shuning uchun, insonlar ma’naviyatini yuksaltirishda quyidagi takliflarni o‘rtaga tashlash mumkin:
1. Xalq orasida diniy ta’lim-tarbiyani kuchaytirish lozim, buning uchun faqat masjidlarda qilinadigan ma’ruzalar kamlik qiladi, chunki masjidlarga kam odam yig‘iladi, keladiganlari ham o‘zining ozmi-ko‘pmi to‘g‘ri yo‘lini topib olganlar keladi. Har bir mahallada haftada bir marta faqat rasmiyatchilik uchungina emas, muntazam ravishda diniy suhbatlar, savol-javoblar kechasi uyushtirilishi kerak. 2. Televidenie va radioda diniy ko‘rsatuvlar sonini ko‘paytirilishi va har xil ulamolar suhbatini uyushtirilishi, Din peshvolari bilan ochiq muloqotlar, savol-javoblar tashkil etilishi kerak. Mavzular ham rang-baranglashtirilib, hozirgi dolzarb mavzular – turli nopokliklarning zarari, ulardan saqlanish haqida ochiqroq gapirilishi lozim. 3. Oliygohlarda, maxsus va o‘rta maktablarda dinimizning asosi bo‘lgan Qur’oni karim va Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning hadislari, ulardan chiqadigan hukmlarni o‘qitish muntazam rejaga kiritilishi kerak. Chunki, Qur’oni karim va Hadis ham diniy, ham dunyoviy ilmlar konidir. Butun olamga tatigilik kashfiyotlar va ilmiy meroslar qoldirgan hamyurt allomalarimizning ilmu fan taraqqiyotidagi xizmatlarida, yuksak ma’naviyatimizning yulduzlariga aylanishlarida Qur’on va Hadis qo‘shqanot bo‘lganligi sir emasdir. 4. Televidenieda ko‘rsatilayotgan, yoshlarning ma’naviy tarbiyasiga salbiy ta’sir o‘tkazadigan film va seriallarni, ichkilikbozlikni, kashandalikni targ‘ibot qiluvchi reklamalarni to‘xtatish kerak. 5. Shaharning serqatnov ko‘chalariga o‘rnatilgan, kashandalikni targ‘ib etuvchi reklama lavhalari o‘rniga yurtimiz erishgan muvaffaqiyatlarni ko‘rsatuvchi, shahrimiz jamolini ko‘z-ko‘z qiluvchi rasmlar qo‘yilsa, ular ma’naviy tarbiya uchun xizmat qilardi. 2. Har kim ekkanini o‘radi. Alloh taolo Muso (a.s.) qissalarida va boshqa o‘tgan payg‘ambarlarning qissalarida ham zulmkorlarga qanday muomala qilganini bayon etadi. Zulmkorga bildirmasdan qarshi zulm qilish ham zulmdir. Shuning uchun Alloh taolo zolim emas, hech kimga bildirmasdan, tasodifan jazo yubormaydi. Ko‘rib o‘tganimizdek, avval payg‘ambarlari orqali ogohlantiradi, tavba va imon keltirishlariga, Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) www.ziyouz.com kutubxonasi 128 zulmdan voz kechishlariga imkon beradi. Zulm va tajovuzlari Allohga qarshi bo‘lganidan keyingina, Alloh ularni jazolaydi. Bunday misollarni o‘tgan payg‘ambarlar: Nuh, Hud, Solih, Shu’ayb, Lut va boshqalar misolida ko‘rib o‘tdik. Agar qavmlar Allohning ogohlantirish imkoniyatidan foydalansalar, qilmishlariga tavba etsalar va zulmdan qo‘l tortsalar, Alloh taolo ularning tavbasini qabul qiladi va jazodan najot beradi. Bunday voqe’ani Yunus (a.s.)ning qavmlari misolida ko‘rib o‘tdik. Qur’oni karim bizlarga ana shu o‘tmish payg‘ambarlar haqida qissa qilib berar ekan, ulardan ibrat olishga, zulm va tajovuzdan qochishga, har bir amalni Alloh roziligi yo‘lida qilishga da’vat etadi: Download 5.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling