Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc
Download 5.06 Kb. Pdf ko'rish
|
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
127 bo‘lganlari uchun Alloh ularga bu mustaqillikni berdi va bani Isroil uzoq muddat Baytul muqaddas va atroflarini yashnatib, obod qilishib, payg‘ambarlariga itoat va Allohga shukr qilishib yashay boshladilar. Alloh taolo o‘zbek xalqini ham yetmish yil sinovda tutdi, ajdodlarimiz bir necha marta qatag‘onga uchradi, qancha-qancha olimlarimiz, ziyolilarimiz, tadbirkorlarimiz, imon-e’tiqodli din peshvolarimiz qurbon bo‘ldilar. Ona yerimizning behisob boyliklari talon-taroj etildi. Bog‘lar kesildi, daryolar, ko‘llar va dengiz suvi quritildi. Ota- bobolarimiz mustaqillik ne’matini orzu qilib, unga erisholmasdan, ko‘zlari bilan ko‘rolmasdan armon bilan olamdan o‘tib ketdilar. O’sha mash’um davrdan xalqimizga juda katta zarar – ma’naviy zarar meros bo‘lib qoldi. Xalq imon-e’tiqoddan uzoqlashdi. Halol-haromning chegarasi buzildi. Kishilar o‘rtasida mehr-oqibat yo‘qoldi, muruvvat qolmadi. Aroqxo‘rlik, fohishalik, qimorbozlik, o‘g‘irlik, sudxo‘rlik, poraxo‘rlik, zo‘ravonlik kuchaydi. Bu illatlarning barchasi xalqimiz uchun sinov edi. Alloh taolo mustaqillik ne’matini bergandan so‘ng, xalqimiz erkin nafas ola boshladi va istiqlol nashidasini sura boshladilar. Ammo o‘tmishdan qolgan sarqit va asoratlardan xalqimizni qutultirish, ko‘p asrlik ota- bobolarining diniga, imoniga, axloqiga qaytarish uchun hali ko‘p ish qilinishi lozim bo‘ladi. «O’z istiqlol va taraqqiyot yo‘limiz, - deb yozgan edi I.A.Karimov mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq, - bu gul bilan qoplangan yo‘l emas, totalitarizm merosidan xalos bo‘lish va poklanish, mafkuraviylik illati yetkazgan ziyon- zaxmatlarni bartaraf etishning qiyin, uzoq davom etadigan yo‘lidir». (I.Karimov. Asarlar. 1-jild, 359-bet.) O’zbekiston prezidenti I. A. Karimov bu borada mustaqillikning dastlabki yillaridayoq jon kuydirib gapirgan va xalqning tarbiyasi uchun muhim bo‘lgan «ma’naviyat» masalasini ko‘ndalang qo‘ygan edi. Ma’naviyatni esa prezident shunday ta’riflagan: «Ma’naviyat haqida gap ketar ekan, men avvalo, insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon-irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg‘otadigan qudratli botiniy kuchni tasavvur qilaman». (M.Inomnazarov. Milliy ma’naviyatimiz asoslari. TIU nashriyoti. Toshkent. 2001. 3-bet.) Mustaqillikka erishganimizga o‘n yildan ortib ketdi. Bu davrda mamlakatimiz siyosiy jihatdan ham, iqtisodiy jihatdan ham juda katta muvaffaqiyatlarga erishdiki, ularni televidenie va radio orqali har kun kuzatib bormoqdamiz, takrorga hojat yo‘q. Ammo ma’naviy jihatdan hali juda orqadamiz. Ma’naviyatning ham ba’zi jihatlari, masalan ilmu fan, san’at, madaniyat va maorif masalalarida ancha ilgarilash bor. Ammo ta’lim-tarbiya, odob-axloq masalalarida anchagina kamchilik mavjud. Yoshlar orasida aroqxo‘rlar, buzuq yo‘llarga kiruvchilar, fohishalar, giyohvandlar, xiyonatchilar, guruhbozlar ko‘payib ketgan. Yoshlarning bu jihatlarini sozlashda asosan diniy tarbiyaga kuch berilishi kerak. Chunki, xalq orasida: «Xudodan qo‘rqmagandan qo‘rq!» - degan maqol bejiz aytilmagan. Insonni hamisha yaxshilikka chorlab turuvchi, hech kim «rahmat» demasa ham yaxshiligini davom ettirishiga turtki bo‘luvchi narsa bu uning imonidir, xudo albatta uning yaxshiligini mukofotsiz qoldirmasligiga chin qalbidan bo‘lgan ishonchidir. Bunday odam: «Yaxshilikni daryoga qil, daryo bilmasa baliq bilur, baliq bilmasa xoliq (yaratuvchi) bilur», - degan maqolga amal qiladi va ezgu ishida davom etadi. Yomonlikdan esa, birov uni uyaltirmasa yoki qo‘rqitmasa ham, o‘zining imoni unga: «Alqasosu minal haq (ekkaningni olasan!)» - deb tanbeh berib turadi va yomonlikdan, jinoyatdan saqlanadi. Download 5.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling