Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
129
«Sizga bildirilgan bilimdan, menga ham to‘g‘ri yo‘lni ta’lim berishingiz uchun sizga ergashsam
maylimi?» - deb yolvorib so‘raganlari va Alloh muyassar etganicha ilm olib qaytganlari haqida bayon etiladi.
Alloh taolo insoniyatni
yaratgan kundan boshlab, unga ilm tufayli fazl berdi. Shuning uchun barcha zamon
va makonda yashagan barcha millatga ham Alloh taolo bilmaganini o‘rganish,
bilganini boshqalarga
o‘rgatishga buyurdi. Inson bir joyda qotib qolmasligi uchun o‘z ustida ishlashi, zamon bilan hamnafas bo‘lib,
yangiliklardan ogoh bo‘lib turishi, imkoniyati bo‘lgan ilmni umrining oxirigacha ham o‘rganishi lozim.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deganlar: «
Ilmni beshikdan to qabrgacha o‘rganing!».
Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning hadislarida
«ilm» so‘zi
dunyaviy ilmga ham, diniy ilmga ham barobar
ishlatilgan. Xususan Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning quyidagi:
«Ilmni Xitoyga borib bo‘lsa ham o‘rganinglar!»
«Ilm-hikmatni o‘rgan! Uning qanday idishdan chiqishi senga zarar qilmaydi»,
singari muborak so‘zlari
ilmdan murod har ikki ilm ekanligini tasdiqlaydi. Ahli ilm bilan ilmsiz kishilarning
Allohning huzurida barobar
emasligi xususida ham Qur’oni karimda ko‘plab oyatlar mavjuddir. Bizlarga ibrat shuki,
inson bor umrini
bilmagan narsasini o‘rganishga sarf qilsin. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytganlaridek: «
Ilm o‘rganuvchi yoki ilm
Do'stlaringiz bilan baham: