Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc
Download 5.06 Kb. Pdf ko'rish
|
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
130 Abu Bakr al-Bayhaqiy rivoyat etishicha, Anas ibn Molik (r.a.) dedilar: «Biz Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bilan safarga chiqqan edik. Bir joyda dam olish uchun to‘xtadik. Shu payt, vodiydan bir odamning: «Allohim, meni o‘zing gunohini kechirgan, rahmat qilib ummatga yuborgan payg‘ambaring Muhammad (s.a.v.)ning ummatlaridan qilgin!» - degan nidosi eshitildi. Men vodiyga chiqib, ovoz kelgan tarafga bordim. Ro‘paramda bo‘yi uch yuz gaz (Bir gaz yetmish sm ga teng) (taxminan ikki yuz ellik metr) keladigan bahaybat odam o‘tirar edi. U menga: «Sen kimsan?» - deb savol qildi. Men: «Anas ibn Molik, Alloh Rasulining xodimiman» - deb javob qaytardim. «U qaerda?» - deb so‘radi. Men Rasululloh (s.a.v.)ga ishora qildim. U dedi: «Unga mendan salom aytgin va deginki: «Sizga birodaringiz Ilyos salom yubordi». Men Rasululloh (s.a.v.)ning huzurlariga qaytib kelib, Ilyosning xabarini berdim. Rasululloh (s.a.v.) Ilyosning oldiga keldilar va ikkovlari uchrashib, bir-birovlari bilan quchoqlashib ko‘rishdilar. Keyin yonma-yon o‘tirib suhbatlashdilar. Ilyos dedilar: «Ey Allohning rasuli, men bir yilda faqat bir marta taom yeyman. Bugun mening taom yeydigan kunim, siz bilan iftor qilaman». Shu payt osmondan dasturxon tushdi. Unda non va pishirilgan baliq bor edi. Ikkovlari tanovul qildilar, menga ham taomdan berdilar, keyin birga asr namozini o‘qidik. Keyin ikkovlari xayrlashdilar va osmondan bir bulut tushib, Ilyos (a.s.)ni olib chiqib ketdi». (Ushbu hadis to‘qilgan hadis bo‘lib, Ibn Al-Javziy uni “Mavzu’ot”da keltirgan.) Ushbu hadisni an-Naysoburiy «Mustadrak»ida Imom Buxoriy va Imom Muslimdan deb keltirgan. Holbuki, bu hadis to‘qilgan, yolg‘on hadisdir. Qolaversa, uning mazmuni sahih hadisga munosib kelmaydi, balki zid keladi. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda, janob Rasululloh (s.a.v.) dedilar: «Alloh taolo Odam (a.s.)ni oltmish gaz qilib yaratgan. Shundan buyon uning zurriyoti to hozirgacha kichrayib borishda davom etmoqda.» Mazkur hadisda: «Ilyosning yoniga Muhammad (s.a.v.) keldilar» - deyilgan. Xolbuki, bu haqiqatga mos kelmaydi, Chunki Ilyos (a.s.) oxirgi zamon payg‘ambari huzuriga borishlari lozim edi. Hadisda, Ilyos (a.s.)ning bir yilda bir marta ovqat yeyishlari aytilgan, holbuki, Vahb ibn Munabbah rivoyat qilgan avvalgi hadisda: «Ilyos (a.s.)dan yeyish-ichish lazzati olib qo‘yildi» - deyilgan yoki yana bir hadisda, Xizr va Ilyos bir yilda bir bor zam-zam suviga qonib olishlari aytilgan. Xulosa shuki, Ilyos (a.s.) haqlarida aytilgan yuqoridagi hadislarning barchasi bir- biriga muxolif, botil, yolg‘on, to‘qilgan hadislardir. (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. Dorul-manor. 346-347-bet.) Xizr (a.s.) kabi Ilyos (a.s.)ning haqlarida ham isroiliy rivoyatlar juda ko‘p to‘qilgan. Yuqorida keltirganimiz, Xizr (a.s.) va Ilyos (a.s.)ning Baytul muqaddasda uchrashib, Ramazon ro‘zasini birga tutishlari, ikkovlari birga Makkaga hajga borishlari, zam-zam suvidan bir yilga kifoya qiladigan darajada qonib ichishlari, har yili Arafotda uchrashishlari va shunga o‘xshash rivoyatlarning hammasi isroiliy – to‘qilgan rivoyatlardir. Ammo Abu Bakr ibn Abud-dunyo shunday bir hadisni keltirganki, unday xolatning sodir bo‘lishiga aql bovar qiladi, odam ishonadi. Chunki, bunday holat ko‘p odamlarda sodir bo‘ladi, o‘sha holatga tushgan odamlar: «Men Xizrni ko‘rgan bo‘lsam kerak, Ilyosni ko‘rgan bo‘lsam kerak, shunday gumon qildim» - deydilar. Quyidagi rivoyatda ham shunga o‘xshash voqea bayon etiladi: «Sobit aytadilar: «Biz Mus’ab ibn Umayr (r.a.) bilan birga «Savodul Kufa»da edik. Men bir devorning orqasiga o‘tib, namoz boshladim. Namozning rakatlariga zam sura qilib, «G’ofir» surasining boshidan qiroat qildim: Download 5.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling