Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


Download 5.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet267/270
Sana13.09.2023
Hajmi5.06 Kb.
#1677332
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   270
Bog'liq
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob

)
١٣١
(
 ﺎَﻧِدﺎَﺒِﻋ ْﻦِﻣ ُﻪﱠﻧِإ
 َﻦﻴِﻨِﻣْﺆُﻤْﻟا
)
١٣٢
(
 
«Ilyos ham, albatta, payg‘ambarlardandir. Qaysiki, o‘z qavmiga degan edi: «(Allohdan) 
qo‘rqmaysizlarmi?! Sizlar yaratuvchilarning yaxshisini qo‘yib, Ba’l nomli butga sig‘inyapsizlarmi? 
Sizlarning Rabbingiz va avvalgi ota-bobolaringizning ham Rabbini qo‘yib-a?!» Bas, (Ilyosni) 
yolg‘onchiga chiqardilar. Bas, albatta, ular (do‘zaxga) hozir qilinuvchilardir, illo, Allohning ixlosli 
bandalarigina (hozir bo‘lmaslar). Biz keyingi avlodlar orasida u (Ilyos) haqida (go‘zal maqtovlar) 
qoldiraylik. Ilyosga Salom! Biz ezgu ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz! Darhaqiqat, u 
Bizning mo‘min bandalarimizdandir». (Vas-soffot.123-132.)  
Ilyos (a.s.) yahudiylarga: «Ba’ldan voz keching. Yakkayu yagona Allohga sig‘ining, Unga ibodat qiling», - 
deb nasihat qildilar. Agar Ba’ldan voz kechmasalar, Allohga qaytmasalar qattiq azob bo‘lishini aytdilar. Lekin 
Alloh qalblarini muhrlab qo‘ygan qavm payg‘ambarlariga quloq solmadilar, uni o‘ldirmoqchi bo‘ldilar. 
Ilyos (a.s.) qavmlaridan qochib, tog‘dagi g‘orlarda umr o‘tkazdilar. 
Ka’bul ahborning rivoyat etishicha, Ilyos (a.s.) tog‘ ostidagi g‘orda o‘n yil istiqomat qildilar, rizqlarini qarg‘alar 
keltirardi. Alloh taolo o‘sha zamon podshohini halok etdi va uning o‘rniga solih odam podshoh bo‘ldi. Ilyos 
(a.s.) g‘ordan chiqib, qavm huzuriga keldilar, podshohni da’vat etdilar. Podshoh va qavm islomni qabul qildi. 
Ammo qavmdan o‘n ming kishi islomni qabul etmagani uchun podshoh ularni qatl ettirdi. 
Ibn Abud-dunyoning rivoyatida, Ilyos (a.s.)ning g‘ordagi hayotlari faqat qirq kun bo‘lgani aytiladi. 
Vahb ibn Munabbah aytadi: «Ilyos (a.s.)ning qavmlari takzib qilib, u zotga ko‘p ozorlar yetkaza 
boshlaganidan keyin Alloh taolo Ilyos (a.s.)ni vafot ettirishni iroda qildi. Ilyos (a.s.)ning huzurlariga osmondan 
olov rangli bir hayvon tushdi. Unga mingan zahoti Ilyos (a.s.)da qanot paydo bo‘ldi, nurdan libos kiygizildi, uni 
taom va sharob lazzatidan xalos qilindi, Ilyos (a.s.)da ham farishtalik, ham insonlik, ham osmoniylik, ham yerlik 
xususiyati paydo bo‘ldi. Payg‘ambarlikni al-Yasa’ ibn Axtubga vasiyat qilib, o‘zlari osmonga chiqib ketdilar.» 


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 

Download 5.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling