Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


«(Ey Muhammad,) ushbu Kitobda Muso


Download 5.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet257/270
Sana13.09.2023
Hajmi5.06 Kb.
#1677332
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   270
Bog'liq
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob

«(Ey Muhammad,) ushbu Kitobda Muso (qissasini) yod eting! Darhaqiqat, u tanlab olingan elchi-
payg‘ambar edi. Biz unga Tur (tog‘i)ning o‘ng tomonidan nido qildik va uni munojot qilgan holida 
(O’zimizga) yaqin etdik». (Maryam, 51-52.)
 
 َﻦِﻣ ْﻦُآَو َﻚُﺘْﻴَﺗﺁ ﺎَﻣ ْﺬُﺨَﻓ ﻲِﻣﻼَﻜِﺑَو ﻲِﺗﻻﺎَﺳِﺮِﺑ ِسﺎﱠﻨﻟا ﻰَﻠَﻋ َﻚُﺘْﻴَﻔَﻄْﺻا ﻲِّﻧِإ ﻰَﺳﻮُﻣ ﺎَﻳ َلﺎَﻗ
ﺎﱠﺸﻟا
 َﻦﻳِﺮِآ
)
١٤٤
(
 
«Ey Muso! Men seni odamlar uzra risolalarim (Tavrot bitiklari) va gaplashganim bilan mumtoz 
(tanlangan, xos) etdim. Bas, senga berganimni (qabul etib) ol va shukr qiluvchilardan bo‘lgin!» - dedi 
(Alloh)»(A’rof, 144.)
 
Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: «Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar: 
«Muso (a.s.) juda sharm-hayosi kuchli, o‘z badanlarini ochilib qolishidan qattiq uyaladigan zot 
edilar. Bani Isroil qavmidan ba’zi beodoblar Muso (a.s.) haqlarida bo‘lar-bo‘lmas ig‘volarni, Musoning 
badanida peslik, moxovlik yoki boshqa kasallik bor, degan mish-mishlarni tarqatar edilar. Alloh taolo 
bir kuni Muso (a.s.)ning pok ekanliklarini qavmlariga ko‘rsatib, mish-mishlarga barham berishni iroda 
qildi. Muso (a.s.) odamlarning ko‘zidan xoliroq joyga borib, kiyimlarini yechib, tosh ustiga qo‘ydilar va 
yuvinib g‘usl qildilar. Keyin kiyimlarini olib kiymoqchi bo‘lganlarida, tosh joyidan surilib, kiyimni olib 
qochdi. Muso (a.s.) qo‘llarida asolarini tutganlaricha: «Ey tosh, kiyimimni ber!» - deb toshning 
orqasidan quvib ketaverdilar. Shu borganlaricha, Bani Isroil qavmidan bir jamoa yig‘ilib turgan joyga 
yetdilar. Jamoa oldida tosh ham to‘xtadi. Muso (a.s.) esa shu yerda kiyimlarini kiyar ekanlar, qavm 
Muso (a.s.)ning badanlarini yalong‘och holda ko‘rib, Alloh yaratgan insonlarning eng chiroylisi ekaniga 

Download 5.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling