Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc
Download 5.06 Kb. Pdf ko'rish
|
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Ey mo‘minlar, sizlar Musoga ozor bergan kimsalar kabi bo‘lmangizlar! Bas, Alloh
guvoh bo‘ldilar». (Buxoriy. “Sahih”. Muslim. “Sahih”. Ahmad. “Musnad”.)
Alloh taolo bu haqda o‘zining oyati karimasida shunday bayon etadi: Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) www.ziyouz.com kutubxonasi 125 ي َأﱠﺮَﺒَﻓ ﻰَﺳﻮُﻣ اْوَذﺁ َﻦﻳِﺬﱠﻟﺎَآ اﻮُﻧﻮُﻜَﺗ ﻻ اﻮُﻨَﻣﺁ َﻦﻳِﺬﱠﻟا ﺎَﻬﱡﻳَأ اَ ِﻪﱠﻠﻟا َﺪْﻨِﻋ َنﺎَآَو اﻮُﻟﺎَﻗ ﺎﱠﻤِﻣ ُﻪﱠﻠﻟا ُﻩ ﺎًﻬﻴِﺟَو ) ٦٩ ( «Ey mo‘minlar, sizlar Musoga ozor bergan kimsalar kabi bo‘lmangizlar! Bas, Alloh (Musoni) ular aytgan narsa (ayblar)dan oqladi. U Alloh nazdida obro‘li kishi edi». (Ahzob, 69.) Muso (a.s.)ning Alloh huzurida ulug‘liklari shu darajada ediki, u kishining duolari sharofati bilan Alloh taolo birodarlari Horunni payg‘ambar va vazir qilib berdi: ﺎًّﻴِﺒَﻧ َنوُرﺎَه ُﻩﺎَﺧَأ ﺎَﻨِﺘَﻤْﺣَر ْﻦِﻣ ُﻪَﻟ ﺎَﻨْﺒَهَوَو ) ٥٣ ( «Biz unga O’z fazlimiz bilan birodari – Horunni payg‘ambar qilib berdik». (Maryam, 53.) Imom Buxoriy rivoyatlarida Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: «Rasululloh (s.a.v.) o‘ljalarni taqsimladilar. Bir odam kelib: «Bu taqsim Alloh roziligi yo‘lida adolat bilan bo‘lmadi» - dedi. Men uning gapini Rasululloh (s.a.v.)ga yetkazdim. Rasululloh (s.a.v.) qattiq g‘azablanganlaridan alomati yuzlarida aks etdi. Keyin dedilar: «Alloh taolo Musoni rahmat qilsin, unga bundan ham ko‘ra ko‘proq ozor berishardi, u hammasiga sabr qilardi». (Imom Buxoriy. “Sahih”. Termiziy. “Sunan”.) Shunday qilib, Muso (a.s.) payg‘ambarlarning ulug‘laridan, shariatlari eng ulug‘ shariatlardan, ummatlari esa juda ko‘psonli edi. Ularning orasida podshohlar, amirlar, payg‘ambarlar, avliyolar, ulamolar, obidlar, zohidlar, donishmandlar va turli soha bilimdonlari bor edi. Shunga qaramay, ularning orasida itoatsizlik ko‘p bo‘ldi, Muso shariatini o‘zgartirdilar, natijada, Alloh taolo ularni ayanchli jazolar bilan jazoladi: ba’zilarini maymunga, ba’zilarini to‘ng‘izga aylantirib qo‘ydi. Shunda ham ular yomonlikni tark etmadilar, Alloh ularni bir necha bor zolim hukmdorlarga duchor qilib, ularning qatag‘oniga uchratdi. Ulug‘ sahobalar Ibn Abbos, Abu Molik, Abu Solih va Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.)lardan as-Sadiy rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi: «Alloh taolo Muso (a.s.)ga vahiy yuborib: «Men Horunni vafot ettirmoqchiman, falon joydagi toqqa olib keling!» - deb buyurdi. Muso (a.s.) Horun (a.s.)ni aytilgan joyga olib keldilar. U yerda bir ajoyib manzarali, go‘zal daraxtni ko‘rdilar. Uning yonida juda chiroyli qilib qurilgan uy bor edi. Uyning ichiga bir so‘ri qo‘yilgan bo‘lib, unga ozoda, yumshoq par to‘shaklar to‘shalgan edi. Uyning ichidan esa xushbo‘y, yoqimli hid taralardi. Horun (a.s.) toqqa nazar tashlar ekanlar, bu ajoyib daraxt, uy va so‘rini ko‘rib juda taajjublandilar va Muso (a.s.)ga dedilar: «Ey Muso, men shu yerda biroz uxlab dam olgim kelyapti» - dedilar. Muso (a.s.) ham rozilik bildirib: «Mayli so‘rida uxlab dam oling» - dedilar. Horun (a.s.): «Bu uyning egasi kelib menga g‘azab qilmasmikan?» - deb so‘radilar. Muso (a.s.): «Xotirjam uxlayvering, bu uyning egasi sizga g‘azab qilmasligiga men kafilman» - deb javob berdilar. Horun (a.s.): «Ey Muso, keling, birga uxlaylik, agar uy egasi kelib qolsa ham ikkovimizga barobar g‘azab qilsin!» - dedilar. Muso (a.s.) Horunning yoniga yotdilar va Horun (a.s.) shu yotganlaricha fanoga yo‘l oldilar. Horunning vafotlaridan so‘ng, uy ham, daraxt ham, so‘ri ham osmonga ko‘tarilib ketdi. Muso (a.s.)ning yolg‘iz kelganlarini ko‘rgan qavm: «Muso Horunni o‘ldiribdi, bani Isroilning Horunni ko‘proq sevishi Musoning hasadini qo‘zg‘abdi» - degan ig‘volarni tarqatishdi. Bu ig‘voning xabari Muso (a.s.)ga yetganda, qavmni bir yerga jamlab turib: «Ey qurib ketgurlar, Men o‘zimning akamni o‘ldiramanmi?» - dedilar va ikki rakat namoz o‘qib, Allohga iltijo qildilar. Alloh taolo Horun (a.s.) yotgan so‘rini Yerga qaytarib, qavmga ko‘rinadigan joygacha tushirdi. Bani Isroil osmon bilan Yer o‘rtasida muallaq turgan, ustida Horun (a.s.)ning jasadlari yotgan so‘rini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdilar». (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. Dorul-manor. 322-bet.) Imom Buxoriy «Sahih»larida shunday rivoyat qiladilar: «Abu Hurayra (r.a.) dedilar: «Muso (a.s.)ning umrlari nihoyasiga yetganda, Alloh taolo o‘lim farishtasi Azroilni qabzi ruh uchun yubordi. Muso (a.s.) Azroilni qabul qilmadilar va haydab yubordilar. Azroil (a.s.) Allohning huzuriga borib shikoyat qildilar va: «Ey Rabbim, meni yuborgan bandang o‘limni istamayapti» - dedilar. Alloh taolo dedi: «Muso (a.s.)ning huzuriga qaytib bor va unga ayt, u bir ho‘kizning terisi ustiga qo‘lini qo‘ysin, kaftiga qancha dona mo‘y sig‘sa, o‘shancha yil yana yashaydi». Azroil (a.s.) Muso (a.s.)ga borib shu gapni aytganlarida, Muso (a.s.): «Undan keyinchi?» - deb so‘radilar. Azroil (a.s.): «Undan keyin o‘lim» - deganlarida, Muso (a.s.) taqdirga tan berdilar va baribir o‘lim haq bo‘lgandan keyin, o‘z vaqtidagisini tanladilar. Imom Ahmad «Musnad»ida rivoyat qilgan hadisda Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: «Azroil (a.s.) Muso (a.s.)ning huzurlariga kelib: «Rabbingizning da’vatini qabul qiling!» - dedilar. Muso (a.s.) Azroilni urib, ko‘zini chiqarib qo‘ydilar. Azroil (a.s.) Alloh huzuriga borib: «Bandang o‘lishni istamayapti, mening esa ko‘zimni urib chiqardi» - deb shikoyat qildilar. Alloh taolo Azroilning ko‘zini joyiga qo‘yib, keyin dedi: «Borib Musoga ayt. Agar u hayotni istasa, qo‘lini ho‘kizning ustiga qo‘yib, siqimlasin, qancha yung uning qo‘liga kirsa, shuncha yashaydi». Azroil borib Muso (a.s.)ga Allohning buyrug‘ini aytganlarida, Muso (a.s.): «Undan keyin nima bo‘ladi?» - deb so‘radilar. Azroil: «O’lim» - deb javob qilganlarida, Muso (a.s.): «Ey Rabbim, senga yaqin bo‘lganim ma’qul» - deb, o‘limga rozi bo‘ldilar. Muso (a.s.) qavmlari bilan qirq yil Tiyh vodiysida adashib yurdilar, Baytul muqaddasga kirish nasib etmadi. Muso (a.s.)ning umrlari nihoyasiga yetib borgan paytda Alloh taolodan, Baytul maqdisga kirish nasib bo‘lmasa ham, unga yaqinroq joyda qazo ettirishni iltijo qildilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling