Microsoft Word qalbimizning nuri ziyouz com doc
Download 202.48 Kb. Pdf ko'rish
|
Abdulloh Murod. Qalbimizning nuri
Qalbimizning nuri. Abdulloh Murod www.ziyouz.com kutubxonasi 1 QALBIMIZNING NURI To‘plovchi va tarjimon Abdulloh Murod Xolmurod o‘g’li Toshkent “Istiqlol” nashriyoti 2003 Ushbu kitobga «Hidoyat», «Yosh kuch» jurnallari, «Islom nuri» gazetasi, «Musulmonlar taqvim kitobi» va boshqa nashrlarda chop etilgan ibratli rivoyatlar jamlandi. Mazkur rivoyatlar Yusuf Kandehlaviyning to‘rt jildlik «Hayotus-sahoba» kitobi, shuningdek, «Al-Kanz», «Al-Hilya», «Al-Bidoya», «Fatxul Boriy», «Al-Adab», «Al-mustadrak» kabi mo‘‘tabar manbalardan tarjima qilingan. Ushbu kitobning tasnif etilishiga bir vasila bo‘lgan Naqshbandiya tariqati ustozlaridan Shayx Umar Foruq Saydo al-Jazariy hazratlariga, Toshkent shahar bosh imom-xatibi Anvar Tursunga, «Hidoyat» jurnalining bosh muharriri Nurulloh Muhammad Raufxonga, zahmatkash muharririmiz Abdul Jalil Xo‘jamga va boshqa do‘stlarga samimiy tashakkurimizni izhor etamiz. Musannif Mas’ul muharrir: Anvar Tursun Muharrir: Abdul Jalil Xo’jam Bismillahir rohmanir rohim QALBIMIZNING NURI Bizni mo‘minlardan qilgan Alloh taologa behisob hamdu sano, Muhammad Payg’ambarimizga, sollallohu alayhi va sallam, durudu salovotlar bo‘lsin. Qalb Alloh taoloning nazargohidir. Qalbimizda bizga berilgan eng ulug’ ne’mat — imon gavharimiz o‘rnashgan. «Payg’ambarimiz, alayhissalom, bir hadisi shariflarida: “It kirgan uyga farishtalar kirmaydi”, deb marhamat qilganlar. Qalb ham bir uy, farishtalar qo‘nadigan makon. Јazab, shahvat, gina, hasad, kibr, manmanlik va boshqa razil sifatlar qopog’on itlar kabidir» 1 . Shu bois har doim qalbimizni go‘zal va obod saqlashga, uni turli illatlardan, yomon xulqlardan poklashga, shayton va nafs vasvasalaridan muhofaza etishga intilmog’imiz zarur. Bu borada bizga Payg’ambarimizning, alayhissalom, sunnatlarida, sahobalar hamda salafi solihlarning hayotlarida ajoyib ibratlar, buyuk o‘rnaklar mavjud. Qo‘lingizdagi kitob ana shunday ibratli rivoyatlardan tasnif etildi. Ularning har birida qalbimizni uyg’otuvchi bir da’vat, ruhimizdagi dardlarga bir shifo yashiringan. Ibrat nazari bilan o‘qisak, inshaalloh, bahramand bo‘lamiz. Shu uchun ham kitobni yaxshi niyatda “Qalbimizning nuri” deb nomladik. Abdul JALIL 1 Abu Homid G’azzoliy. “Ihyou ulumid-din”. Ilm kitobi. T., “Movarounnahr”, 2003 yil. Qalbimizning nuri. Abdulloh Murod Download 202.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling