Microsoft Word qalbimizning nuri ziyouz com doc


Download 202.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/44
Sana27.01.2023
Hajmi202.48 Kb.
#1132654
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44
Bog'liq
Abdulloh Murod. Qalbimizning nuri

 
 
TIL O‘RGANGIN 
Zayd ibn Sobitdan, roziyallohu anhu: 
“Janobi Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, menga: 
— Sen suryoniy tilini yaxshi bilasanmi? Chunki menga ushbu tilda yozilgan xatlar keladi, — dedilar. 
— Yo‘q, — dedim men. 
— O‘rgangin, — deya marhamat qildilar. Shundan so‘ng men suryoniy tilini o‘rganishga kirishdim 
va o‘n yetti kun ichida o‘rganib oldim”. 
YOMONLIKKA YAXSHILIK 
Abu Hurayradan, roziyallohu anhu rivoyat qilinadi: 
«Bir kun bir ayol oldimga kelib:
Men ham zino qildim, ham zinodan tug’ilgan bolamni o‘ldirdim. Endi shu gunohimdan tavba 
qilsam bo‘ladimi? — deb so‘radi.
— Sen uchun tavba yo‘q! — dedim men ayolga. — Alloh ko‘zingni ko‘r qilsin, hech bir qulaylik 
bermasin... 
Shundan so‘ng ayol yig‘lab, tizzalariga urib chiqib ketdi. Ertasi kuni bomdod namozini o‘qib 
bo‘lgach, bu voqeani aytgan edim – Janobi Payg‘ambarimiz alayhissalom:
— Sen ayolga naqadar yomon javob beribsan. Sen axir “Ular Alloh bilan birga boshqa biron 
ilohga iltijo qilmaslar va Alloh (o‘ldirishni harom qilgan) biron jonni nohaq o‘ldirmaslar 
hamda zino qilmaslar. Kim mana shu (gunohlardan birontasini) qilsa, uqubatga duchor 
bo‘lur. Qiyomat kunida uning uchun azob bir necha barobar qilinur va u joyda xorlangan 
holida mangu qolur. Magar kim tavba qilsa va imon keltirib yaxshi amallar qilsa, bas, 
Alloh ana o‘shalarning yomonlik-gunohlarini yaxshilik-savoblarga aylantirib qo‘yur. Alloh 


Qalbimizning nuri. Abdulloh Murod 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
7
mag‘firatli, mehribon Zotdir” (Furqon, 68-70) mazmunli oyatlarni o‘qimaganmiding? — deya 
marhamat qildilar.
Shundan so‘ng darhol ayolni chaqirtirib, unga bu oyatlarni o‘qib berdim. Ayol sevinganidan o‘sha 
zahoti sajda qildi va: 
— Menga qutulish eshigini ochgan Alloh taologa beadad hamdu sanolar bo‘lsin, — dedi».

Download 202.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling