Microsoft Word qalbimizning nuri ziyouz com doc
Download 202.48 Kb. Pdf ko'rish
|
Abdulloh Murod. Qalbimizning nuri
FITNADAN YIROQ BO‘LING
Abu Nuaymdan, raqmatullohi alayq: “Huzayfa, roziyallohu anhu, shunday nasihat qildilar: — Fitna qalblarda bosh ko‘targay. Fitnadan ozroq ozuqa olgan qalbda bir dog‘ paydo bo‘ladi. Shundan so‘ng unda fitnaga nisbatan nafrat uyg’onsa, dog’ ketadi. Kimki qalbi fitnaga duchor bo‘lgan-bo‘lmaganini bilmoqchi ekan, qalbini taftish qilsin. Agar avval harom deb bilgan narsani halol desa, yoki asli halol narsani harom der ekan, demak, qalbi fitnaga makon bo‘libdi. Fitnalardan ehtiyot bo‘ling. Hech kim fitnaga berilmasin. Allohga qasamki, kimki fitnaga yuzlansa, toshqin sel yo‘ldagi notoza narsalarni surib ketganidek, fitna ham u kimsani ana shunday sudrab olib ketgay. Fitna dastlab haq-rost qiyofasiga o‘ranib, boshlanadi. Shu darajadaki, ba’zilar uni haq bir da’vo deb biladilar. Faqat o‘rtadan ko‘tarilganidan keyingina uning fitnaligini tushunib yetadi. Qalbimizning nuri. Abdulloh Murod www.ziyouz.com kutubxonasi 9 Binobarin, fitnani ko‘rganingizda uyingizda o‘tiring, qilichlaringizni sindiring va yoylaringizning ipini kesib tashlang. Hatto suv qo‘shilmagan sharob ham fitna kabi insonlar qalbini aldab, chalg‘ita olmaydi. Shunday bir zamon keladiki, suvga cho‘kayotgan odam kabi astoydil duo-niyoz qilgan kishigina fitnadan omon qoladi, boshqa hech kim qutulolmaydi. Dunyo uchun oxiratni unutgan, oxirat uchun dunyoni tashlagan kimsalar sizlarning yaxshilaringiz emas. Yaxshilaringiz har ikkalasidan ham to‘g‘ri foydalana olganlaringizdir”. YUKSAK MARTABA Anas ibn Molikdan, roziyallohu anhu: “Janobi Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam: — Qiyomat kuni martabalariga payg‘ambar va shahidlar ham havas qiladigan va Alloh dargohida nurli minbarlar ustidagi joylari bilan taniladigan kishilarning xabarini berayinmi? — deya marhamat qildilar. — Ular kimlar, yo Rasulalloh? — so‘rashdi ashob. — Allohning qullarini Allohga va Alloh taoloni Uning qullariga sevdirish uchun intilgan va yer yuzida zimmalariga irshod vazifasi yuklangan odamlardir. — Yo Rasulalloh! Allohni Allohning qullariga sevdirmoq tushunarli. Biroq Allohning qullarini Allohga sevdirish qanday bo‘ladi? — deb so‘radim. — Ularni Alloh sevgan narsalarga tashviq etishadi va Alloh yomon ko‘rgan narsalardan qaytarishadi. Ular bunga quloq osib, amal qilishsa, Alloh ularni sevadi, — deb marhamat qildilar Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam». Download 202.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling