Microsoft Word qalbimizning nuri ziyouz com doc


Download 202.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/44
Sana27.01.2023
Hajmi202.48 Kb.
#1132654
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44
Bog'liq
Abdulloh Murod. Qalbimizning nuri

 
 
ERIDAN SHIKOYAT QILGAN AYOL 
Sha’biydan, raqmatullohi alayq: 
«Bir ayol Hazrati Umarning, roziyallohu anhu, huzuriga kelib: 
— Ey amiral mo‘minin, sizga insonlarning eng yaxshisi ustidan shikoyat qilgani keldim. U shunday 
odamki, yaxshi amal borasida unga yetadiganlar juda oz. Kechasi tonggacha namoz o‘qiydi va 
kunduzlari doimo ro‘zador bo‘ladi, — deganidan keyin uyalib, aslida aytmoqchi bo‘lgan gaplarini 
aytolmadi va: 
— Ey amiral mo‘minin, meni kechiring, — dedi. 
— Yaxshi, — dedilar Hazrati Umar. — Alloh sendan rozi bo‘lsin. Sen u odamni juda yaxshi sifatlar 
bilan maqtading. U haqda bundan ortiq biror narsa gapirishingga hojat yo‘q. 
Ayol chiqib ketdi. U ketgach, o‘sha yerda turgan Ka’b ibn Sur, roziyallohu anhu: 
— Ey amiral mo‘minin, ayol uyalib shikoyatini so‘zlay olmadi, — dedi. 
— Ayolning qanday shikoyati bor edi? — so‘radilar Hazrati Umar. 
— Ayol eridan “zavjiyat (er-xotinlik) haq-huquqlariga rioya etmayotir” deb shikoyat qilmoqchi edi. 
Shundan so‘ng Hazrati Umar, roziyallohu anhu, ayolni orqaga qaytarib, uning eriga ham xabar 
yubordilar va ayolning eri ham kelgach, Ka’bga: 
— Oralarida sen hakamlik qil, — dedilar. 
Siz shu yerda ekansiz, men qanday hakamlik qilaman, — dedi Ka’b. 
— Men tushunmagan narsaga sening aqling yetdi. Binobarin, ularni eshitib, oralarida hukm etmoq 
sening haqqingdir, — dedi xalifa. 
Shunda, Ka’b haligi odamga: 
— Alloh subhanahu va taolo erkaklarga xitoban: “Agar yetim qizlarga adolatli bo‘la 
olmaslikdan qo‘rqsangiz, sizlar uchun (nikohi) halol bo‘lgan ayollarga ikkita, uchta, 
to‘rttadan uylanaveringlar” (Niso, 3, mazmuni) deya marhamat qilganiga ko‘ra, ko‘pi bilan uch 
kun (nafl) ro‘za tutishing mumkin. To‘rtinchi kun tutmasliging kerak va ko‘pi bilan uch kecha 
tonggacha ibodat qilishing mumkin. To‘rtinchi kecha ayolingning yonida yotishing lozim, — dedi. 
Er xotin ketishgach, Hazrati Umar Ka’bga:
— Sening bu topag’onliging boyagisidan ham go‘zaldir, — dedilar va uni Basraga qozi etib 
tayinladilar». 
(Rohila Ro‘zmanova tayyorladi) 

Download 202.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling