Microsoft Word qalbimizning nuri ziyouz com doc
Download 202.48 Kb. Pdf ko'rish
|
Abdulloh Murod. Qalbimizning nuri
- Bu sahifa navigatsiya:
- ASIRING NIMA DEDI
G’AFLATNING SABABI
Anas ibn Molikdan, roziyallohu anhu: «Bir safarda Abu Muso bilan birga edik. Tumonat odam yig‘ilganini ko‘rdik. Bir kishi o‘rtada turib, Qalbimizning nuri. Abdulloh Murod www.ziyouz.com kutubxonasi 16 tinmay gapirar edi. Abu Muso menga: — Ey Anas, kel Rabbimizni zikr etaylik. Ko‘ryapsanki, bular dunyo uchun tinmay gap sotmoqdalar. Ey Anas, bugungi insonlarda oxirat qayHusi deyarli yo‘q, oxirat ular uchun hech bir ahamiyatga ega emas, — dedi. — Nafsoniy orzu-istaklar va shayton ularni g’aflatga yetaklamoqda, — dedim. — Yo‘q, unday emas. Ularga dunyo naqd holda ko‘rsatilgan, oxirat esa ulardan pardalangan. Agar dunyoni ko‘rganlari yanglig’ oxiratni ham ko‘rganlarida edi, oxiratdan yuz o‘girmas va dunyoga bu qadar o‘ralashib qolmas edilar, — dedi Abu Muso». ASIRING NIMA DEDI? Abu Hurayra, roziyallohu anhu, rivoyat qiladi: «Payg‘ambar, alayhissalom, menga bir necha kun xurmo bog‘ini qo‘riqlab turishni tayinladilar. Kechalardan birida bir odam kelib, xurmo ola boshladi. Uni darhol tutib oldim va: – Seni Rasulullohning oldiga olib boraman, – dedim. U esa yolvorib: – Men bir bechora, muhtoj odamman. Oilamni boqishim kerak, – dedi. Achinganimdan uni qo‘yib yubordim. Tong otgach, Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, mendan so‘radilar: – Ey Abu Hurayra, oqshom tutgan asiringga nima bo‘ldi? – Yo Rasulalloh, u menga bola-chaqasi ko‘p va ular och qolganini aytdi, rahmim kelib, qo‘yib yubordim. – U seni aldabdi, yaqinda yana keladi. Uning yana kelishiga ishonib, poyladim. Darhaqiqat, u yana keldi va xurmo terishga tushdi. Ushlab oldim: – Seni albatta Rasulullohga, sollallohu alayhi va sallam, olib boraman, – dedim. U yana: – Xudo xayringni bersin, meni qo‘yib yubor. Axir men bir muhtoj odam bo‘lsam, oilam mening qo‘limga qarab turgan bo‘lsa, nima qilay? Endi kelmayman, – deb yolvordi. Rahmim kelib, uni yana qo‘yib yubordim. Kunduzi Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam: – Ha, Abu Hurayra, bugun oqshom asiring nima dedi? — deb so‘radilar. – Yo Rasulalloh, bu safar ham o‘ta muhtojligini aytib yolvordi: «Endi kelmayman», deb so‘z berdi. Rahmim kelib, qo‘yib yubordim. – Seni yana aldabdi. Mana ko‘rasan, yaqinda u yana keladi. Yana uni poyladim. U kelib, hech tap tortmay xurmolardan ola boshladi. Yana ushlab oldim va jahl bilan: – Qanaqa odamsan o‘zi? Uchinchi marta qo‘lga tushyapsan. Har safar «Endi kelmayman», deb ketasan. Endi seni Rasulullohning huzurlariga olib bormasam bo‘lmaydi, – dedim. Bu safar u shunday dedi: – Meni qo‘yib yuborgin. Senga ba’zi bir kalimalarni o‘rgataman. Ular tufayli Alloh senga xayr va barakot ehson etadi. – U qanday kalimalar ekan? – Uxlashdan oldin «Oyatul kursiy»ni oxirigacha o‘qigin. Ertalabgacha ustingda Alloh tarafidan yuborilgan bir qo‘riqlovchi turadi. Senga shayton ham yaqin kelolmaydi, — dedi. Shundan keyin uni qo‘yib yubordim. Bomdoddan so‘ng Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, mendan yana so‘radilar: – Bugun kechqurun asiring nimalar dedi? — Yo Rasulalloh, bu asir menga bir necha kalimalar o‘rgatishini va bu kalimalar qurmatiga Alloh taoloning menga xayr va barakot eqson etishini va’da qildi. Men uni qo‘yib yubordim. – Xo‘sh, ular qanday kalimalar ekan? – «Oyatal kursiy»ni (Allohu la ilaqa illa qu al qayyul qoyyum...) oxirigacha o‘qidi va menga: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling