Microsoft Word qalbimizning nuri ziyouz com doc


Download 202.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/44
Sana27.01.2023
Hajmi202.48 Kb.
#1132654
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44
Bog'liq
Abdulloh Murod. Qalbimizning nuri

 
 
ALLOH XOHLAGAN JOYDA 
Toriq ibn Shihobdan rivoyat qilinadi: 
“Bir yaqudiy Hazrati Umardan, roziyallohu anhu, so‘radi: 
— Qur’onda: “Jannatning kengligi osmonlar va yer barobarida...” (Ol-i-Imron, 133, 
mazmuni) deyilgan. Xo‘sh, ayting-chi, unda do‘zax qaerda bo‘ladi? 
Umar, roziyallohu anhu, sahobalarga: 
— Bu odamning savoliga javob bering, — dedilar. Biroq hech kimdan javob chiqmadi. Shunda 
Hazrati Umar, roziyallohu anhu, yahudiydan:
— Har kuni ko‘rib turganingdek, kechqurun hamma yer zimistonga burkanadi. Ayt-chi, tun 
cho‘kkanida kunduz qaerda bo‘ladi? — deb so‘radilar. 
— Alloh xohlagan joyda. 
— Unday bo‘lsa, do‘zax ham Alloh taolo xohlagan joydadir. 
Ittifoqo, yahudiy hayajonini yashirolmay: 
— Ey mo‘minlarning amiri! Alloh taologa qasamki, Alloh taolo nozil qilgan kitobda (Tavrotda) ham 
xuddi sen aytganingday yozilgan, — dedi. 
 
XALOSKOR MALAK 
Anas ibn Molikdan, roziyallohu anhu: 
«Ashobdan Abu Malik ismli bir odam bor edi. Bu odam tijorat bilan shug’ullanar, o‘zi va 
boshqalarning puli qisobiga savdo-sotiq qilardi. 
Ibodat va taqvo sohibi edi. Tijorat maqsadida chiqqan bir safarida qurollangan bir qaroqchiga 
duch keldi. Qaroqchi unga: 
— Narsalaringni yerga qo‘y, seni o‘ldiraman, — dedi.
Abu Malik: 
— Sening maqsading moldir. Mening hamma narsam senga bo‘lsin, — dedi. 
Qaroqchi: 
— Yo‘q, mening maqsadim mol emas, sening joningdir, — degach, Abu Malik: 
— Unday bo‘lsa ruxsat ber, namoz o‘qiyin. Undan keyin xohlaganingni qil, — dedi. 
Qaroqchi bunga rozi bo‘ldi. Abu Malik tahorat olib, namoz o‘qiy boshladi va shunday duo qildi: 
“Ey qullarini sevuvchi, ey buyuk Arsh sohibi, ey tilaklarni bajo qilguvchi Allohim! Sendan hech bir 
kishi xohlab sohibi bo‘lolmagan qudrating, hech bir kishi e’tiroz bildirolmaydigan hukmronliging va 
Arshning har tarafini to‘ldirgan nuring haqqi-hurmati, meni bu qaroqchining tajovuzidan 
qutqarishingni so‘rayman”. 
Abu Malik bu duosini uch bor takrorlaganidan so‘ng qo‘lida nayza tutgan bir otliqning qaroqchi 
yonida paydo bo‘lganini ko‘rdi. Otliq qaroqchini bir zarba bilan urib, yerga qulatganidan so‘ng Abu 


Qalbimizning nuri. Abdulloh Murod 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
15
Malikka o‘girildi. Abu Malik: 
— Sen kimsanki, Aziz va Jalil Alloh menga seni yordamga jo‘natdi?— deya so‘radi. 
Otliq: 
— Men to‘rtinchi qavat osmoni mo‘minlaridanman. Ilk duo qilgan vaqtingda samo eshiklaridan bir 
guldirash eshitdim. Yana duo qilding, bu safar samo mo‘minlaridan bir shovqin eshitdim. So‘ng 
uchinchi marotaba duo qilganingda: “Bu mushkulotda qolgan bir bechoraning duosidir”, deyishdi. 
Shundan so‘ng men ham Allohdan bu qaroqchini o‘ldirish vazifasini menga topshirishini niyoz etdim. 
Senga xushxabar keltirdim: kim tahorat olib, to‘rt rakat namoz o‘qiganidan so‘ng bu duoni uch 
marotaba takrorlasa, mushkulotda qolsin-qolmasin, uning duosi albatta qabul qilinadi, — deb ko‘zdan 
g’oyib bo‘ldi». 

Download 202.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling