Microsoft Word qalbimizning nuri ziyouz com doc


Qalbimizning nuri. Abdulloh Murod  www.ziyouz.com


Download 202.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/44
Sana27.01.2023
Hajmi202.48 Kb.
#1132654
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44
Bog'liq
Abdulloh Murod. Qalbimizning nuri

 


Qalbimizning nuri. Abdulloh Murod 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
18
YAXSHI BIR DALIL 
Kunlardan bir kun Xalifa Ma’mun vaziri Hasan Soldan so‘radi: 
– Bizdan oldin o‘tganlarning so‘zlari bizga hujjat – yo‘llanma bo‘lyapti. Biz unga ko‘ra amal 
qilyapmiz. Buning siri nimada ekan? 
Vazir shunday deb javob berdi: 
– Agar ular chiroyli so‘z va ishonarli dalil bo‘lmaganida, bizgacha yetib kelmasdi. Yaxshi bo‘lgani 
uchun ham bizdan oldingilar ko‘rib, ishonib qabul qilishgan... Bu shuni ko‘rsatyaptiki, ajdodlarimiz 
yaxshi, rost va mustahkam so‘zlashar ekan. Xalifa Ma’munning bu javobdan ko‘ngli to‘ldi va shunday 
dedi:
Yaxshi so‘z aytilgan joyida qolmas, asrlardan oshar, hech qachon tolmas. 
 
 
YO AXMOQSAN YOKI MUNOFIQ 
Bir kun Iskandar Zulqarnayn maslahatchisiga dedi: 
— Shu paytgacha senga qanchadan-qancha in’om-ehsonlar berdim. Ammo menga chin dildan, 
sadoqat bilan xizmat qilganingni ko‘rmadim. Dovdirab qolgan maslahatchi: 
Avf etasiz, hukmdorim, aybim nimada? – deb so‘radi. 
– Bir marta bo‘lsa hamki, kamchiligimni yuzimga aytmading. Bu qanday sadoqat, bu qanday 
yaqinlik? 
– Hukmdorim, sizda hech bir kamchilik yo‘q... 
– Yo‘q, yanglishasan! Menda kamchilik borligi aniq. Chunki inson aybsiz-nuqsonsiz bo‘lmaydi. Agar 
sen menda qandaydir xato-kamchilik ko‘rmayotgan bo‘lsang, g’irt axmoqsan. Mabodo ko‘ra turib, 
aytmayotgan bo‘lsang – munofiqsan. 
 
 
YETMISH QAMCHIDAN KEYIN... 
Allohning valiy qullaridan Abu Turob Taxsabiy shunday hikoya qiladilar: 
– Nafsim juda tansiq va lazzatli taomlar talab qilmas edi. Lekin bir kuni go‘sht, tuxum va asal 
yeyishni xohlab qoldi. Nafsimga: 
– Bulardan voz kecha qol, – dedim. Biroq uni qaytarolmadim. Nafsim ushbu taomlarni zo‘r ishtaha 
bilan yeyishga orzumand edi. Yurib-yurib bir notanish qishloqqa borib qoldim. 
Shu payt bir odam yoqamga yopishib, baqira ketdi: 
– O‘g’rilarning ichida sen ham bor eding... 
Yelkamni yalang’och qilib yetmish qamchi urishdi, yetmishinchi qamchi tushar-tushmas, shu 
qishloqli bir odam meni tanib qoldi: 
– Axir bu odam Abu Turob-ku! 
Mendan kechirim so‘rashdi. Qishloqdagilardan birib meni uyiga olib bordi. Dasturxon yozib
oldimga go‘sht, tuxum va asal qo‘ydi. Men esa nafsimga xitob qilib dedim: 
– Yetmish qamchidan so‘ng, yeyaqol endi! 

Download 202.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling