Qalbimizning nuri. Abdulloh Murod
www.ziyouz.com kutubxonasi
20
Nihoyat, bu so‘zni uch marta takrorlagach, bir yosh yigit o‘rnidan turib, ikki yildan beri bee’tibor
tashlab qo‘ygan va gaplashmayotgan ammasining oldiga bordi. Ammasi:
— Kutilmagan hol? — dedi.
—
Abu Hurayra aytdilar, — dedi yigit.
— Borib so‘ra-chi, nima uchun bunday degan ekan?
Borib so‘raganida Abu Hurayra yigitga shunday dedilar:
— Janobi Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam: “Odam bolalarining amallari har
payshanba oqshomi, ya’ni juma kechasi Allohga taqdim etiladi. Faqat orangizda qarindoshchilik
haqqiga rioya etmagan kimsaning amallari qabul bo‘lmaydi”, deb marhamat
qilganlarini eshitganim
uchun shunday degan edim”.
SADAQA RADDI BALO
Muhammad ibn Usmon otasidan rivoyat qiladi:
«Horisa ibn No‘’monning ko‘zlari ko‘rmas edi. Shuning uchun namoz o‘qiydigan hujrasida eshik
oldigacha bir ip tortib qo‘ygan edi.
Biror tilanchi kelsa, shu ipdan tutib eshikkacha borar va sadaqa
berardi. Bolalari:
— Otajon, nega o‘zingizni buncha ovora qilasiz? Sizning o‘rningizga bu ishni biz ham qilamiz-ku, —
deyishdi.
Shunda Horisa ibn No‘’mon:
— Nabiyning, sollallohu alayhi va sallam: “Kishining o‘z qo‘li bilan kambag’alga (sadaqa) berishi,
uni yomon hollarga tushib qolishdan saqlaydi”, deya marhamat
qilganlarini eshitganman, — dedilar».
Do'stlaringiz bilan baham: